Kimyo tarixi
Download 1.01 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyo tarixi” o’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasining
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI Sh.Q.Toshboyeva KIMYO TARIXI Guliston - 2014 So`z boshi Kimyo tarixi predmeti - kimyo fanining turli davrlarda rivojlanishini, uning boshqa tabiiy fanlar orasida tutgan o’rnini va rivojlanish bosqichlarini o’rganadi. Kimyo tarixi - ham tabiiy, ham gumanitar fan hisoblanadi. Chunki kimyo fanining rivojlanishi insoniyat vujudga kelgandan boshlab uning madaniyatli bo’lishi uchun xizmat qiladi. Kimyo tarixi fani 5140500 - Kimyo ta’lim yo`nalishi talabalari o`rganadigan kerakli fanlardan biridir, chunki kimyo tarixi ilmiy bilim sifatida kimyoviy ta’limotning har qanday bosqichida ham o’quv predmetini shakllantiruvchi asosiy vosita hisoblanadi. Kimyo tarixi va metodologiyasi tabiatshunoslik tarixi va falsafasining bir qismi sifatida fan va texnikaning didaktik modelini shakllantiradi, fundamental va fakultativ bilim hissasini aniqlashda asosiy qurol hisoblanadi. Kimyo tarixi fani ham tarix fanining barcha boshqa sohalari kabi tarixiy manbalarga asoslanadi. Ular esa o’z zamonining olim va mutaxassislari tomonidan bizga meros sifatida qoldirilgandir. Tarixiy obidalar ham shunday meros va manbalardir. Ularni o’rganish Sharq va Markaziy Osiyo xalqlarining kimyoning dastlab hunar sifatida paydo bo’lishi va keyinchalik fanga aylanishida tegishli hissalari borligidan dalolat beradi. Lotinlar “Tarix - hayot muallimi” deyishadi. Bu fikrni davom etdirgan Ostvald haqiqatdan ham, insoniyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini fanlar tarixi beradi, deydi. Demak, fanlar tarixida insoniyatning rivojlanish yo’lini ko’rish mumkin. Tarixni o’rganishda albatta jamiyat qanday va qachon boshlangan, qachon tugaydi, degan savol tug’iladi? 1970-yilda Yaponiyaning “Omron”-firmasi SINLG (sret - don, Innovation - innovatsiya, need-ehtiyoj, impetus - yugurish, cycle – sikl. “Innovatsiyadan- ehtiyojga tomon”) nazariyasini yaratib, unda jamiyat rivojlanishi o’z navbatida har bir fanning tadqiqot asosini, uning tarixini alohida, texnologiyasini sistemali o’rganishni talab qilishini ko’rsatdi. Bu tabiat sirlarini tushuntiruvchi fanlardan biri bo’lib qolmasdan, hayotdagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblanmish - kimyo faniga ham bevosita taalluqlidir. Haqiqatdan ham kimyo fani jamiyatimizda fanlar orasida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Kimyo hayotimizni ta’minlab turuvchi vosita bo’libgina qolmasdan kundalik yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda asosiy qurol bo’lib ham xizmat qiladi. Kimyo tarixchilari orasida kimyo taraqqiyotining tarixiy bosqichlari haqida yagona fikr yo’q, qadimiy kimyogar - amaliyotchilarning yutuq va kashfiyotlari ochilish vaqti aniq isbotlanmagan bo’lib, har bir tarixiy davr o’ziga xos xususiyatlarga ega. Shuni nazarga tutgan holda mazkur o’quv-uslubiy majmuada shu vaqtgacha ma’lum bo’lgan bilimlarni umumlashtirib, kimyoning hozirgi vaqtdagi o’rnini yoritishga harakat qilindi. “Kimyo tarixi” o’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasining Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling