Kimyo metallurgiya


Risk turlari bo’yicha loyiha samaradorligiga ta’sirini baholash


Download 28.38 Kb.
bet2/3
Sana08.03.2023
Hajmi28.38 Kb.
#1249965
1   2   3
Bog'liq
investitsiya mustaqil

Risk turlari bo’yicha loyiha samaradorligiga ta’sirini baholash

Risklarni sifat tahlili – bu loyiha bo’yicha kutilishi mumkin bo’lgan asosiy risklarni aniqlash, loyihani amalga oshirishda uning oqibatlarini o’rganish va risklarni pasaytirish yo’llarini (tadbirlarini) aniqlashdan iborat. Investitsion risklarni sifat jihatdan tahlil qilishning o’ziga xos xususiyati uni miqdoriy natijalar sifatida aks ettirishidadir.
Loyihaviy risklarning sifat tahlilini o’tkazish jarayonida loyiha bo’yicha aniq risk turlari aniqlanadi, ularni paydo bo’lish sabablari o’rganiladi, risklarni pasaytirish yuzasidan tavsiyalar va loyihani amalga oshirish oqibatlari tahlil qilinadi.
Loyiha risklarining sifat tahlilida, eng avvalo, loyiha bo’yicha barcha risk turlari aniqlanadi, ya’ni loyiha riski tarkibidagi texnik risklar, loyiha qatnashchilari riski, siyosiy risklar, huquqiy risklar, moliyaviy risklar, marketing risklar, ekologik risklar, harbiy risklar, qurilish-ekspluatatsion risklar va boshqalar.
Sifat jihatdan risklarni tahlil qilish sodda va qulay, uning asosiy maqsadi risklarni sababini aniqlash, manbasini ko’rsatish va pasaytirish yo’llarini ishlab chiqishdan iborat.
Risklarning miqdoriy tahlili – bu risklilik nuqtai nazaridan loyiha bo’yicha bir qator omillarning o’zgarishi natijasida loyiha samaradorligi mezonlarining o’zgarishini o’rganishdan iborat. Loyihaviy risklarning miqdoriy tahlilini o’tkazish loyihaning hisob-kitoblariga asoslaniladi.
Miqdoriy tahlilning asosiy vazifasi loyiha samaradorligi mezonlariga asosan riskli omillarning o’zgarishini ta’sirini miqdor jihatdan o’lchashdan iborat. Miqdoriy tahlil risklarni loyiha natijalariga son o’lchovida ko’rsatib beradi. Bunday tahlil turida matematik modellar, ehtimollar nazariyasi, statistik usullar qo’llaniladi.
Miqdoriy tahlilning kamchiliklari: u katta hajmdagi ma’lumot, vaqt va aniq bilim talab qiladi, bitta omilning miqdoriy natijasi sanalib, boshqa omillarning ta’siri hisobga olinmay qoladi, ammo bu tahlilni turi aniq o’lchovli ma’lumot beradi.
Miqdoriy tahlil quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi:
- statistik ko’rsatkichlar (dispersiya, variatsiya va boshqalar);
- sezgirlik usuli (bitta risk omili o’zgarishining loyiha samaradorligi mezonlarining o’zgarishiga bog’liqligini tadqiq qilish);
- kritik nuqtalarni aniqlash usuli;
- ssenariylar usuli;
- Monte-Karlo usuli;
- diskontlash stavkasini o’zgartirish usuli va boshqalar.
Odatda, risk tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqichda muayyan turdagi riskning ko’payishi yoki kamayishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar aniqlanadi;
- ikkinchi bosqichda aniqlangan omillar tahlili o’tkaziladi;
- uchinchi bosqichda quyidagi ikki usul (yondashuv) asosida moliyaviy nuqtai nazardan aniq ko’rinishdagi risk tahlili olib boriladi:
a) loyihaning moliyaviy ahvoli (likvidligi)ni aniqlash;
b) investitsiya loyihasida ishtirok etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini (moliyaviy mablag’lar qo’yilmasining samaradorligini) aniqlash;
- to’rtinchi bosqichda riskning tanlangan darajasi bo’yicha alohida operatsiyalar tahlili o’tkaziladi;
- beshinchi bosqichda risk oqibatida kutilishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar hajmi aniqlanadi;
- oltinchi - so’ngi bosqichda, ko’rib chiqilayotgan loyihada qatnashish bo’yicha ijobiy qaror qabul qilingan hollarda riskni yo’qotish yoki pasaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Odatda, bunday vaqtlarda turli xil yo’qotishlarga tayyor turish uchun oldindan xavfsizlik zahirasi tashkil etilishini ham ko’rib chiqish mumkin.
Risklarni tahlil qilishning asosiy usullaridan biri sezgirlik tahlilidir.
Sezgirlik tahlili loyiha tahlili bo’yicha mutaxassislarga risk va noaniqlikni hisobga olishga imkon beradi. Sezgirlik tahlili bir qancha omillarning o’zgarishi asosida ko’rib chiqiladi. Masalan, loyiha bo’yicha ishlab chiqariladigan mahsulotga bo’lgan narxning tushishi yoki loyiha uchun zarur bo’lgan qandaydir resurslarning narxi oshishi. Ko’pgina hollarda, sezgirlik tahlili, kelajakda loyihani amalga oshirish shart-sharoitlarini ko’rsatib beruvchi loyiha ekspertizasida qo’llaniladi. Loyihaviy tahlilda sezgirlik tahlili loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va noaniqlikni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, mahsulot narxi kritik omil hisoblansa, bunda marketing dasturini kuchaytirish yoki loyiha qiymatini kamaytirish kerak bo’ladi. Agar loyiha ishlab chiqarish hajmi o’zgarishiga sezgir bo’lsa, unda xodimlarni o’qitish dasturlariga, menejmentga hamda ishlab chiqarishni oshirishga ko’proq e’tibor berish kerak bo’ladi.
“Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash usuli yordamida mahsulot sotishdan kelgan tushum uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’lgan holdagi sotish hajmi aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo’lsa, korxona zararlarni qoplashi mumkin, agar pul kirimi xarajatlarga teng bo’lsa, korxona ishini zararsiz olib borayotgan bo’ladi.
“Zararsizlik” tahlili loyiha quvvati yoki ishlab chiqarish hajmi miqdorini topish maqsadida qo’llaniladi. Agar ishlab chiqarish hajmi past bo’lsa, korxona zararga ishlayotgan bo’ladi. Bu tahlil loyihani baholashda turli narx va qiymatni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega.




  1. Download 28.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling