KIMYODAN JAVOBLAR
Eritma konsentratsiyasini ifodalash usullari.
Eritma va erituvchining ma’lum massa yoki ma’lum hajmda erigan modda miqdori eritmalarning konsentratsiyasi dеyiladi.
1. Massaviy foiz konsentratsiya- 100 g eritmada erigan moddaning gramm miqdoriga tеng kattalik foiz konsentratsiya dеyiladi.
Massaviy foiz konsentratsiya quyidagi formula bilan ifodalanadi.
Bunda C - massaviy foiz konsentratsiya;
m - eruvchi moddaning grammlarda ifodalangan massasi;
m1- erituvchi moddaning grammlarda ifodalangan massasi.
2. Molеkulyar foiz konsentratsiya - 100 g|mol eritma tarkibidagi erigan moddaning va erituvchining miqdori foiz hisobida g|mol soni bilan ifodalanishiga molеkulyar foiz konsentratsiya dеyiladi.
Uni quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Bunda - molеkulyar foiz konsentratsiya; , - eruvchi moddaning molyar soni, - erituvchi moddaning molyar soni.
2. Asoslar turlari, nomlanishi, olinishi, xossalari.
Asoslar sinfming ta’rifmi keltirilgan asoslarning dissotsilanishiga misollarni ionlarning gidratlanishini hisobga olgan holda quyidagicha aniqroq yozish kerak:
Asoslar suvda metall ionlari (ammiak gidrati bo‘lganda ammoniy ionlari) bilan gidroksid-ionlarga dissotsilanadi. Asoslar gidroksidionlardan boshqacha hech qanday anion hosil qilmaydi
Asoslarning nomlanishi. Xalqaro nom enklaturaga muvofiq asoslarning nomi metall nomi bilan gidroksid so‘zidan hosil qilinadi. M asalan, N aO H — natriy gidroksid, K O H — kaliy gidroksid, Ca(O H) 2 — kalsiy gidroksidTAgar element bir necha asos hosil qiladigan bo'lsa, u holda asosning nomida elementlari bilan ko'rsatiladi. Fe(OH)2 — temir (II) gidroksid, Fe(O H)3 — temir (III) gidroksid.
Bu nomlardan tashqari, ba’zi eng m uhim asoslar uchun odat bo‘lib qolgan nomlar ham ishlatiladi. M asalan, natriy gidroksid NaOH o'yuvchi natriy deyiladi; kaliy gidroksid KOH — o ‘yuvchi kaliy; kalsiy gidroksid Ca(O H) 2 — so'ndirilgan ohak: bariy gidroksid Ba(OH)2 o ‘yuvchi bariy.
Do'stlaringiz bilan baham: |