Kimyo kafedrasi nizomi


V. Kafedra mudirining huquqlari


Download 87 Kb.
bet4/4
Sana28.10.2023
Hajmi87 Kb.
#1732372
1   2   3   4
Bog'liq
2023 yi Nizomi

V. Kafedra mudirining huquqlari.


14. Kafedra mudiri:

    1. -o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan rahbariyatning qarorlari bilan tanishib chiqish;

    2. -o‘z lavozimiy vazifalaridan kelib chiqib, kafedra ish faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga taklif va tavsiyalar berish;

    3. -o‘z majburiyatlarini bajarish jarayonida sodir etilgan xato va kamchiliklar to‘g‘risida fakultet dekaniga ma’lumot berish;

    4. -kafedra professor-o‘qituvchilari va o‘quv-yordamchi xodimlari tarkibidan o‘quv jarayoni bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun tushintirish talab qilish;

    5. -o‘z lavozimiy majburiyatlarini bajarish jarayonida universitet va fakultet rahbariyatidan yordam ko‘rsatilishini talab qilish va xokazolar.

V. Kafedra mudirining majburiyatlari.


15. Kafedra mudiri:

  • O‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va kafedraning istiqboliy va yillik ish rejalarini tuzish;

  • Kafedra professor-o‘qituvchilarini shtatlar jadvalini shakllantirish;

  • Yillik o‘quv yuklamalarini hisob-kitobini va kafedrada prof-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamalarini to‘g‘ri va bir tekis taqsimlash;

  • Kafedrada soatbay fondni ishlatilishini nazorat qilish;

  • Malakaviy, o‘quv-tanishuv, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tkazish va ularni bajarilishi ustidan nazorat qilish;

  • Talabalarni o‘zlashtirishi JN, ON va YaNlar bo‘yicha ma’lumotlarni olish va ularni tahlil qilish;

  • Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va o‘zlashtirishini tahlil qilish;

  • Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalari va ishchi o‘quv dasturlarini bajarilishini nazorat qilish;

  • O‘quv jarayoniga tegishli hujjatlarni saqlanishi va zaruriy hujjatlarni tezda taqdim qilishni amalga oshirish;

  • O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha universitet, fakultet Kengashlari qarorlari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining farmoyishlari, hay’at qarorlari, buyruqlari, modemogrammalarini bajarish;

  • Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni egallashda ilmiy-metodik yordam berish;

  • Kafedra professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha rejalarni bajarilishini nazorat qilish;

  • Xorijiy ta’lim muassasalarining ish tajribasini yoritib borish, ularning ilg‘or tajribalaridan foydalanish va xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish;

  • Kafedra bilan boshqa oliy o‘quv yurtlari kafedralari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xokazolar.

16. Kafedrada quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:

  1. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va qarorlari;

  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

  4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari;

  5. OTM rektori buyruqlari;

  6. Kafedra ish rejalari (o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha);

  7. OTM Kengashi qarorlari;

  8. O‘quv rejalar va o‘quv yuklamalar;

  9. Doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, iqtidorli talabalar va magistrantlar bilan ishlash;

  10. Kafedraning hamkorlik aloqalari;

  11. Pedagog xodimlar, o‘quv - yordamchi xodimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar to‘g‘risida ma’lumot;

  12. Amaliyot;

  13. Bayonnomalar;

  14. Topshiriq va ijro;

  15. Hisobotlar.

VI. Yakunlovchi qoidalar

17. Mazkur Nizom amaldagi qonunchilik hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilganda qayta ishlab chiqiladi.


Izoh: Ushbu Nizom Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023 yil «___» «_____________» № - sonli majlisi qarori bilan tasdiqlangan.
Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling