Kimyo sanoatida suv Reja


Sanoatda suvni tayyorlash


Download 1.62 Mb.
bet3/5
Sana14.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1702551
1   2   3   4   5
Bog'liq
kimyo sanoatida suv

7.3. Sanoatda suvni tayyorlash

Sanoat suvi tarkibidagi zararli aralashmalar ta'siri uning kimyoviy tabiatiga, konsentrasiyasiga, dispers holatiga, suvdan foydalanadigan aniq ishlab chiqarish texnologiyasiga bog'liq. Suvda bor bo'lgan moddalar chin eritma (tuzlar, gazlar, ba'zi organik birikmalar), kolloid holatda (alyuminiy va temirsilikati, ba'zi gidrooksidlar, kremniy kislotasi, lignin ko'rinishdagi organik birikmalar), og'irlik holatida (loy tuproq, qum va ohak zarrachalari) bo'ladi.


Suvda erigan moddalar qizdirish natijasida qurilma devoriga qoplanadi va kurilmani emirilishiga sabab bo'ladi. Kolloid aralashmalari suvning ko'piklanishiga, elektrolizyor diafragmasini zararlanishiga olib keladi. Qo'pol dispers aralashmalar truba quvurini ifloslaydi, natijada ish unumdorligi pasayadi, uning berkilib qolishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishga beriladigan suv dastlab tayyorlanadi.
Suvni tayyorlash deb, tabiiy suv tarkibidan ishlab chiqarish uchun zararli bo'lgan aralashmalarni chiqarib tashlash jarayoniga aytiladi. Suvni tayyorlash jarayoniga: yoritish, yumshatish, degazasiyalash, ba'zi hollarda tuzsizlantirish, ichimlik suvini zararsizlantirish kabilar kiradi. Sanoat suvini tayyorlash jarayoni sxemasi quyidagicha:



7.4 - rasm Sanoat suvini tayyorlash sxemasi.

Suvni yoritish cho'ktirish va g'ovaksimon material orqali filtrlash natijasida amalga oshiriladi. Kolloid aralashmalarni koagulyasiyalash va suv tarkibidagi bo'yalgan moddalarni absorbsiyalash maqsadida muhitga alyuminiy sulfat va temir elektrolitlari qo'shiladi.


Suvni zararsizlantirish suvga xlor ta'sir ettirish yoki ozonlash orqali amalga oshiriladi.
Degazasiya - kimyoviy usul bilan suvdan erigan gazlar chiqarib olinadi, ya'ni gazlar kimyoviy reagentlar yordamida yuttiriladi, masalan, uglerod oksidi bo'lganda:
СО2 + Са(ОН)2 СаСОъ2О
Yoki fizikaviy usul bilan havoda ba'zan vakuumda termik deaerasiyalanadi.
Tuzsizlantirish suvni tozaligi o'ta qattiq talab etilgan ishlab chiqarishda qo'llaniladi, masalan, yarimo'tkazgichli material olishda, kimyoviy toza reaktivlar ishlab chiqarishda, farmasevtika preparatlarni olishda tuzsizlantirish jarayoni amalga oshiriladi. Suvni tuzsizlantirish ion almashinish, distillash, elektroliz usullari orqali olib boriladi.Ion almashinish usuli ba'zi qattiq jismlar eritmadan ionlarni xuddi shunday ishorali boshqa ionlarga ekvivalent miqsorda almashib yutishiga asoslangan. Ionitlarkationit va anionitlarga bo'linadi. Kationitlar harakatchan natriy yoki vodorod kationi, anionitlari esa harakatchan gidroksil ionidan iborat. Kationit sifatida sulfoko'mir, alyumosilikatlar, anionit sifatida sun'iy smola, masalan karbamid qo'llaniladi.



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling