Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Moddaning tarkibi va stеxiomеtrik qonunlar.
Dalton, Gеy-Lyussak, Avogadro, Kannitsaro ishlari.
Gazlarning hajmiy qonunlari.
Аtom massalarini reforma qilish, elektroliz qonunlari.
Kimyoviy atomistika.
Atom va molеkulaning rеalligi to’g’risidagi fikrlar.
Ekvivalent, atom, molеkula, ion tushunchalarining aniq ta’riflanishi
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Moddalar massasining saqlanish qonuni. Atomistik ta’limot. Korpuskula. Kuchli aroq (HNO3). Kuchsiz aroq (CH3COOH). Selitra spirti. Fizikaviy kimyo. Texnikaviy kimyo. Naturfalsafa. Parsial bosim qonuni. Issiqlik sig’imi. Elektrokimyo. hajmiy nisbatlar qonuni. Ekvivalentlar qonuni. Doimiy nisbatlar qonuni. Karrali nisbatlar qonuni. Izomorfizm qonuni. Elektroliz qonunlari. Triadalar. Karlsrue kongressi.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
5.1. Miqdoriy qonunlar davridan keyin yana qanday qonunlar kashf etilgan? Ular hamon taraqqiy etmoqdami?
5.2. Kashf qilinishi kimyoda yangi yuksalish bosqichini belgilagan moddalar qaysilar edi? Siz ularga misollar keltira olasizmi?
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Moddaning tarkibi va stеxiomеtrik qonunlar, Dalton, Gеy-Lyussak, Avogadro, Kannitsaro ishlari, gazlarning hajmiy qonunlari, atom massalarini reforma qilish, elektroliz qonunlari hamda atom va molеkulalarning rеalligi to’g’risidagi o’sha zamon olimlarining fikrlari bilan tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
5.1.1. Dalton ta’limotidagi kamchilik va yutuqlarni izohlaydi.
5.1.2. Materiya tuzilishi haqida Leonard Eyler fikrlari haqida tushunchaga ega bo’ladi;
5.1.3. Nyuton g’oyalarining mohiyatini yoritadi va u yaratgan asarlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |