Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari. I. Kimyoning asosiy tushunchalari. Atom
Download 472,42 Kb.
|
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari. I. Kimyoning asosiy tus
Moddalarni tozalash
1. Tarkibi faqat bir xil molekulalardan iborat va xossalari butun hajmi bo‘yicha bir xil bo‘lgan modda-? A) aralash B) Sof C) gomogen D) geterogen 2. Kimyoda ishlatiladigan moddalarning tozaligini ko‘rsatish uchun (m.t) maxsus belgi qo‘llansa, u qanday o’qiladi? A) massasi toza B) mohiyatan toza C) maxsus toza D) sof toza 2.Odatdagi sharoitda fizik va kimyoviy xossalari o’zgaradigan ,oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan moddalar…..deyiladi? A) sof modda B) xodisa C)1 jinsli aralashma D) 2 jinsli aralashma 3. Odatdagi sharoitda fizik va kimyoviy xossalari opzgaradigan ,oddiy ko’z bilan ko’rib bo’ladigan moddalar ……. deyiladi? A)1 jinsli bo’lmagan aralashma B) 1 jinsli aralashma C) sof modda D)xodisa 4. Sublimatlanish-.. A) Bir modda molekulalarini boshqa modda molekulalari orasida tarqalishi B) zarrachalarni to’xtovsiz tartibsiz tarqalishi C) qattiq holatdan suyuqlanmasdan gaz holatga o’tish D) atomni tajribada topilgan massasidan uni ichidagi proton, neytronlarni alohida hisoblab jamlangan massasini ortiqcha chiqishi 5. Quyidagi moddalarni toza(a) va aralashma (b) larga ajrating. 1) sut; 2) asal; 3) oltin; 4) siyoh; 5) suv; 6) temir; A) a-3,6; b-1,2,4,5 B)a-1,2,4,5 b-3,6 C)a-1.2.3,6; b-4,5 D)1,2,5; b-3,4,6 6. Aralashmalarni gomogen(a) va geterogen(b) turlarini farqlang. 1) sut; 2) loyqa; 3) spirt+suv; 4) chang; 5) H2+O2; 6) o’simlik moyi A) a-1,2,4; b-3,5,6 B)a-3,5,6; b-1,2,4 C)a-1,2; b-3,4,5,6 C)3,4,5; b-1,2,6 7. Aralashmalar-… A) tarkibi va xossalari butun hajmi bo’yicha bir xil bo’lgan moddalar B) tarkibi va xossalari butun hajmi bo’yicha xar xil bo’lgan moddalar C) xossalari miqdoriy tarkibiga qarab o’zgaradigan va gomogen aralashmalarga ajraladigan moddalar D) butun hajmi bo’yicha tarkibi bir xil, xossalari har xil bo’lgan moddalar 8. Modda hosil qilish jarayoni-? A) sintez B) sifat analiz C) miqdor analiz D) analiz 9. Birikma qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash nima deb aytiladi. A)analiz B) sifat analiz C) miqdoriy analiz D)sintez 10. Birikma tarkibiy qismlari qanchadan iborat ekanligini aniqlash nima deb aytiladi. A)analiz B) sifat analiz C) miqdoriy analiz D)sintez 11. Bir birlari bilan aralashgan ikkita suyuqlikni qaynash tempraturasiga qarab ajratish usuli bu? A)bug’latish B) kiristallash C)haydash D)sublimatlash 12. Eritmadagi erituvchini qaynatish yo’li bilan ajratish usuli bu? A)bug’latish B) kiristallash C)haydash D)sublimatlash 13. Moddalarni gaz agregat xolatdan suyuq agregat xolatga o’tish jarayoni nima deyiladi? A) sublimatsiya B) kondensatsiya C) suyuqlanish D) bug’lanish 14.Moddalarni tozalik bo’yicha (qo’shimchalarni kamayishi) tartibi? 1) texnik toza; 2) maxsus toza; 3) sof toza; 4) kimyoviy toza; 5) analiz uchun toza A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,5,4,2 C) 2,4,5,3,1 D) 3,1,4,5,2 15. Moddalarni aralashmadan ajratib olish usullarini tanlang? 1) tindirish; 2)filtrlash; 3) haydash(distillash); 4) sublimatlash; 5) bug’latish; 6) kristallash; 7) magnitga tortish; 8) membrana bilan ajratish A) 1,2,3,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,5,7 D)barchasi 16. Moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini o’rganish bilan………… shug’ullanadi A) analitik kimyo B)fizik kimyo C)geokimyo D)biofizik 17. Ifloslangan osh tuzidan toza oshtuzi olish ketma-ketligi aniqlang. 1) ifloslangan oshtuzini eritish; 2) ifloslangan osh tuzi eritmasini filtrlash; 3) filtratni bu’latish; A) 1,2,3 B) 3,2,1 C) 1,3,2 D) 2,3,1 18. Har xil fizik xususiyatga ega bo`lgan oltingugurt allotropik shakl o`zgarishlarini qanday qilib sifat tarkibi birligini aniqlash mumkin? A)qaynash temperaturasi orqali B)agregat holati orqali C)yoqish orqali D)rangi orqali 19. Magnitga tortiladigan( paramagnit) metallar keltirilgan qator. 1) Ag; 2) Sc; 3) Ti; 4) Cd; 5) Mo; 6) Fe; 7) Au; 8) Ni A) 1,4,7 B) 2,3,5,6,8 C) 3,4,5,6,8 D) 1,2,4,7 20. Magnitga tortilmaydigan( diamagnit) metallar keltirilgan qator? 1) Cu; 2) V; 3) Mn; 4) Hg; 5) Pb; 6) Co A) 1,4,5 B) 2,3,6 C) 1,3,5 D) 2,4,6 21. Molekulalar mavjudligini qanday hollarda (hodisa yoki jarayon)isbotlash mumkin? 1) Broun harakati; 2) Diffuziya; 3) Sublimatsiya; 4) filtrlash; A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4 22.Quyida keltirilgan qaysi usul yordamida qum aralashmasidan temir qirindisini ajratib olish mumkin? A) bug’atish; B) filtrlash; C) cho'ktirish; D) magnit yordamida 23.Osh tuzi bilan qumning suvdagi aralashmasi berilgan. Bu aralashmada osh tuzini qumdan qanday usul bilan ajratib olish mumkin? A) filtrlash; B) bug‘latish; C) kristallash; D) tindirish 24. Moddalarni aralashmadan ajratib olish usullarini tanlang? 1) tindirish; 2)filtrlash; 3) haydash(distillash); 4) sublimatlash; 5) bug’latish; 6) kristallash; 7) magnitga tortish; 8) membrana bilan ajratish A) 1,2,3,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,5,7 D)barchasi 25.Quyida qayd etilgan moddalarning qaysi biri aralashma hisoblanadi? 1)havo; 2) daryo suvi; 3) suv bug‘i; 4) ozon; 5)fosfat kislota. A) 1 va 3; В) 1 va 2; C) 1,2 va 3; D) 1 va 4. 26. Faqat toza moddalardan tashkil topgan qatorni ko‘rsating: A)ozon, fosfat kislota, qor suvi; B)sut, havo, dengiz suvi; C)sut, ozon, qum; D)daryo suvi, shakar, grafit. 27.Quyida qayd etilgan moddalarning qaysi biri aralashma hisoblanadi? 1)havo; 2) daryo suvi; 3) suv bug‘i; 4) ozon; 5)fosfat kislota. A) 1 va 3; В) 1 va 2; C) 1,2 va 3; D) 1 va 4. 28. Moddaning sifatini nimalar tashkil qiladi? A) kimyoviy xossa va elementlar soni B) moddaning necha xil elementlarining soni C) agregat holati va zichligi, moddaning bir necha yoki ko’p atomligi D) moddaning fizik-kimyoviy xossasi 30.Moddaning gaz holatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qattiq holatga o'tib ketish hodisasi nima deb ataladi? A) sublimatsiya B) dekompozitsiya C) depozitsiya D) dissotsiyatsiya 32.Modda molekulalaridagi qanday xususiyat moddani suyuq yoki qattiq holatda bo‘lishini ta’minlaydi? A) agregat holati B) suyuqlanish harorati C)kristall panjarasi D) o‘zaro ta’sirlashish kuchlari 33.Aralashmani qanday usullar bilan toza moddalarga ajratish mumkin? 1) filtrlash; 2) ajratgich voronka; 3) xromatografik. A) 1,2,3 B) 1,2 C)l,3 D) faqat 3 34.Quyidagilami juftlang: 1) sifat analizi; 2) miqdoriy analiz; 3) sintez; a) birikma qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash; b) modda hosil qilish jarayoni; c) birikma tarkibiy qismlari qanchadan iborat ekanligini aniqlash. A) 1-a,2-c,3-b B)1-c, 2-a, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c 35.Quyidagilami juftlab ko'rsating: 1) oddiy modda; 2) murakkab modda; 3) allotropiya; a) turli element atomlaridan tashkil topgan moddalar; b) bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi; c) bir element atomlaridan tashkil topgan moddalar. A)1-a,2-c,3-bВ)1-c,2-a, 3-c C)1-c, 2-a, 3-bD)1-b, 2-a, 3-c 36.Quyidagilami juftlang: 1) sifat analizi; 2) miqdoriy analiz; 3) sintez; a) birikma qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash; b) modda hosil qilish jarayoni; c) birikma tarkibiy qismlari qanchadan iborat ekanligini aniqlash. A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-a, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c 37. Quyidagilardan qaysilarining tarkibida yod(keraksiz) moddalar nisbatan kamroq bo’ladi? A)kimyoviy toza B)texnik toza C)toza D)analiz uchun toza 38. Quyidagilardan qaysilarining tarkibida yod (keraksiz) moddalar sezilarli darajada ko’proq bo’ladi? A)kimyoviy toza B)texnik toza C)toza D)analiz uchun toza 39. Quyidagilardan qaysilarining tarkibida yod (keraksiz) moddalar juda kam bo’ladi? A)kimyoviy toza B)texnik toza C)toza D)analiz uchun toza 40.Qanday moddalar o‘z uchuvchanligiga ega bo‘ladi? A) qattiq B) suyuq C) gaz D) yumshoq 41.Qanday moddalar o‘z oquvchanligiga ega bo‘ladi? A) qattiq B) suyuq C) gaz D) yumshoq 42.Qanday moddalar o‘z uchuvchanligiga ham, o‘z oquvchanligiga ham ega emas? A) qattiq B) suyuq C) gaz D) yumshoq 44.Quyidagi qaysi jarayonda moddalar suyuq holatdan gaz holatga o'tishi kuzatiladi? A) muzlash B) sublimatlanish C) kondensatlanish B)bug‘lanish 45.Sublimatsiya jarayoniga qaysi moddalami misol qilish mumkin? 1) suv; 2) «quruq muz»; 3) brom; 4) karbonat angidrid; 5) yod; 6) naftalin. A)2,4,5,6 B)l,3 C) 2,5,6 D) 2,4,6 46.Modda molekulalaridagi qanday xususiyat moddani suyuq yoki qattiq holatda bo‘lishini ta’minlaydi? A) agregat holati B) suyuqlanish harorati C)kristall panjarasi D) o‘zaro ta’sirlashish kuchlari 47. Moddalar orasida necha xil va qaysi agregat xolatlar mavjud? A) 4; gaz, suyuq, plazma, va qattiq B) 3; gaz, suyuq va qattiq C) 4; gaz, suyuq, amorf va qattiq D) 4; gaz, suyuq, plazma va Kristal 48. Suyuqlik haqida ma’lumot bering? 1) u o‘z shakliga ega emas; 2) u qanday idishga solinsa, o‘sha idish shaklini oladi; 3) suyuqlik aniq hajmiy o‘lchamga ega bo‘ladi. 4) Uni siqish amalda qiyin; A) 2,3,4 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 5 49. Qattiq agregat xolatg xos belgi? 1) mexanik mustahkamlikka ega; 2) aniq hajmga ega; 3)aniq shaklga ega; 4) molekula atomlar orasidagi masofa juda yaqin; A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1 D) 2,3 50. Kimyoga oid barcha tajribalarida tarozidan foydalanib, reaksiya uchun olingan moddalar miqdorini reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalar miqdoriga solishtirib, moddalarning umumiy miqdori o‘zgarmasligini aniqladi va yo‘qolmaslik prinsipini aniq miqdoriy tajribalarda isbot etgan M.Lomonosov fanga qaysi usulni birinchi bo’lib kiritgan? A) sifat analiz B) miqdoriy tahlil C) xromatografik usul D) bug’latish Download 472,42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling