Kimyo o’rgatar sehrlar sirin” nomli tadbir senariysi. 1-boshlovchi


Download 16.78 Kb.
bet1/3
Sana21.10.2023
Hajmi16.78 Kb.
#1714556
  1   2   3
Bog'liq
Kimyo kechasi senariysi


Kimyo o’rgatar sehrlar sirin” nomli tadbir senariysi.
1-boshlovchi
Salomdan boshlanar so’zlarning boshi,
Salomdan boshlanar asrlar toshi.
Salomdan boshlanar ilk qadamimiz,
Salomdan boshlanar bellashuvmiz.
2-boshlovchi
Bu dunyoning ziynati,
Kimyogarlar assalom.
Dunyoning soz naqshi bu,
Hur-u hidoyat assalom.
1-boshlovchi
Assalom kechamiz qatnashchilari
2-boshlovchi
Assalom hurmatli ustozlar va o`quvchilar
1 boshlovchi: Do’stlar, fikrimizcha, etishdi fursat
Kechani ochishga etingiz ruhsat.
2 boshlovchi: Kimyo fani yutuqlarin etaylik targ`ib,
Bo’lsinlar xabardor mashriqu – mag`rib.
1-boshlovchi:Bugungi kechamiz
Ikkala boshlovchi birgalikda “Kimyo o’rgatar sehrlar sirin”
2-boshlovchi
Deya nomladik.
1-boshlovchi
Tadbir quyidagi shartlar asosida bo’lib o’tadi.
1-shart. Tanishtiruv.
2-shart.Qora quti
3-shat. Mo’jizakor kimyo.
4-shart. Sardorlar bellashuvi
5-shart. Erkin mavzu
2-boshlovchi
Shartlar 5 ballik sistema asosida baholanadi.
1-boshlovchi
Shogirdlar kamolin o’ylab tun-u kun,
Halovat bilmasdan bag’rin etib xun,
Kelajak avlodning taqdiri uchun,
Jonin ayamagan bo’lganda lozim,
Baxtimga bor bo’ling, aziz ustozim.
2-boshlovchi
Kim uchun dunyoda shuhrati aziz,
Kimgadir haq yo’lda zahmati aziz,
Sizgachi el-yurtning raxmati aziz,
Mudom baland erur sizga e’zozim,
Baxtimga sog’ bo’ling, aziz ustozim.

1- shart “Tanishtiruv”
1-boshlovchi
Ikkala guruhga omad tilab 1-shartimiz “tanishuv” shartini boshlaymiz.
1-boshlovchi shartni 9”A” sinf o`quvchilari boshlab beradi.
Guruh ishtirokchilari musiqa ostida davraga kirib keladilar:
2-boshlovchi navbat 9”B”sinf ishtirokchilariga.
Guruh ishtirokchilari musiqa ostida davraga kirib keladilar:
Shu bilan ishtirokchilar 1-shartni tugatib musiqa ostida chiqib ketishadi.
1-boshlovchi
1-shart baholanguncha …….
“MENDELEEV UYI” haqida
Ushbu bino Mendeleev – Tarhi — la bo’ldi barpo,
Ming sakkiz yuz oltmish to’qqiz – Nomerli uy bo’ldi paydo.
Yetti qavat, sakkiz podezd, Yuz o’n sakkiz xona bor,
Xonalarning egalari Yashar yakka, xona tor.
Umrbod shu xona ichra – Turishga erur mahkum.
Ko’ngil so’rab ular boshqa – Xonaga o’tmas hech ham.
Yashamayman, deb bosh olib – Ketishning yo’q imkoni,
Binodagi qavatlarda, Tengmas xonalar soni.
Ba’zi bir xonalar bo’sh, Yo’qdir ichida “joni”[1].
Qavatlarda yashovchilar, Tabiatan har xildir,
Qavatlarni almashtirish – Juda ham nomaqbuldur.
Lekin ettinchi qavatda, Yigirma bir oila bor,
Qolgan o’n bir xona esa – Egasin kutadi zor.
Ushbu uyning “odamlar”i – Hulqbo’yicha – ko’p turli,
Ba’zilari – havo kabi[2], Ba’zilari – zalvorli.
Ba’zilari – o’ta hushfe’l, Hech qachon toq turmaydi!
Ba’zilari – o’ta badfe’l, Hech kimni yoqtirmaydi.
Ba’zilari – tajovuzkor, Duch kelganni yemirar.
Ba’zilari – juda hamkor, Undan ko’plar semirar.
Ko’p qo’shnilar qo’l ushlashsa – Basharga naf kattadir.
Ba’zilari qo’l tutishsa – Basharga ҳavf kattadir.
Xullas har bir “fuqaro”ning, Bordir sir – sinoati,
Suhbat qurmoq bo’lsang agar O’rgan ularning odatin
2-boshlovchi
1-shart bo’yicha guruhlarning to’plagan ballarini bilish uchun hakamlar hayati a’zolariga yuzlanami
1-boshlovchi
”Mendeleyev izdoshlari” guruhining to’plagan ballari

Download 16.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling