Ishning maqsadi. Kimyoviy reaktsiyalar yordamida kolloid eritmalar hosil qilish.
Kerakli jixozlar va reaktivlar. AgNO3 ning 1.7% li eritmasi, 0.1% li tanin, 1% li K2CO3 1.5% li KMnO4, konts. NH3, 1% li Na2S203, FeC13, K4[Fe(CN)6], 1% li CuSO4, 1.7% li KJ, Na2SO4 - konsentrlangan, 300 ml.li stakanlar, tomizgich voronka, suvli hammom, termometr, muz, NaС1, konussimon kolba, pipetka, menzurka va fil’tr qog’ozi.
Ishning bajarilish tartibi.
1. Berlin lazurining zoli. 0,1 ml 47%li FeСl3 eritmasidan 100ml suvga solib eritiladi hamda hosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan holda 20%li K4[Fe(CN)6] eritmasidan 1 tomchi qо‘shiladi. Tо‘q havo rangli berlin lazuri Fe 4[Fe(CN)6]3 temir II- geksatsianoferrat hosil bо‘ladi.
K4[Fe(CN)6] + FeСl3→ [Fe4[Fe(CN)6]3] + KСl
2. Berlin lazurining zoli. 0,5 ml 20%li K4[Fe(СN)6] mо‘l eritmasini suv bilan 100 ml gacha suyultiriladi. Hosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan holda 1 tomchi 47%li FeСl3 eritmasidan tomizilganda eritma havo rangga kiradi. Eritmaga yana 2 tomchi yuqoridagi eritmadan tomizilganda uning rangi tо‘q havo rangga aylanadi.
3. Mis geksatsianoferrat-III zoli. 0,5 ml 20%li berlin lazurini K4[Fe(CN)6] suv bilan 100 ml gacha suyultiriladi. Hosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan holda 3-4 tomchi 10%li CuSO4 eritmasi qо‘shilganda mis geksatsianoferrat III zoli hosil bо‘ladi.
4. Kumush geksatsianoferrat - II zoli. 10 ml 20%li K4[Fe(CN)6] ni 100 ml
gacha suv bilan suyultiriladi, hosil qilingan eritmaga sekin tomchilatib, aralashtirilib turgan holda 5 ml 1,7%li AgNO3 eritmasi qо‘shiladi. Kо‘kimtir rangli kumush geksatsianoferrat II zoli Ag4[Fe(CN)6] hosil bо‘ladi.
5. Kumush yodid zoli. 10 tomchi 1,7%li AgNO3 mо‘l eritmasini 100 ml gacha suv bilan suyultiriladi, hamda hosil qilingan eritmaga aralashtirgan holda tomchilatib, 1,7%li KJ eritmasidan 1ml qо‘shiladi. Oqish havo rangli kumush yodid zoli hosil bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |