Kimyo tarixi
KIMYODAN NOBEL MUKOFOTINING SOVRINDORLARI
Download 1.01 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi
KIMYODAN NOBEL MUKOFOTINING SOVRINDORLARI
1901-yil. Ya.X. Vant-Goff. Eritmalarda osmotik bosim va kimyoviy dinamika qonunlarini taklif qilgani uchun. 1902-yil. E.G.Fisher. Qand va purin gruppasi bilan bog’liq ishlar majmuasi uchun. 1903-yil. S.A.Arrenius. Kimyoga elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasini kiritgani uchun. 1904-yil. U.Ramzay. Inert gazlarni ochgani va davriy sistemaga joylashtirgani uchun. 1905-yil. A.I.Bayer. Organik kimyoda gidroaromatiklar va buyoqlarni ochgani uchun. 1906-yil. A.Muassan. Muasson pechini yaratgani va ftorni olgani uchun. 1907-yil. E.Buxner. Biologik kimyodagi fermentlash ishlari majmuasi uchun. 1908-yil. E.Rezerford. Radioaktiv moddalar elementlar parchalanishi haqidagi talimoti uchun. 1909-yil. V.F.Ostvald. Kimyoviy muvozanat, reaktsiya tezligi, kataliz haqidagi ta’limoti uchun. 1910-yil. O.Vallax. Organik kimyodagi ishlari, alitsiklikbirikmalar sintezi uchun. 1911-yil. M.Skladovskaya-Kyuri. Radiy va poloniy elementlarini ochgani uchun. 1912-yil. F.O.V.Grinyar. Grinyar reaktsiyasini ochgani uchun. P.Sabate. Katalizator ishtirokida organik moddalarni gidrogenlashni ochgani uchun. 1913-yil. A.Verner. Molekulada atomlarning bog’lanishi, koordinatsion birikmalar uchun. 1914-yil. T.U Richards. Elementlar atom og’irliklarini aniq hisoblagani uchun. 1915-yil. R.M.Vilshtetter. O’simlik dunyosidagi buyoqlarni o’rgangani uchun 1916-yil – berilmadi 1917-yil – berilmadi 1918-yil. F.Gaber. Ammiakni sintez qilgani uchun. 1919-yil. -berilmadi. 1920-yil. V.F.G.Nernst. Termoximiyadagi ishlari uchun. 1921-yil. F.Soddi. Izotoplar va radioaktivlik hodisalarini ochgani uchun. 1922-yil. F.U.Aston. Butun sonlar qoidasi va radioaktiv bo’lmagan elementlarni ochgani uchun. 1923-yil. F.Pregl. Organik moddalar mikroanalizi uchun. 1924-yil -berilmadi. 1925-yil. A.Zigmondi. Kolloid eritmalarni ochgani uchun. 1926-yil. T.Svedberg. Dispers sistemalarni ochgani uchun. 1927-yil. G.O.Viland. Oshqozon kislotalarini o’rgangani uchun. 1928-yil. A.R.Vindaus. Sterinlarni va vitaminlarni tadqiqoti uchun. 1929-yil. A. Garden, G.A.Eylerxelpin. Enzimlar va qandni fermentlash ishlari uchun. 1930-yil. G.E.Fisher. Gemin sintezi va o’simlik hamda qondagi bo’yoqlarni o’rgangani uchun 1931-yil. K.Bosh, F.Bergius. Kimyoga yuqori bosimda ishlashni kiritgani uchun. 1932-yil. I.Lengmyur. Yuza hodisalari kimyosiga asos solgani uchun. 1933-yil. Mukofot berilmadi 1934-yil. G.K.Yuri. Og’ir vodorodni ochgani uchun 1935-yil. F.Jolio-Kyuri, I.Jolio-Kyuri. Birgalikda yangi radioaktiv elementlarini sintez qilgani uchun. 1936-yil. P.Y.Debay. Gazlarda rentgen nurlari va elektronlar difraktsiyasi, molekulalarda dipol momentlari asosida strukturalarnituzishni taklif qilgani uchun 1937-yil. U.N.Xeuors, P.Karrer. Uglevod va vitamin C ni tadqiq qilgani uchun 1938-yil. R.Kun. Kartonoid va vitaminlar ustidagi tadqiqotlari uchun. 1939-yil. A.F.Butenandt. Jinsiy aloqa garmonlarini ochgani uchun. L.S.Rujichka. Polimetilen va terpenlarni ochgani uchun 1940-1942- yillar mukofot berilmagan. 1943-yil. D.Xeveshi. Kimyoviy jarayonlarni o’rganishda izotoplardan nishonlangan atomlar sifatida foydalangani uchun. 1944-yil. O.Gan. Og’ir yadrolarni bo’lish mumkinliginiochgani uchun. 1945-yil. A.I.Virtanen. Yem - xashaklarni konservatsiya qilishni topganligi uchun. 1946-yil. Dj.B.Samner. Enzimlar kristallanishini ochgani uchun. Dj.Nortrop,U.M. Stenli. Oqsillar viruslari va enzimlarni ochgani uchun. 1947-yil. R.Robinson. Alkoloidlarni ochgani uchun. 1948-yil. A.V.K.Tizelius. Elektroforez va adsorbsion tahlil analizi, ayniqsa oqsil zardobi tabiati bilan bog’liq bo’lgan ishlar majmuasi uchun. 1949-yil. U.F.Djiok. Ayrim moddalarning past temperaturadagi xossalarini va kimyoviy termodinamika sohasidagi ishlari uchun. 1950-yil. O.P.G.Dils, K.Alder. Diyenlarning sintezini ochgani uchun. 1951-yil. E.M.Makmillan, G.T.Siborg. Transuran elementlari, shu jumladan plutoniyni ochgani uchun. 1952-yil. A.Dj.P.Martin. R.L.M.Sing. Taqsimlanish xromatografiyasini ochgani uchun 1953-yil. G.Shtaudinger. Yuqori molekulyar birikmalarini tadqiq qilgani uchun. 1954-yil. L.K.Poling. Kimyoviy bog’lanishlarning tabiati haqidagi nazariyasi va ularni murakkab birikmalar strukturasini o’rganishga tadqiq qilgani uchun. 1955-yil. V.Dyu Vino. Polipeptid garmonining sintezi oltingugurtning biologik aktiv birikmalarining tadqiqi uchun. 1956-yil. N.N.Semyonov, S.N.Xinshelvud. Kimyoviy reaktsiyalarning mexanizmlarini o’rganish sohasidagi ishlari uchun. 1957-yil. A.Todd. Nukleotidlar va nukleotid enzimlar sohasidagi ishlari uchun. 1958-yil. F.Senger. Oqsillar , ayniqsa insulin strukturasini o’rganganligi uchun. 1959-yil. Ya.Geyrovskiy. Polyarografiya usulini ochganligi uchun. 1960-yil. U.F.Libbi. Uglerod-14 dan foydalanib arxeologiyada geologiya, geofizikada yoshni aniqlash metodi sifatida ishlatgani uchun. 1961-yil. M.Kelvin. O’simliklarning uglerod (IV) oksidini o’zlashtirishini tadqiqot qilgani uchun. 1962-yil. Dj.K.Kendryu, M.F.Peruts. Globulyar oqsillarning tuzilishini o’rganganligi uchun. 1963-yil. K.V.Tsigler, Dj. Natta. To’yinmagan uglevodorodlarni katalitik polimerlanishdan foydalanib o’tkazadigan fundamental sintez usullarni tadqiq qilgani uchun. 1964-yil. D.Kroufut-Xodjkin. Vitamin B12 va boshqa biokimyoviy manbalarni rentgenostruktura analizi usuli yordamida aniqlashni fanga kiritgani uchun. 1965-yil. R.B.Vudvord. Organik moddalarni sintez qilish borasidagi ishlari uchun. 1966-yil. R.S.Malliken. Molekulyar orbitallar metodi yordamida kimyoviy bog’lanish va molekulalarning strukturasini hamda elektron tuzilishlarini ko’rsatgani uchun. 1967-yil. M.Eygen, Dj.Porter, R.Dj.R.Norrish. Qisqa impulslar yordamida molekulyar muvozanatning siljishini juda tez boradigan kimyoviy reaktsiyalarda tekshirgani uchun. 1968-yil. L.Onsager. Qaytmas jarayonlar termodinamikasi sohasidagi ishlari uchun. 1969-yil. D.G.R.Barton, O.Xassel. Konformatsion analizni tadqiq qilgani uchun. 1970-yil. L.F.Leluar. Birinchi shakarli nukleotidni ochishda va uni shakarga aylanishida va murakkab uglevodlarni biosintezi sohasidagi ishlari uchun. 1971-yil. G.Gersberg. Molekulalarning geometriyasi va elektron strukturasi sohasidagi ishlari va erkin radikallar haqidagi tushunchani fanga kiritgani uchun. 1972-yil. K.F.Anfinsen, S.Mur, U.X.Stayn. Fermentlar kimyosiga asos solgani uchun. 1973-yil. E.O.Fisher, Dj.Uilkinson. Metalloorganik birikmalar kimyosiga asos solgani uchun. 1974-yil. P.Dj.Flori. Polimerlar haqidagi fanga asos solgani uchun. 1975-yil. V.Prelog, Dj.U.Kornfort. Organik molekula va reaksiyalarning stereoximiyasini o’rganish sohasidagi ishlari uchun. 1976-yil. U.N.Lipskomb. Bor gidridlari va uning birikmalarining bog’lanishlari va strukturalarini o’rganish sohasidagi ishlari uchun. 1977-yil. I.R.Prigojin. Qaytmas protsesslar termodinamikasi sohasidagi ishlari uchun. 1978-yil. P.Mitchel. Hujayralardagi bioenergetik protsesslarni tekshirish sohasidagi ishlari uchun. 1979-yil. G.Ch.Braun, G.Vittig. Bor-va fosforli-birikmalarni sintez qilish usullarini taklif qilgani uchun. 1980-yil. U.Gilbert, F.Senger, DNK strukturasini taklif qilgani uchun. P.Berg DNK da Nuklein kislota borligini aniqlagani uchun. 1981-yil. Fukun K., Xofman R. Kimyoviy reaktsiyalar mexanizmlari nazariyasini rivojlantirgani uchun. 1982-yil. A.Klug. Biologik aktiv xossaga ega bo’lgan nukleoprotein komplekslar strukturasini elektron mikroskop yordamida tekshirgani uchun. 1983-yil. G.Tauba. Metall komplekslarida elektronlar almashinishi bilan boradigan reaksiyalar mexanizmlarini ochgani uchun. 1984-yil. R.Morrifild. Qattiq fazadagi kimyoviy sintez usulini taklif qilgani uchun. 1985-yil. Dj.Karl, G.A.Xauptman. Kristallar strukturalarini aniqlashning usullarini taklif qilgani uchun. 1986-yil. D.Xershbax,Ya.Li,Dj.Polyani. Elementar kimyoviy jarayonlarni tadqiqot qilgani uchun. 1987-yil. Ch.Pedersen, D.Kram J-M.Len. Klatrat birikmalarni topgani va o’rgangani uchun. 1988-yil. Y.Dayzenxofer, R.Xaber, X.Mixel. Fotosintetik reaksion markazlarning uch o’lchamli strukturasini aniqlagani uchun. 1989-yil. T.Chek, S.Oltmen. Ribonuklein kislotalarning fermentativ aktivligini ochganligi uchun. 1990-yil. E.D.Chori. Organik sintez metodologiyasi va nazariyasini yaratgani uchun. 1997-yil. Pol D.Boyer va Jon E. Uoker. ATF –adenozintrifosfat sintezida fermentli mexanizmni asoslab bergani uchun(yarmini) Yens K.Skou. Na+, K+ ATFazalarda ion-transport fermentini ochgani uchun (mukofotning ikkinchi yarmini). 1998-yil. D.Popl va U.Kon. Yirik molekulalarning hossalarini oldindan ko’ra bilish uchun matematik hisoblash sohasidagi ishlar uchun. 1999-yil. Axmad Zevayl. Femtokimyo yo’nalishida kimyoviy reaksiyalarning o’tish holatlari, hosil bo’ladigan moddalarning geometriyasini aniqlagani uchun. 2000-yil. Аlan Xiger, Alan Mak-Diarmid, Xideki Sirakava. Polimerlarda o’tkazuvchanlikni aniqlagani uchun 2001-yil. Uilyam Noulz. Xiral katalizatorlarda gidrirlash reaksiyalari uchun. Ryodzi Noyori, Barri Sharpless. Xiral katalizatorlarda oksidlanish reaksiyalari uchun. 2002-yil. Djon Fenn. Biologik makromolekulalarni identifikatsiyalash va struktur analiz metodlarini, jumladan, biologik makromolekulalarning mass-spektrometrik analiz usullarini ishlab chiqqanligi uchun. Koiti Tanaka, Kurt Vyutrix. Eritmada biologik makromolekulalarning uch o’lchamli tuzilishini YaMR-spektroskopiya usulini qo’llab aniqlagani uchun 2003-yil. Piter Egr. Suv kanalini ochganligi uchun Roderik Makkinon. Ionli kanallarning tuzilishi va mexanizmini tadqiq qilganligi uchun 2004-yil. Aaron Chexanover, Avram Gershko, Irvin Rouz. Oqsilning ubikvitin degradasiyasini kashf qilganligi uchun. 2005-yil. Robert Grabbs, Richard Shrok, Iv Shoven. Organik sintezda metastaz metodining taraqqiyotiga hissa qo’shganligi uchun. 2006-yil. Rodjer Kornberg. Eukariotlarda molekulyar asoslardagi transkripsiyaga oid ishlari uchun. 2007-yil. Gerxard Ertl. Qattiq jismlar sirtidagi kimyoviy jarayonlarni tadqiq qilganligi uchun. 2008-yil. Оsamu Simomura, Martin Chalfi, Rodjer Tsiyen. Yashil flyuorosent oqsilning ochilishi va taraqqiyoti uchun 2009-yil. Venkatraman Ramakrishnan, Tomas Steyts, Ada Yonat. Ribosomaning strukturasi va funksiyasi tadqiqotlari uchun. 2010-yil. Richard Xek, Eyiti Negisi, Akira Sudzuki. Organik sintezda palladiy bilan katalizlanadigan kross-birikmalari reaksiyasi uchun. 2011-yil. Dan Shextman. Kvazikristallarni kashf qilganligi uchun. 2012-yil. Robert Lefkovits, Brayan Kobilka. G-oqsillar bilan qoshbog’langan retseptorlarni tadqiq qilganligi uchun. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling