Kimyo variyant -1


ml eritmada 168 mg KOH bo’lsa, ushbu eritmaning pH qiymati pOH qiymatidan necha marta katta? A) 10 B) 6 C) 2,5 D) 13 11


Download 13.82 Kb.
bet2/2
Sana20.07.2023
Hajmi13.82 Kb.
#1661381
1   2
Bog'liq
KIMYO Variyant-WPS Office

10. 300 ml eritmada 168 mg KOH bo’lsa, ushbu eritmaning pH qiymati pOH qiymatidan necha marta katta?
A) 10 B) 6 C) 2,5 D) 13


11. 50 g 17,1% li Ba(OH)2 eritmasiga 20% li HNO3 eritmasidan qo’shib to’la neytrallandi. Eritma 0℃ gacha sovutildi. Ba(NO3)2 ning 0℃ da 100 g suvga nisbatan eruvchanligi 5 g bo’lsa, hosil bo’lgan cho’kma massasini (g) toping.
A) 10,45 B) 36,8 C) 9,63 D) 7,85


12. Yopiq idishda gazsimon fosgen quyidagi reaksiya tenglamasi bo’yicha parchalanadi:COCl2 → CO + Cl2. Fosgenning dastlabki konsentrasiyasi 0,1 mol/l bo’lib 8 sekunddan keyin uning konsentrasiyasi 0,02 mol/l ga teng bo’ldi. Fosgenning o’rtacha parchalanish tezligini (mol/l∙sek) toping.
A) 0,02 B) 0,005 C) 0,01 D) 0,03


13. 2CO + O2 ↔ 2CO2 muvozanat holatida CO, O2 va CO2 miqdorlari mos ravishda 1; 2 va 3 mol. CO va O2 ning dastlabki miqdorlarini toping.
A) 5 mol CO; 4,5 mol O2 B) 4 mol CO; 3,5 mol O2
C) 3 mol CO; 4 mol O2 D) 2 mol CO; 1,5 mol O2


14. Muvozanatdagi sistemada NO konsentrasiyasining oshirilishi (a) va boshqa holatda katalizator kiritilishi (b) sistema muvozanatini qanday o’zgartiradi: 2NO + O2 ↔ 2NO2?
A) a-chapga; b-o’ngga B) a-chapga; b-chapga
C) a-o’ngga; b-chapga D) a-o’ngga; b-o’zgartirmaydi


15. Quyidagi reaksiya redoxning qaysi turiga kiradi:
Cl2 + KOH → KCl + KClO3 + H2O?
A) molekulalararo B) sinproporsiya
C) dismutasiya D) ichki molekulyar


16. Sulfat kislota eritmasi elektroliz qilinganda katodda 2,24 litr (n.sh.) H2 ajraldi. Anodda ajralgan kislorod hajmini (n.sh.) aniqlang.
A) 1,12 B) 5,6 C) 2,8 D) 2,24


17. Cl2 va Br2 dan iborat 16,5 g aralashma mo’l miqdor KBr eritmasi orqali o’tkazildi. Eritma bug’latilganda, quruq qoldiq massasi dastlabki eritmadagi KBr massasidan 4,45 g ga kam bo’ldi. Eritmadan brom to’la chiqib ketgan bo’lsa, dastlabki aralashmadagi bromning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 60,4 B) 78,5 C) 46,2 D) 85,3


18. CO va CO2 gazlari aralashmasida uglerodning massa ulushi 36%. Aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini toping.
A) 22 B) 18 C) 16,65 D) 12,32


19. Cu + HNO3 → Cu(NO3)2 + NO + H2O reaksiya bo’yicha 50,4 g nitrat kislota oksidlash uchun sarflansa, necha gramm mis erigan?
A) 19,2 B) 76,8 C) 51,2 D) 80


20. Fosfat va difosfat kislota aralashmasi bo’lgan eritma teng ikki qismga ajratildi. Birinchi qism KHCO3 bilan neytrallandi. Ikkinchi qism qizidirilib keyin KHCO3 bilan neytrallandi. Ikkinchi qismni neytrallash uchun sarflangan KHCO3 miqdori birinchi qismni neytrallashga sarflangan KHCO3 miqdoridan 1,2 marta ko’p bo’ldi. Qizidirilishda difosfat kislota gidrolizlanib to’la fosfat kislotaga aylangan bo’lsa, boshlang’ich eritma tarkibidagi H3PO4 va H4P2O7 miqdoriy (mol) nisbatini aniqlang.
A) 2 : 1 B) 1 : 3 C) 4 : 1 D) 2 : 3


21. Eritmadagi NaCl ning massasi va eritma hajmi ma’lum bo’lsa, ushbu eritmaning qaysi konsentrasiyalarini aniqlab bo’lmaydi?
1) foiz 2) molyar 3) mol ulush 4) normal
5) molyal 6) titr
A) 1,2,4,5 B) 2,4,6 C) 1,3,5 D) 1,5,6


22. ZnCl2 eritmasi inert elektrodlar bilan elektroliz qilinganda anodda 2,64 litr (n.sh.) xlor ajraldi. Katodda ajralgan Zn ni mo’l miqdor xlorid kislotada eritildi. Bunda 2,24 litr (n.sh.) H2 ajraldi. H2 va Cl2 ning hosil bo’lish unimlari 100% dan bo’lsa, Zn ning hosil bo’lish unumini (%) toping.
A) 75 B) 85 C) 90 D) 100


23. 13,9 g FeSO4∙H2O 86,1 g suvda eritilganda olingan eritmada FeSO4 ning massa ulushi 0,076 ga teng bo’ldi. Kristallogidratdagi qiymatini toping.
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8


24. 7,2 g alkan 14,2 g xlor bilan ta’sirlashib dixloralkan hosil qildi. Alkan formulasini toping.
A) C2H6 B) C3H8 C) C4H10 D) C5H12


25. 14,4 g propan va etendan iborat aralashma vodorod ,bilan ta’sirlashuvidan 14,8 g alkanlar aralashmasi hosil bo’ldi. Boshlang’ich aralashmadagi etenning hajmiy ulushini (%) aniqlang.
A) 40 B) 30 C) 50 D) 60


26. 1 hajm gazsimon alkin yondirilishidan 2 hajm CO2 va 1 hajm suv bug’i hosil bo’ldi. Alkinni toping.
A) asetilen B) metilasetilen
C) dimetilasetilen D) metiletilsetilen


27. 12,4 g etilenglikolning mo’l miqdor Na bilan ta’sirlashuvidan hosil bo’lgan gaz CO bilan ta’sirlashdi. Hosil bo’lgan spirt massasini (g) toping.
A) 1,6 B) 4,8 C) 5,6 D) 3,2


28. AB2O birikma tarkibida kislorodning massa ulushi 53,33%, AB4O birikma birkmaning kislorodga nisbatan zichligi 1 ga teng. AB2O birikma birikma molekulasidagi elektronlar sonini toping.
A) 16 B) 14 C) 20 D) 24


29. Kalsiyning karbonati va oksididan iborat 15,6 g namuna qizdirildi. Natijada 2,24 litr (n.sh.) gaz ajralib chiqdi. Tuz to’la parchalangan bo’lsa, dastlabki aralashmada kalsiy tarkibida bo’lgan elektronlar soni qancha? (NA-Avogadro soni)
A) 4NA B) 5,6NA C) 3,2NA D) 3,6NA


30. Etan va metilamindan iborat 4,48 litr (n.sh.) aralashma yondirildi. Hosil bo’lgan gaz mo’l miqdor Ca(OH)2 eritmasi orqali o’tkazildi. Bunda 30 g cho’kma tushdi. Aralashmadagi metilamin hajmini (n.sh.) toping.
A) 1,12 B) 3,36 C) 1,344 D) 2,24



Download 13.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling