Kimyo va kimyoviy texnologiya
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)
Kalsiy ionlaridan esa soda yordamida tozalanadi: CaCl 2 + Na 2 CO 3 = CaCO 3 ↓ + 2NaCl Ca 2+ va Mg 2+ ionlari nisbatiga muvofiq soda zavodlarida ikki xil texnologik sxema qo‘llaniladi. Kalsiy ionlarining miqdori ko‘p bo‘lsa bir pog‘onalik texnologik sxema qo‘llaniladi. Bu sxema bo‘yicha namakob bir vaqtda ham kalsiy ham magniy ionlaridan tozalanadi. Magniy ionlarning miqdori ko‘p bo‘lganida tozalash jarayoni ikki bosqichli usulda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda Ca(OH) 2 yordamida Mg(OH) 2 cho‘ktiriladi. Ikkinchi bosqichda Na 2 CO 3 yordamida kalsiy ionlari CaCO 3 tarzida cho‘ktiriladi. Yangi cho‘ktirilgan kristallar (zatravka) suspenziyaga kiritilgan holda shlam cho‘kishining tezligi oshadi va induksiya davri qisqaradi. Kiritilgan qattiq fazaning yuzali energiyasi CaCO 3 va Mg(OH) 2 larning yangi miqdorlarining cho‘kishiga yordam beradi. Ma’lum mikdordagi kiritilgan zatravka cho‘kish tezligini oshiradi. Shu miqdordan oshib ketsa, normal cho‘kish bo‘lmaydi. Amalda zatravka sifatida cho‘ktirgichdagi cho‘kma qo‘llanilishi mumkin. Shu maqsadda cho‘ktirgichga suspenziya tozalagan rassol va cho‘kayotgan shlamlarning chegarasidan past qismiga beriladi. Uzluksiz, jarayon sharoitida shlam cho‘ktirgichning tubidan chiqariladi, tozalangan rassol esa cho‘ktirgichning tepa qismidan olinadi. Shunday qplib, kiritilayotgan suspenziya cho‘kma qatlamidan (filtirlanmaydigan qatlam) o‘tadi. Cho‘kma qatlami zatravka rolini bajarady. Cho‘kma qatlamining qalinligi temperaturaga bog‘liq va tajriba yo’li bilan aniqlanadi. 41 3-rasmda soda eritmasini dastlabki ishqorlash o‘tkazish bilan bir pog‘onali namakobni tozalash texnologik sxemasi ko‘rsatilgan. Soda eritmasi aralashtirgich (1) ga kelib tushadi. Kalsiy gidroksid ham unga ajratilgan aralashtirgich (9) ga beriladi. Soda eritmasi va tozalangan namakob bak (7) da aralashtiriladi. Soda eritmasi va kalsiy gidrooksid aralashtirgichlari orasidagi ishqorlagich (8) da reaksiya o‘tkaziladi. Ishqorlangan soda eritmasi bak (6) orqali aralashtirgich (2) ga beriladi. Bu yerga tozalangan namakob ham beriladi. Aralashma aralashtirgichdan reaktor (3) ga o‘tkaziladi. Reaktorda CaCO 3 va Mg(OH) 2 larning kristallanishi amalga oshiriladi. Kristallanish jarayoni tugallanishi, bir xil o‘lchamli kristallarni hosil qilish, quyqumni Rasm - 3. Ohakli-sodali usulda bir bosqichli namakob xom ashyosini tozalash texnologik sxemasi: 1- soda eritma eritmasi; 2- aralashma; 3 – reaktor; 4- tindirgich; 5 – quyqum yig‘gichi; 6 – ishqorlangan qilingan soda eritmasi saqlash sig‘imi; 7 – suyultirilgan soda eritmasini saqlash uchun sig‘im; 8 – ishqorlagich; 9 – suyultirilgan ohakli sut aralashtirgichi. zichlanishi va ajratilishi uchun suspenziya tindirgichga (4) beriladi. Quyqum eshkakli aralashtirgich (soatiga 5 ta aylanma) yordamida markaziy chiqaruvchi quvur tomonga suriladi va undan keyin quyqum yig‘gich (5) ga kelib tushadi. Yig‘gichga suv berilgandan keyin quyqum suspenziya holda «oq dengiz» ga tashlanadi. Agarda namakobning tozalanishi dastlabki ishqorlashsiz o‘tkazilsa, ko‘rsatilgan sxemadan ishqorlagich (8) olib tashlanadi. Reagentlar va tozalanmagan namakob bir vaqtda aralashtiruvchi (2) ga beriladi. Ikki bosqichli tozalash o‘tkazilgan holda birinchi bosqichga faqat kalsiy gidrooksid va ikkinchi bosqichga 42 faqat soda eritmalari beriladi. Tozalangan namakob ammiak bilan (85 g/l NH 3 gacha) va qisman karbonat angdrid bilan (40 g/l CO 2 ) to‘yintiriladi. Nazorat savollari 1. Nima uchun natriy xlorid eritmalarini kalsiy va magniy ionlaridan tozalanishi kerak? 2. Sulfat ionlari tozalanish jarayonidan keyin qanday xilda bo‘ladilar? 3. Tozalanish jarayonida qanday kimyoviy reaksiyalar o‘tadi? 4. Tozalanish tezligi va darajasiga qanday faktorlar ta’sir qiladi? Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling