Kimyo va kimyoviy texnologiya
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma ruzalar kursi.pdf filename=utf-8 Ma ruzalar kursi(6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy bosqichlar tavsifi.
KTS texnologik sxemasi.
Diagrammaning ARP 1 bo‘yicha kesimi: i * LBN – muvozanatdagi eritmadagi suv miqdori; i R.pr – texnologik eritma tarkibidagi suv miqdori; i p1 – R1 eritmadagi suv miqdori; R – reaksion aralashmaning figurativ nuqtasi. 12 Diagramma asosida osh tuzining ammoniy bikarbonat bilan ta’sirlashuvi natijasida natriy bikarbonat va ammoniy xlorid xosil bo‘lishi aniqlangan. Ushbu sistemada natriy bikarbonatining eruvchanligi nihoyatda kam, chunki muvozanatdagi eritmada 1 mol bikarbonat 4240 mol suvda eriydi, ya’ni amalda qattiq fazaga tushadi. Jarayonning mohiyati shundan iboratki, dastlab ammiak bilan to‘yingan namakopni uglerod dioksidi bilan qayta ishlanganda eritmani neytralizasiyasi kuzatiladi va natijada issiqlik ajraladi. Keyinchalik eritmada ugleammoniyli tuz miqdori ortishi bilan uning osh tuzi bilan ta’sirlashuvi boshlanib, natijada soda xosil bo‘ladi, ya’ni tarkibida uglerod dioksidining ko‘payishi bilan kam eruvchan birikma natriy bikarbonati hosil bo‘ladi. Amaliy nuqtai nazardan nafaqat bikarbonat unumini oshirish qiziqish uyg‘otadi, balki olinadigan bikarbonat cho‘kmasining sifati (fizik xossalari, strukturasi) katta ahamiyatga ega. Kristallarning o‘lchamlari sovitish jarayeniga bog‘liq bo‘ladi. Strukturasi esa filtrasiya jarayenini oson va tez borishiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘ta tez sovitish natijasida juda mayda dispers zarralar hosil bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida filtrlash tezligiga ta’sir etib normal jarayenni qimmatlashishiga olib keladi. Optimal harorat korxonalarda 28-30°S ga teng. Asosiy bosqichlar tavsifi. -Karbonatli xom asheni olish: qazish, portlatish ishlari, maydalash, sortirovka va transportirovka; -Karbonatli xom asheni qayta ishlash: kuydirish, sovitish va uglerod dioksidini tozalash, oxakni so‘ndirish va oxakli sut olish; -namakopni tozalash: xom namakopni reagentlar bilan reaktorda ta’sirlashuvi va uni tindirish; -absorbsiya: gazlarni ammiakdan tozalash, natriy xlorid eritmasini ikki bosqichli ammiak va qisman uglerod dioksidi bilan to‘yintirish, ammonizasiyalangan eritmani sovitish; -Karbonizasiya: karbonizasiya jarayenidagi gazni ammiakdan tozalash (uglerod dioksidini ushlab qolish bilan boradi), dastlabki karbonizasiya, cho‘ktiruvchi minoralarda natriy gidrokarbonat ajralishi bilan boradigan karbonizasiya, ajralgan 13 uglerod dioksidini siqish (xom ashyoni qayta ishlash va kalsinasiya bo‘limidan ajralgan); -filrlash: filtrlarda natriy gidrokarbonatni ajratish va xavoni vakuum-nasoslar yerdamida so‘rish; -kalsinasiya: soda pechlarida natriy gidrokarbonatini parchalash va suvsizlantirish, soda pechlaridan chiqqan uglerod dioksidini sovitish va tozalash; -ammiak regenerasiyasi (distillyasiya): filr suyuqligini isitish va uni aralashtirgichda oxakli suspenziya bilan aralashtirish va ta’sirlashtirish, ammakni distillerda xaydash. Nazorat savolari 1. Soda ishlab chikarish qanday usullari bor? 2.Sodaning xalq xo‘jaligida qo‘llanilishi? 3.Solve usulida sodani olish? Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling