Kimyodan javoblar


Kislota, asos va tuzlarning xossalari


Download 388.29 Kb.
bet9/26
Sana29.01.2023
Hajmi388.29 Kb.
#1139001
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
KIMYODAN JAVOBLAR

12.Kislota, asos va tuzlarning xossalari.
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi yordamida kislota, asos va tuzlarga ta’rif beriladi hamda xossalari bayon qilinadi.
Dissotsilanganda kationlar sifatida faqat vodorod kationlari hosil bo‘ladigan elektrolitlar kislotalar deyiladi.
Kislotaning asosligini dissotsilanganda hosil bo'ladigan vodorod kationlarining soni bilan aniqlanadi. Masalan, HC1, HN03
Ko'p asosli kislota, asosan, birinchi bosqich bo'yicha, kam- roq ikkinchi bosqich bo'yicha va juda oz darajada uchinchi bosqich bo'yicha dissotsilanadi. Shuning uchun, masalani fosfat kislotaning suvdagi eritmasida H3P04 molekulalari bilan birga (asta-sekin kamayib boradigan miqdorlarda) H2P04, HP04 ва P04 ionlari ham bo'ladi.
Dissotsilanganida anionlar sifatida faqat gidroksid-ionlar hosil bo‘ladigan elektronlar asoslar deyiladi.
Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyiladi. Ular ko'p emas.Bular ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning asoslaridir: LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, FrOH va Ca(OH)2, Sr(OH)2,Ba(OH)2, Ra(OH)2, shuningdek NH4OH. Asoslarning ko'pchiligi suvda kam eriydi.
Asoslarning kislotaliligi ularning gidroksil gruppalari (gidrok- sogruppalari) soni bilan aniqlanadi. Masalan, NH4OH — bir kislotali asos, Ca(OH)2 — ikki kislotali, xFe(OH)3 — uch kislotali va h. k. Ikki va ko'p kislotali asoslar bosqich bilan dissotsilanadi:
Lekin dissotsilanganda bir vaqtning o'zida vodorod kationlarini va gidroksid-ionlarni hosil qiladigan elektrolitlar ham bor. Bunday elektrolitlar amfoter elektrolit yoki qisqacha amfolitlar deyiladi.
Dissotsilanganida metallarning kationlari (shuningdek, ammoniy kation NH+4) va kislota qoldiqlarining anionlari hosil
bo'ladigan elektrolitlar tuzlar deyiladi.

Download 388.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling