Kimyo va kimyoviy texnologiya
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)
Ёрдамчи
моддалар Аммиак Сув Буғ Ёқилғи Оҳактош ёки мел 15 • Коксокимё заводлари гази. (NH 4 ) 2 S. ЁқилғИ асосан охактошни куйдириш ва натрий бикарбонатни калцинацияласда қўлланилади. Охактошни куйдиришда золлиги 10%дан ортмаган ёқилги ишлатилди, чунки акс ҳолда печлардаги шлак хосил бўлиш тезлиги ортиб кетади. Кўп ишлаб чиқаришларда кокс, айримларида антрацит қўлланилади. У секин ёниши сабабли кўпгина смоласимон моддаларнинг хосил бўлишига олиб келади. Сўнгги йилларда ёқилги сифатида табиий газдан фойдаланиш тенденсияси ортиб бормоқда. Газсимон ёқилғини қўллашнинг қатор афзалликлар бор: • ёқилғининг золли емаслиги; • Юқори калориялик иссиқлик – 8000 ккал/кг (кокс ва антрацид – 6500- 7000 ккал/кг). Uglerod oksidlarining olinishi Ca va C oksidlari 1200 0 C temperaturada karbonat xomashyoni kuydirish natijasida olinadi: CaCO 3 → CaO + CO 2 Ushbu reaksiyaning muvozanat konstantasi fazalar qoidasiga binoan faqat CO 2 ning konsentrasiyasiga bog‘liqdir: 2 CO C fC K yoki 2 CO fp K 2 CO p - muvozanatli parsial bosim 2 CO p temperaturaga quyidagicha bog‘langan. 88 , 9 / 8200 lg 2 N P CO CO 2 ning muvozanatli bosimi uning gazli fazadagi bosimidan yuqori bo‘lgan taqdirda CaCO 3 parchalanashi mumkin. CO 2 ning maksimal parsial bosimi ochiq gazida 40 kPa bo‘lishi mumkin. Bu bosimda CaCO 3 ning parchalanishi 840 0 C boshlanadi. Lekin, ushbu temperaturada parchalanish faqat karbonat xomashyoning yuzasida kuzatiladi, xomashyoning ichki qatlamlari parchalanmaydi. Xomashyoning ichki qismlarini parchalash uchun amalda 900 0 C temperaturaga erishish zarurdir. Ushbu temperaturani shixtaning kuydirish zonasida kirishi va chiqishida minimal deb qabul qilish mumkin. Ishlab chiqarish shartlari uchun CaCO 3 ning parchalanish tezligi katta axamiyatga ega. Parchalanish tezligini kuyidagi tenglama bilan aniqlash mumkin: lgR + 0,003145t = 3,3085 R-parchalanish chegarasining surilish tezligi, sm/s; 16 t-temperatura, 0 C. Gaz oqimi tezligi oshishi bilan parchalanish tezligi xam oshadi, chunki yoqilg‘i yonish jarayonining diffuziya jarayonlari va issiqlik uzatishlar tezlashadi. Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki, CaCO 3 ning parchalanish tezligi asosan kuydirilayotgan materialning temperaturasiga bog‘liqdir. Xosil bo‘layotgan CaO ning strukturasi kuydirish temperaturasi bilan va shu temperaturaning ta’sir vaqtiga bog‘liqdir. Aktiv CaO yumshoq sharoitda, temperatura 1150 0 C bo‘lganda xosil bo‘ladi. Bunday yuqori temperaturada CaO ning rekristallizasiyasi boshlanadi va uning zichligi oshgan xisobiga reaksion aktivligi keskin kamayadi. CaO ning aktivligini kamaytirmaslik uchun temperaturani 1200 0 C dan oshirish kerak emas. Yoqilg‘i to‘liq yonish uchun o‘choqing ichiga xisobga nisbatan ortiqcha miqdorda xavo beriladi. Bu xolda yoqilg‘i to‘liq yonish xisobiga issiqlik yo‘qotishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Soda ishlab chiqarishda gaz tarkibida CO 2 maksimal miqdorda bo‘lishi kerak. Shuning uchun ortiqcha xavoning miqdori 5%-dan oshirilmaydi. Yoqilg‘i kulida SiO 2 , Al 2 O 3 va Fe 2 O 3 oksidlari bor. Bundan tashqari karbonat xomashyosida MgCO 3 va CaSO 4 moddalari bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi moddalar bir biri bilan reaksiyaga kirishib, zararli eruvchan birikmalar xosil qiladilar: CaO FeO -erish temperaturasi 1225 0 C, 2FeO SiO 2 - 1065 0 C, CaO FeO 2SiO 2 -1100 0 C. Bu moddalar zarar ballast xisoblanada, chunki ular bilan CaO ning bir qismi yo‘qoladi, MgO va CaSO 4 lar eritmasining massasini oshiradi. Xosil bo‘lgan suyuq faza CaO zarrachalari suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, aktivsiz CaO ga aylanib qoladi. qolgan CaO faqat maydalangandan keyin suv bilan reaksiyaga kirishishi mumkin, qoplama buzilgandan keyin. Bundan tashqari ayrim CaO ning bo‘laklari bir biriga yoki o‘choq devoriga yopishishi mumkin va bu xolda normal xolatda kuydirish jarayoni o‘ta olmaydi. Temir va kremniy oksidlari xomashyo va yoqilg‘i kulida eng zarar qo‘shimchalar deb xisoblanadi. Temir oksidlari o‘choqning futerovkasini buzishi mumkin, chunki u futerovka tarkibidagi SiO 2 bilan reaksiyaga kirishadi. Karbonat xomashyo tarkibida MgCO 3 mavjud. Bu modda xam kalsiy karbonatga o‘xshab, parchalanadi: MgCO 3 → MgO +CO 2 Ammo lekin, MgO ammiakni regenerasiya qilish uchun yaramaydi, chunki u SaO ga nisbatan suvda 200 marta sekin eriydi. MgO suyuq faza xosil bo‘lish temperaturasini pasaytiradi va shuning xisobiga o‘choqning futerovkasi ishdan chiqariladi. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra MgO zarar ballast deb xisoblanadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling