Kimyo o’rgatar sehrlar sirin” nomli tadbir senariysi. 1-boshlovchi
Download 16.78 Kb.
|
Kimyo kechasi senariysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-boshlovchi Assalom hurmatli ustozlar va o`quvchilar 1 boshlovchi: Do’stlar, fikrimizcha, etishdi fursat Kechani ochishga etingiz ruhsat. 2 boshlovchi
- 1-shart
- 2-boshlovchi
- 1-boshlovchi
Kimyo o’rgatar sehrlar sirin” nomli tadbir senariysi. 1-boshlovchi Salomdan boshlanar so’zlarning boshi, Salomdan boshlanar asrlar toshi. Salomdan boshlanar ilk qadamimiz, Salomdan boshlanar bellashuvmiz. 2-boshlovchi Bu dunyoning ziynati, Kimyogarlar assalom. Dunyoning soz naqshi bu, Hur-u hidoyat assalom. 1-boshlovchi Assalom kechamiz qatnashchilari 2-boshlovchi Assalom hurmatli ustozlar va o`quvchilar 1 boshlovchi: Do’stlar, fikrimizcha, etishdi fursat Kechani ochishga etingiz ruhsat. 2 boshlovchi: Kimyo fani yutuqlarin etaylik targ`ib, Bo’lsinlar xabardor mashriqu – mag`rib. 1-boshlovchi:Bugungi kechamiz Ikkala boshlovchi birgalikda “Kimyo o’rgatar sehrlar sirin” 2-boshlovchi Deya nomladik. 1-boshlovchi Tadbir quyidagi shartlar asosida bo’lib o’tadi. 1-shart. Tanishtiruv. 2-shart.Qora quti 3-shat. Mo’jizakor kimyo. 4-shart. Sardorlar bellashuvi 5-shart. Erkin mavzu 2-boshlovchi Shartlar 5 ballik sistema asosida baholanadi. 1-boshlovchi Shogirdlar kamolin o’ylab tun-u kun, Halovat bilmasdan bag’rin etib xun, Kelajak avlodning taqdiri uchun, Jonin ayamagan bo’lganda lozim, Baxtimga bor bo’ling, aziz ustozim. 2-boshlovchi Kim uchun dunyoda shuhrati aziz, Kimgadir haq yo’lda zahmati aziz, Sizgachi el-yurtning raxmati aziz, Mudom baland erur sizga e’zozim, Baxtimga sog’ bo’ling, aziz ustozim. 1- shart “Tanishtiruv” 1-boshlovchi Ikkala guruhga omad tilab 1-shartimiz “tanishuv” shartini boshlaymiz. 1-boshlovchi shartni 9”A” sinf o`quvchilari boshlab beradi. Guruh ishtirokchilari musiqa ostida davraga kirib keladilar: 2-boshlovchi navbat 9”B”sinf ishtirokchilariga. Guruh ishtirokchilari musiqa ostida davraga kirib keladilar: Shu bilan ishtirokchilar 1-shartni tugatib musiqa ostida chiqib ketishadi. 1-boshlovchi 1-shart baholanguncha ……. “MENDELEEV UYI” haqida Ushbu bino Mendeleev – Tarhi — la bo’ldi barpo, Ming sakkiz yuz oltmish to’qqiz – Nomerli uy bo’ldi paydo. Yetti qavat, sakkiz podezd, Yuz o’n sakkiz xona bor, Xonalarning egalari Yashar yakka, xona tor. Umrbod shu xona ichra – Turishga erur mahkum. Ko’ngil so’rab ular boshqa – Xonaga o’tmas hech ham. Yashamayman, deb bosh olib – Ketishning yo’q imkoni, Binodagi qavatlarda, Tengmas xonalar soni. Ba’zi bir xonalar bo’sh, Yo’qdir ichida “joni”[1]. Qavatlarda yashovchilar, Tabiatan har xildir, Qavatlarni almashtirish – Juda ham nomaqbuldur. Lekin ettinchi qavatda, Yigirma bir oila bor, Qolgan o’n bir xona esa – Egasin kutadi zor. Ushbu uyning “odamlar”i – Hulqbo’yicha – ko’p turli, Ba’zilari – havo kabi[2], Ba’zilari – zalvorli. Ba’zilari – o’ta hushfe’l, Hech qachon toq turmaydi! Ba’zilari – o’ta badfe’l, Hech kimni yoqtirmaydi. Ba’zilari – tajovuzkor, Duch kelganni yemirar. Ba’zilari – juda hamkor, Undan ko’plar semirar. Ko’p qo’shnilar qo’l ushlashsa – Basharga naf kattadir. Ba’zilari qo’l tutishsa – Basharga ҳavf kattadir. Xullas har bir “fuqaro”ning, Bordir sir – sinoati, Suhbat qurmoq bo’lsang agar O’rgan ularning odatin 2-boshlovchi 1-shart bo’yicha guruhlarning to’plagan ballarini bilish uchun hakamlar hayati a’zolariga yuzlanami 1-boshlovchi ”Mendeleyev izdoshlari” guruhining to’plagan ballari Download 16.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling