O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-texnologiya INSTITUTI
“KIMYO - TEXNOLOGIYA” FAKULTETI
“KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” KAFEDRASI
“Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar ” fanidan
KURS LOYIНASI
Mavzu: Etil spirtini isitish uchun ko`p yo`lli qobiq-trubali vertikal issilik almashinish qurilmasini hisoblash va loyihalsh
Bajardi: 9u -20 gurux talabasi
Raximjonova Sh
Rahbar: Zokirov S
O’zlashtirish ko’rsatkichi: _______ ball.
Himoya sanasi ___ ____________2022- yil
Imzo: ____________
_______________
NAMANGAN 2022
O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Namangan muhandislik - texnologiya instituti
“Kimyo - texnologiya” fakulteti
“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi
“Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar” fanidan
HISOB - TUSHUNTIRISH YOZUVI
Mavzu: Etil spirtini isitish uchun ko`p yo`lli qobiq-trubali vertikal issilik almashinish qurilmasini hisoblash va loyihalsh
Bajardi: 9u -20 gurux talabasi
Raximjonova Sh
Rahbar: Zokirov S
Namangan 2022
Kirish
I. Texnologik qism
1.1. Jaroyonning texnologik asoslari
1.2. Asosiy jihoz va texnologik sxemeni solishtirma tahlil qilish va qurilma tanlash
1.3. Asosiy qurilmani tuzilishi va ishlash prinsipi
1.4. Jihozga xizmat ko`rsatishdagi xavfsizlik texnikasi
II. Hisoblash qismi
2.1. Moddiy balans
2.2. Issiqlik balansi
2.3. Mexanik xisobi
2.4. Asosiy qurilmaning texnologik hisobi
2.5. Yordamchi jihozlarni tanlash va hisoblash
2.6. Qurilmalarning gidravlik qarshliklari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017 yil kimyo sanoati sohasida qator o’zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi "O’zkimyosanoat" AJ boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga asosan mazkur aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi a’zolari to’liq yangidan tayinlanib, kimyo sanoati tarmoqlari va boshqaruv apparati tuzilmalari qaytadan shakllantirildi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 23 avgustdagi qarori asosida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari yaratish ko’zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta’minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardosh va jozibadorligini yanada oshirishni ta’minlash maqsadida "O’zkimyoimpeks" mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
Hozirgi paytda mamlakatimiz sanoatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishi texnologik jarayonni yanada kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishdan iborat. Bu yo’nalishning asosini sanoatda qo’llaniladigan mashina va uskunalar tizimi tashkil etadi. Mazkur vazifani bajarish uchun yuqori unumli jihozlarni qo’llash, ularning ishonchliligini oshirish, ta’mirlashning zamoniy texnologiyalarini joriy etish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish va xorijiy sarmoyadorlar ishtirokida yangi qo’shma korxonalar barpo etish kerak bo’ladi.
Mamlakatimizning sanoat korxonalarida ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ustaxonalari qurish, ularni yangi uskunalar bilan jihozlash lozim.
Axolini turli xildagi yukori sifatli maxsulotlariga bulgan kundalik extiyojini fiziologik me’yorlar asosida kondirish xar doim eng dolzarb muammo bulib kelgan. Ushbu muammoning yechimi kup jixatdan Respublikamiz xududida joylashgan barcha sanoat korxonalarining ish faoliyatiga boglik buladi. Bu esa kishlok xujaligida yetishtiriladigan kuplab turdagi maxsulotlarni kiska vakt ichida eng tejamkor usullarda kayta ishlab, sifatli maxsulotga aylantirishni takazo etadi. Buning uchun esa zamonaviy texnologiyalar asosida ishlovchi korxona va tsexlarni kurish, mavjud korxonalarni esa ilgor texnologiyalar, zamonaviy jixozlar va texnologik liniyalar bilan kayta jixozlash zarur buladi. SHuning bilan birga, sanoat chikitlarini kayta ishlash asosida yangi maxsulot turlari ishlab chikarish, kamchikit, energetik jixatdan tejamkor, inson salomatligiga va atrof-muxitga bezarar bulgan yangi texnologik jarayonlarni yaratish borasida keng kulamda ishlar kilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |