Kimyodan javoblar
Metall bog’lanish, vodorod bog’lanish, donor-aktseptor bog’lanish
Download 388.29 Kb.
|
KIMYODAN JAVOBLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- F, O, N, Cl, S
20.Metall bog’lanish, vodorod bog’lanish, donor-aktseptor bog’lanish.
Metallardagi kimyoviy bog’lanish tabiati ularning quyidagi xossalari: 1) yuqori elektr va issiqlik o’tkazuvchanligi; 2) simobdan boshqa metallar yuqori koordinatsion songa ega bo’lgan kristallar ekanligi bilan xarakterlanadi. 1- xossasidan metallarda elektronlarning bir qismi metalning butun hajmi bo’ylab harakat qila oladi degan xulosa kelib chiqadi. Ularda ikki elektronli bog’lanish yo’q, chunki valent elektronlar soni bunday bog’lanish hosil qilish uchun etarli emas. Masalan, litiy atomi kristallanganda kub panjarali kristall tugun hosil qiladi. Kub kristall panjara tugunida markaziy atom qo’shni 8 ta litiy bilan bog’langan. Aslida litiy atomi tashqi qavatida 8 ta elektron bo’lishi kerak edi.Metall bog’lanishni litiy uchun quyidagicha tushuntirish mumkin. Har bir atom bog’lanish uchun litiy 4 orbital va 1 ta elektron beradi. Demak, kristaldagi orbitallar soni elektronlar sonidan ortiq.Shuning uchun elektron bir orbitaldan ikkinchisiga oson o’tishi mumkin.Bularning hisobiga elektronlar metalldagi hamma atomlar orasidagi bog’lanishda ishtirok etadi. Agar ionlanish energiyasi kam bo’lgan boshqa metall olinsa, elektron butun kristall panajara bo’yicha harakatlanib yuradi. Elektronlarning kristall panjara buylab harakatlanishi metallarning elektr o’tkazuvchanligini ta’minlaydi. Kovalent va ion bog’lanishdan farq qilib, metallarda kam sondagi elektronlar ko’p sondagi yadroni ushlab turadi va bu elektronlar metallarda harakatalanishi mumkin. Shular asosida metallarga quyidagi ta’rifni berish mumkin. Metall bog’glanish nazariyasiga ko’ra , metallar juda ixcham joylashgan kationlardan iborat ixcham struktura bo’lib, ularning umumlashgan elektronlari biri-biri bilan bog’langan. Metall bog’lanishni molekulyar orbitallar usuli bilan tanishtirish mumkin. Vodorod atomi yuqori elektromanfiylikka ega bo’lgan atomlar F, O, N, Cl, S lar bilan bog’langan molekulalar orasida yuzaga keladigan bog’lanish vodorod bog’lanish deyiladi. Bunday molekulalarda umumiy elektron juft lektromanfiyligi yuqori bo’lgan atom tomonga kuchli siljiganligi tufayli, vodorodning musbat zaryadi kichik hajmda to’planib, proton boshqa atom yoki ionning bo’linmagan elektron jufti bilan o’zaro ta’sirlashadi va uni umumlashtirib oladi. Natijada vodorod bog’ yuzaga keladi. H:F H-F...H-F...H-F H : O : H H - O...H - O ...H – O ½ ½ ½ H H H Vodorod bog’lanish kovalent bog’lanishga nisbatan ancha bo’sh bo’ladi. Kovalent bog’lanish energiyasi 150-400 kj/mol, vodorod bog’lanish energiyasi esa 8-40 kj/mol. Vodorod bog’lanish ko’pgina moddalarning xossalariga ta’sir qiladi. Yuqorida keltirilgan suv va vodorod ftorid molekulalari orasida kuchli vodorod bog’ ularning qaynash haroratlarining yuqori bo’lishiga sabab bo’ladi. Xuddi shu tuzilishdagi H 2S, H2Se, HCl, HBr larning qaynash haroratlari pastroq, chunki ulardagi vodorod bog’lar ancha bo’sh. Vodorod bog’lanish organik birikmalar molekulalari orasida ham sodir bo’ladi. / O...H-O\ CH3 O-C C-CH3 \ O-H...O / Katta molekulalarda vodorod bog’lanish bitta molekula ichida ham sodir bo’ladi. Salitsil kislota molekulasida karboksil va gidroksil gruppalari orasida vodorod bog’ hosil bo’ladi. Oqsillar, nuklein kislotalar, kraxmal, tsellyuloza molekulalarida kuchli vodorod bog’i bor. Download 388.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling