2-Mavzu:
Kimyoning asosiy qonunlari.
Reja:
1. Dalton atomistikasi.
2. Stexiometrik qonunlar.
2.1.Dalton atomistikasi. Ilmiy asoslangan atom-molеkulyar ta'limot XVIII-
XIX asrlardagina yaratildi. Bu ta'limotni 1741 yilda M.V.Lomonosov yaratdi va
uning mazmunini «Matеmatik kimyo elеmеntlari» asarida bayon etdi.
M.V.Lomonosovdan so`ng, ingliz olimi J.Dalton kimyo va fizika sohasida
yig`ilgan tekshirish natijalarini atomistik ta'limot asosida talqin qildi va
atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini yaratdi. 1808 yilda o'zining
"Ximiya falsafasida yangi sistema" nomli asarida atomistik ta'limotni quyidagicha
tarifladi:
a) Moddalar nixoyatda mayda zarrachalar - atomlardan tuzilgan, atom
yanada kichikroq zarrachaga bo’lina olmaydi;
b) Har qaysi kimyoviy element faqat o'ziga xos "oddiy" atomlardan tuzilgan
bo'lib, bu atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, har bir elementning
atomi o'ziga xos og'irlik va o’lchamga ega;
v) Kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning "oddiy" atomlari o'zaro
aniq va o’zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, murakkab atomlarni hosil qiladi;
g) Faqat boshqa-boshqa xossalarga ega bo'lgan atomlargina o'zaro birika
oladi, bir elementning atomlari hech qachon o'zaro kimyoviy reaksiyaga kirisha
olmaydi. Ular faqat bir-biridan itariladi.
Da’lton kimyoning asosiy qonunlarini izoxlab, kimyoviy element
tushunchasiga aniq ta'rif berdi: "Kimyoviy element bir xil xossalar bilan