Kimyo tarixi


Download 1.01 Mb.
bet2/117
Sana07.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1083149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

konseptual asoslari

Bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsning yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan indivudial ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi. Ta’lim samaradorligini ishlab chiqishning konsepsiyasi aniq belgilanishi va unga amal qilinishi ijobiy natija beradi. Fanni o’qitishning asosiy konseptual yondoshuvlari quyidagilardan iborat.


Fanning maqsadi. Univеrsitеtlarda kimyo fanining barcha eng muhim sohalarini o’rgana turib, ularning nazariy asoslari bilan bеvosita tanishayotgan bo’lajak mutaxassislarga ana shu sohalar qanday qilib paydo bo’lganligi va kimyoning alohida o’ziga xos sohasiga aylanganligi to’g’risida batafsil tarixiy malumotlarga ega bo’lishlari, bu sohalarning yaratilishida va mustaqil ahamiyatga ega bo’lishida ularda mavjud bo’lgan qonunlar, qoidalar, qilingan kashfiyotlarning mualliflari, bu sohaga arzigulik hissa qo’shgan olimlar kimlar ekanligini bilishlari lozimligini tushuntirishdir. Ana shu maqsadlarga erishishda kimyo faniga tarixiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy mеros sifatida qarashga “Kimyo tarixi” fanining ahamiyati bеqiyosdir.
Fanning o’qitishning vazifalari - talabalarga kimyoning rivojlanish tarixi, uning eng muhim davrlari va davrchalari, eng muhim qonun va kashfiyotlarning yaratilish tarixi va mualliflari, kimyoning nazariy asoslarini hozirgi zamon holati, ularning fandagi va texnikadagi ahamiyatini ko’rsatib berish hamda mantiqiy xulosalar chiqara bilishni o’rgatishdan iborat.
Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish tavsiya etiladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish masalalaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarining o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan (amaliy) yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tadbiq etilishiga sharoit yaratadi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishga erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Ta’lim jarayonida “sub’ekt-sub’ekt” munosabatlari tarkib topadi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni ta’minlaydi. Muammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va ularga yechim topish jarayonida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o’rgatiladi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarni qo’llash- hozirgi axborot kommunikatsiya texnologiya vositalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to’g’ri va samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko’nikmalarini hosil qilinadi. Bu jarayonda kompyuter savodxonligi alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qitish metodlari va texnikasi. Ma’ruza (kirish ma’ruzasi, viziuallashgan, tematik, ma’ruza-konferensiya, aniq holatlarni yechish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy), muloqot, muammoli usul, o’rgatuvchi o’yinlar, keys-stadi, “aqliy hujum”, pinbord, paradokslar, loyiha va amaliy ishlash usullari. Interfaol usullarni mavzu mazmuniga mos holda tanlash va ulardan samarali foydalanishga o’rgatadi.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (darslik, ma’ruza matni, ko’rgazmali qurollar, xarita va boshqalar) bilan bir qatorda-axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalari keng ko’lamda tadbiq etiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling