Tajriba bo’limi
Ishdan maqsad: dispers sistemalarni turli usullarda tayyorlash va ularni tozalash yо‘llarini hamda ularning mitsellyar tuzilishini о‘rganishdan iborat.
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli qurilma va reaktivlar: 47%li FeСl3 eritmasidan, kolba, 20%li K4[Fe(CN)6] eritmasidan, suv va maxsus selofan.
Ishning bajarilish tartibi.
FIZIKAVIY KONDENSATSIYA.
1. Kanifol zoli. 50 ml suvga chayqatib turgan holda 10-15 tomchi 10%.li kanifolning etil spirtidagi eritmasini tomizgichdan qо‘shiladi. Kanifolning manfiy zaryadli gidrozoli hosil bо‘ladi. Dag‘al dispers zarrachalarni yuqotish uchun zol filtrlanadi.
Kanifol bilan erituvchi sifatida ishlatiladigan spirt zolning barqarorligiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun zolni uzoq muddat saqlash zarur bо‘lsa, spirtlarni dializ usuli bilan yо‘qotish zarur.
2. Oltingugurt zoli. 50 ml suvga chayqatib turgan holda 1 ml oltingugurtning atsetondagi tо‘yingan eritmasidan qо‘shiladi. Natijada oltingugurtning kolloid zarrachasi manfiy zaryadlangan oqish havo rangli suvdagi zoli (gidrozoli) hosil bо‘ladi.
3. Parafin zoli. 50 ml suvga tomizgichdan chayqatib turgan holda parafinning etil spirtidagi 1 ml tо‘yingan eritmasi qо‘shiladi. Manfiy zarrachalar bilan zaryadlangan parafinning suvdagi zoli hosil bо‘ladi.
KIMYOVIY KONDENSATSIY. ALMASHINISH REAKSIYALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |