Kimyo sanoatining rivojlanishi O’zbekiston anorganik mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoati Miniral o’g’itlar ishlab chiqarish sanoati
O’ZBЕKISTОNDA ANОRGANIK MAHSULОTLARNI ISHLAB CHIQARISH SANОATI
Download 99.5 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasida kimyo sanoatining rivojlanishi haqida
O’ZBЕKISTОNDA ANОRGANIK MAHSULОTLARNI ISHLAB CHIQARISH SANОATI
Hozirgi kunda 50000 dan ortiq individual anorganik modda ma’lum bo’lib, bulardan juda oz turi sanoat miqyosida ishlab chiqarilishiga qaramasdan, kimyo sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmining juda katta qismini tahkil etadi. Eng muhim anorganik birikmalar anorganik kislotalar, tuzlar, ishqorlar va sodalar, qurilish materiallari, mineral o’g’itlar va hokazolardir. Kimyo sanoatida anorganik mahsulotlarning olinishi 1932 yildan boshlab oltingugurt qazib olina boshlangan. Sho’rsuv oltingugurt koni (Farg’ona vodiysi)ning ishga tushirilishi bilan boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57% ini bergan va Ittifoqning oltingugurt mustaqilligini ta’minlashda muhim rol o’ynadi. Sulfat kislota Kimyo sanoatining tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Respublikada sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq "Ammofos" AJ, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq konmetallurgiya kombinatida barpo etilgan. 1958-65 yillarda Olmaliq konmetallurgiya kombinati qoshida sulfat kislotasi zavodi 20-asrning 90-yillari boshiga kelib O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim o’rinni egallagan 2859 ming tonna sulfat kislota ishlab chiqara boshladi. O’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, fo’ngitsidlar) Farg’ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida (1965-yildan, magniy xlorat defolianti), Navoiy "Elektrokimyo zavodi" AJ (1960-yildan, gerbitsidlar — nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar — fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika qishloq xo’jalidida o’simliklarni kasallik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda qo’llaniladigan oltingugurt kukuni Sho’rsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak va Sho’rtan gaz komplekslarida ishlab chiqariladi. Mamlakatimiz yirik anorganik kimyo sanoatiga ega. Xom ashyoning ko'pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalari – Olmaliq «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy «Azot» ishlab chiqarish birlashmasi va qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan xududlar – Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Qo'qon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi. Tabiatda mavjud bo'lmagan moddalarni laboratoriya sharoitlarida va sanoat miqyosida sintez qilinmoqda. Kimyo sohasidagi yutuqlar yangi foydali moddalar sonini ko'paytiribgina qolmay, balki ulardan foydalanish sohasini ham kengaytiradi, shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, chiqitsiz texnologiyaga o'tishga imkon beradi. Oxirgi 7 yilda О‘zR FA ilmiy mahsulotlari eksport hajmi 2,1 martaga ko’paydi. Jumladan, О‘simlik moddalari kimyosi institutida ishlab chiqarilgan sakkiz xil turdagi dorivor moddalar biopreparatlari va substansiyalari 7,6 mln AQSH dollaridan ortiqroq miqdorda eksport qilindi. О‘zbekiston Respublikasi FA chiqaradigan ikkita ilmiy jurnal – “Geliotexnika” va “Tabiiy birikmalar kimyosi” ingliz tiliga tarjima qilinadi va xorijda nashr etilib, obuna bо‘yicha tarqatiladi, shuning hisobiga valyuta kirimi (tushumi) ta’minlanadi. Umumiy va noorganik kimyo institutida o’g’itlarning yangi turlari va defoliantlar olishni original texnologiyalari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ular import o’rnini bosuvchi mahsulotlar bo’lib, aksariyat qismi Afg’oniston, Turkmaniston va Qozog’iston respublikalariga eksport qilinadi. O’simlik moddalari kimyosi va Bioorganika kimyosi institutlarida 15 ta yangi original import o’rnini bosuvchi mahalliy dori vositalarini olish texnologiyalari yaratildi va ularni ishlab chiqish yo’lga qo’yildi (Ekdisten, Ayustan, Rutan, Gossitan, Getasan, Punitan va h.k.); Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatida beshta innovatsion ishlanmalar amaliyotga joriy etilmoqda, jumladan, suyuq oltingugurt kislotasi chiqindilarini tozalash va “Kauldi” koni suvini tozalash uchun filtratsion tizim, yangi turdagi changtutgichlar, misni bakteriyalar yordamida ajratish texnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlarida osmiy-187 va boshqa moddalarni aniqlash metodikasi. Download 99.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling