Kimyo texnologilari fakulteti 631-18 Kimyoviy texnologiya guruhi talabalari 10-semestrda
Download 52.56 Kb.
|
631-18 KT-kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHINING TARKIBI VA MAZMUNINI YORITISH QOIDALARI
Kurs ishining namunaviy tarkibi va ularning tavsiya etilayotgan hajmlari
KURS ISHINING TARKIBI VA MAZMUNINI YORITISH QOIDALARIKurs ishining kirish qismida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablari va mamlakat iqtisodiy siyosatining istiqbolli yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tanlangan mavzuning dolzarbligi, amaliy ahamiyati, maqsadi va vazifalari, kurs ishining ob’yekti va predmeti hamda ishning tarkibiy tuzilishi mazmunan yoritiladi. Maqsad va vazifalar kurs ishining asosiy mazmunini aks ettirish va qanday vazifalarni yechishga yo‘naltirilganini ko‘rsatib berishi lozim. Birinchi bobda kurs ishining nazariy asoslari bayon etilib, tadqiqotning ilmiy va uslubiy jihatlariga qaratiladi va tadqiqot olib borilgan ob’yektning tasnifini o‘zida aks ettirishi lozim. Bunda hozirgi davrda bu mavzuga bo‘lgan nazariy yondoshuvlar, masalaning mohiyati, muammoni yechishning asosiy omillari va talabaning ilmiy, nazariy qarashlariga bo‘lgan munosabati bildiriladi. Mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, alohida paragrafda mavzuga oid muayyan uslubiy masalalarni ham ko‘rib chiqish foydadan xoli emas. Albatta, talaba uchun mavzuning nazariy va uslubiy jihatlarini ishlab chiqish og‘ir. Ammo, mavzuda ko‘rib chiqilayotgan masalalarni yechimiga oid ilmiy-uslubiy yondoshuvlar va ularning samaradorligini baholash mezonlariga umumiy baho berib ketish mumkin. Ikkinchi bob odatda muayyan korxona bo‘yicha o‘rganilayotgan muammoning umumiy holatini tahlil etishga bag‘ishlanadi. O‘rganilayotgan ob’yektning tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil etish yetarlicha chuqur va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi, masalaga oid haqiqiy ma’lumotlarga asoslanishi lozim. Ishda korxonaning kamida (imkon qadar oxirgi) 3-5 yillik ma’lumotlari tahlili asos qilib olinishi lozim. Bob korxonaga oid umumiy ma’lumotlar va uning tabiiy-ishlab chiqarish sharoitlarini yoritish bilan boshlanadi. Korxonaning hajmi, ishlab chiqarish salohiyati, ixtisoslashuvi, mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi kabi bir qator ko‘rsatkichlarni tahlil etishda ularning real tabiiy va ishlab chiqarish sharoitlariga bog‘liq holda ochib berish maqsadga muvofiq. Bunda keyingi yillarda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda yuz bergan o‘zgarishlar, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri, hozirgi kunda mavjud kamchilik va muammolar hamda ularni keltirib chiqargan sabablarga keng o‘rin berish lozim. Tadqiqot olib borilgan ob’yekt misolida mavzu: tahliliy-hisoblar, jadvallar, diagrammalar, grafiklar va chizmalar orqali ochib beriladi. Har bir jadval, diagramma, chizma, grafik so‘ngida uning tahlili beriladi. Bu bobda keltirilgan tahlil ma’lumotlari, chiqarilgan xulosalar keyingi bobda taklif va tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Uchinchi bobda talaba tahlillar asosida mavzuni takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar, uslubiy yondoshuvlar ishlab chiqadi, ilgari surilayotgan taklif va g‘oyalar ham ilmiy ham amaliy jihatdan asoslanadi. Uchinchi bob ustida ishlash talabadan chuqur tayyorgarlikni talab etadi. Buning uchun ilmiy adabiyotlar va amaliy xarakterdagi ma’lumotlarning yetarli bo‘lishi kifoya qilmaydi. Ushbu bobni tayyorlashda talabaning ilmiy-tadqiqotlar olib borishga qodirligi, vaziyatni chuqur tahlil eta olishi va murakkab ishlab chiqarish sharoitlarida to‘g‘ri qarorlar qabul qila olishi namoyon bo‘ladi. Talaba fan-texnika va ishlab chiqarishning oxirgi yutuqlaridan boxabar bo‘lgan, zaruriy me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlangan, ishlab chiqarishni tashkil etish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar bilan qurollangan, xo‘jalik yuritish tizimlari bilan yaqindan tanish bo‘lsagina, samarali, ilmiy asoslangan xulosa va takliflar bera olishi mumkin. Xulosa va takliflar kurs ishining mazmuni bayon etilishini yakunlaydi. Unda talaba olib borgan izlanishlarning natijalari umumlashtiriladi. Xulosa va takliflar aniq, qisqa va tushunarli tarzda bayon etilishi, faqatgina mavzuga oid masalalarni o‘zida aks ettirishi lozim. Xulosa va takliflar kurs ishining kirish qismida yoritilgan maqsad va vazifalarga to‘liq mos kelishi hamda ish oldiga qo‘yilgan vazifalar qanday yechilganini ko‘rsatishi lozim. Takliflar aniq natijalarga, tajribalarga asoslangan holda ko‘rsatib berilishi, zaruriy hisob-kitoblar va ma’lumotlar bilan mustahkamlanishi maqsadga muvofiq. Adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish. Adabiyotlar ro‘yxati kurs ishining oxirgi qismida keltiriladi va adabiyotlar qat’iy tarzda quyidagi tartibda berilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. O‘zbekision Respublikasining Qonunlari. Prezident farmonlari va hukumat qarorlari. O‘zbekiston Respublikasini Prezidentining asarlari. Ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlar (alfavit tartibiga ko‘ra). Ilmiy maqolalar. Yo‘riqnomalar, turli akt materiallari va boshqalar. Statistik to‘plam materiallar, korxona hujjatlari va materiallari. Adabiyotlar ro‘yxatida kurs ishi jarayonida foydalanilgan barcha ma’lumotlarning manbalari (familiya, nomi, nashr joyi, nashriyot, betlari) ko‘rsatilishi lozim. Zarur hollarda adabiyotlar keltirilgan sitatalarning manbasi albatta o‘sha betda ko‘rsatilishi, shu jumladan jadval yoki sxema manbasi ham o‘sha betda ko‘rsatib borilishi lozim. Agar jadval yoki chizma talaba tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, qaysi manbadan foydalanib talaba tayyorlanganligi ham ta’kidlab o‘tiladi. Kurs ishining eng asosiy talabi to‘la mustaqillik bo‘lib, talabaning mulohazasi, qobiliyati va ijodiy tafakkurini aniqlashdan iborat. Shuning uchun kurs ishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri darslik, o‘quv qo‘llanmalaridan ko‘chirib qo‘yish aslo yaramaydi. Bunday holat uchragan taqdirda kurs ishi himoyaga qo‘yilmaydi.Download 52.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling