Kimyoga oid electron bazalar. Spektr bazalari
Download 16.16 Kb.
|
Kimyoga oid elektron bazalar
Kimyoga oid electron bazalar. Spektr bazalari Informatsion texnologiyalar rivojlanishi natijasida hujjatlar qog‘ozlardan elektron shaklga ko‘chmoqda. Kimyo ta’limida elektron bazalarning o‘rni juda katta. Birorta kimyoviy birikma haqida ma’lumotlar zarur bo‘lsa, internet manbalariga murojaat qilgan holda juda tez fursatda kerakli ma’lumotlarni olish mumkin. Masalan, www.google.com qidiruv tizimida “Toluene (toluol)” deb yozadigan bo‘lsak, u Wikipedia (www.wikipedia.org), PubChem (www.pubchem.ncbi.nlm.nih.gov), www.study.com, www.worldmolecules.com, www.sigmaaldrich.com kabi internet sahifalarida jamlangan ma’lumotlarni taqdim qiladi. Oxirgisi orqali bizni qiziqtirgan moddaning ayni paytdagi narxi bilan ham tanishib olishimiz mumkin. Internet resurslarida yetakchi nashriyotlar tomonidan chop qilinadigan ilmiy jurnallar, kitoblar, ensiklopediyalar va ma’lumotnomalar (spravochniklar) elektron shaklda qo‘yilgan. Turli sohalarga tegishli ilmiy jurnallar www.sciencedirect.com internet sahifasida jamlangan. www.chemweb.com internet sahifasida kimyogarlar uchun kerakli ma’lumotlar yoritilgan. www.rcsb.org va www.ndbserver.rutgers.edu internet sahifalarida oqsillar hamda nuklein kislotalar bo‘yicha elektron bazalar keltirilgan. Makromolekulalarni (*.pdb – protein data bank kengaytirgichli fayllarni) yuklab olib, Avogadro, Mercury, Hyperchem, Abolone, VMD va boshqa dasturlar yordamida 3D tuzilishini ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda Mercury dasturi haqida ham to‘xtalsak. Ushbu dastur Rentgen tuzilish tahlili (RTT) usulida aniqlangan birikmalarning 3D tuzilishlarini tahlil qilish imkoniyatini beradi. RTT usulida aniqlangan hamma (monokristal hosil qilgan) birikmalar Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga (Cambrige crystallographic data center – www.ccdc.cam.ac.uk ) qo‘shib (depozit qilib) boriladi va depozit raqami olinadi. Ushbu bazada birikmalar *cif (crystallographic information file) kengaytirgichida saqlanadi. CCDC bazasida jamlangan birikmalar orasidan ConQuest dasturida izlash orqali kerakli birikmani yoki unga o‘xshash strukturalarni topish mumkin. CCDC bazasidan olingan har bir fayl birikma kim tomonidan o‘rganilganligi (avtorlar), qaysi ilmiy jurnalda chop qilinganligi kabi ma’lumotlarni jamlagan. Mercury dasturida yuqoridagi ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda birikma kristall katakchasi o‘lchami va tuzilishi, H-bog‘lar hamda Van-der-Vaals radiuslari haqida ma’lumotlar olish mumkin. Birikmani bir nechta xil ko‘rinishda vizuallashtirish imkoni bor. Atomlararo masofa, valent va torsion burchaklarni tahlil qilish mumkin. RTT usuli bilan birgalikda yadro magnit rezonansi (YaMR), infraqizil (IQ), ultrabinafsha (UB), fotoelektron (FES), elektron transmission (ETS) spektroskopiya usullari va polyarografiya metodi kvant-kimyoning “eksperimantal” usullari deb yuritiladi. Bunday taklif rossiyalik taniqli olim V.F. Traven kitoblaridan birida keltirilgan (В.Ф. Травень. Электронная структура и свойства органических молекул, 1989). Bu usullardan olingan ma’lumotlar hisoblash usullari qanchalik darajada tajriba ma’lumotlarini to‘g‘ri ko‘rsatayotganligi baholab, keyingi hisob-kitoblarni davom ettirish uchun xulosalar qilish imkonini beradi. Download 16.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling