Kimyoning asosiy qonunlari Po'latxonova Madinaxon 401-guruh talabasi
Download 21.7 Kb.
|
Po\'latxonova Madinaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddalar massasining saqlanish qonuni.
Atom - molekulyar ta'limot.
Atom – molekulyar ta'limotni dastlab M.V.Lomonosov (1741-y.) ishlab chiqdi va keyinchalik J.Dalton rivojlantirdi. Atom - molekulyar ta'limotdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi. 1.Moddalar-molekulalardan, molekulalar esa atomlardan tarkib topgan. 2.Molekula va atomlar to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. 3.Molekula va atomlar aniq massa va o‘lchamga ega. 4.Oddiy moddalar bir xil element atomlaridan, murakkab moddalar har xil element atomlaridan tashkil topgan. Molekula – ayni moddaning tarkibini va kimyoviy xossalarini o‘zida saqlaydigan, bir nechta atomlardan tarkib topgan va mustaqil mavjud bo‘la oladigan eng kichiq zarrachadir. Atom – moddaning kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan eng kichiq zarrachasidir. Kimyoviy element – yadro zaryadlari bir xil bo‘lgan atomlarning muayyan turidir. Kimyoning asosiy qonunlari. Kimyoning asosiy qonunlari quyidagilar: moddalar massasining saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni, Avagadro qonuni, Ekvivalentlar qonuni. Moddalar massasining saqlanish qonuni. Moddalar massasining saqlanish qonunini dastlab, rus olimi M.V.Lomonosov kashf etdi (1711-1756-y) va uni keyinchalik Lavuazye rivojlantirdi. Bu qonun shunday ta'riflanadi: “Kimyoviy reaksiyalarda qatnashuvchi dastlabki moddalar massalarining yig‘indisi reaksiya mahsulotlari massalari yig‘indisiga tengdir”. Fe + S = FeS 56g 32g 88g Katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan sodir bo‘ladigan jarayonlar moddalar massasining saqlanish qonuniga emas, balki materiyaning saqlanish qonuniga bo‘ysunadi Masalan, radiaktiv moddalarning yemirilishi, atom hamda vodorod bombalarining portlashi ana shunday jarayonlardan hisoblanadi. Agar jarayonning issiqlik effekti Q bo‘lsa, jarayon davomida massaning o‘zgarishi Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi: ∆m=Q/C2 Bunda, C2–nihoyatda katta son (9*1016m.s-1)bo‘lganligidan odatdagi reaksiyalarda massa o‘zgarishi nihoyatda kichiq bo‘ladi va uni tarozi yordamida ham payqash qiyin. Download 21.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling