Kimyo va kimyoviy texnologiya
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Sodaning xalq xo‘jaligidagi qo‘llanilishi.
5 Ma’ruza № 1. Mavzu: Kirish. Kal’sinasiyalangan soda ishlab chiqarish tarixi va ahamiyati. Reja: 1. Soda ishlab chiqarish tarixi va axamiyati. 2. Sodaning xalq xo‘jaligidagi qo‘llanilishi. Tayanch so’z va iboralar: soda, Lebl an usuli, Sol’ve usuli natriy karbonat, nefelin, shisha, rangli metallurgiya, neft kimyo, tibbiyot, oziq-ovqat, syellyuloza, qog‘oz sanoati, karbonizasiya. Kal’sinasiyalangan soda - Na 2 CO 3 , molekulyar massasi-106, natriy karbonat kristall kukun, zichligi 2,53 g/sm 3 , suyuqlanish temperaturasi 853 0 C, suvda yaxshi eriydi. Soda (natriy karbonat) qadimgi davrlardan ma’lum bo‘lgan. Soda dengiz o‘simliklar ko‘llari va tabiy sodaviy ko‘llardan olingan. 1775 yilda fransuz olimi Leblan sanoatda quyidagi usul bo‘yicha soda ishlab chiqarishni taklif etgan: 2NaCl H 2 SO 4 Na 2 SO 4 2HCl Na 2 SO 4 + CuCO 3 2C Na 2 CO 3 CuS CO 2 Xosil bo‘lgan qattiq moddadan suv yuvish usuli bilan soda eritmasi olingan. Eritmani bug‘latish natijasida qattiq soda ishlab chiqarilgan. 1865 yilda Belgiyali muxandis Solve soda ishlab chiqarishning ammiakli usulini amalga oshirgan: NaCl NH 3 CO 2 H 2 O NaHCO 3 NH 4 Cl 2NaHCO 3 Na 2 CO 3 + CO 2 Leblan usuliga nisbatan Solve usuli quyidagi ijobiy tomonlaridan iborat: 1. Maxsulotning sifati yukori, toza soda xosil bo‘ladi; 2. Ishlab chiqarish jarayoninging uzliksizligi; 3. Mexnat sharoitlari yaxshilanishi va ish kuchi kam sarflanishi; 4. Elektroenergiya va yoqilg‘ilarning kamroq sarflanishi; O‘zbekiston Respublikasini xalq xo‘jaligi uchun sodaga talab katta bo‘lmoqda. Xozirgi kunda soda xorijiy davlatlardan katta miqdordagi valyuta bilan inport qilinadi. Shuning uchun Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot shaxrida soda zavodi qurilgan. Bu zavod xam soddani Solve usulida ishlab chiqaradi. Yuqoridagi usullardan tashqari sodani natriy gidrooksididan olish mumkin: 2NaOH CO 2 Na 2 CO 3 H 2 O 6 Rossiyada soda nefelin tabiiy rudasidan xam olish usuli mavjud. Bu ruda tarkibida asosan nefelin bo‘lib (3Na 2 O K 2 O 4Al 2 O 3 9SiO 2 ), undan alyuminiy oksid, potash va syement maxsulotlari xam ishlab chiqariladi. Sodaning xalq xo‘jaligidagi qo‘llanilishi. Soda xalq xo‘jaligida ko‘p saxolarda qo‘llaniladi va shuning uchun bu maxsulot ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Xozirgi kunda jaxon bo‘yicha 30 mln. t dan ortiq soda ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida bir yilda 120000 tonna miqdorida sodaga talab bor. Soda xalq xo‘jaligigining quyidagi soxalarida qo‘llaniladi: 1. Kimyo sanoatida (fenol, bo‘yoq moddalar ishlab chiqarish uchun); 2. Shisha ishlab chiqarish sanoatida; 3. Rangli metallurgiyada; 4. Oziq-ovqat, syellyuloza, qog‘oz sanoatida; 5. Neft kimyo va neftni qayta ishlash sanoatida; 6. Tibbiyot sanoatida; 7. Elektrotexnika sanoatida; 8. Boshqa soxalarda. Rasm-1. Soda ishlatiladigan soxalar. Nazorat savolari 7 1. Soda ishlab chiqarish qanday usullari bor? 2. Sodaning xalq xo‘jaligida qo‘llanilishi? 3. Sodaning asosiy xom ashyolari? Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling