Allotropiya hodisasi – bir element atomining tabiatda turli xil oddiy moddalar ko’rinishida bo’lishi.
Masalan:(O) kislarodda ikkita kislarod – O2,ozon – O3
C – olmos,grafit,karbin,fullerin.
P – oq,qora,qizil fosforlar
S – rombik,monoklinik,plastic,amorf
Sn – oq,kulrang
Bundan tashqari;Te,As,Sb,,Fe va h.k
Allotropiya hodisasiga sabab 2 ta.
1) molekuladagi atomlar sonini turlicha bo’lishi.
2) Kristal panjarasi turlicha bo’lishi.
Oltingugurt allotropiyasiga sabab temperatura.
Kimyoviy hodisa – modda tarkibini o’zgarishi bilan boradigan jarayonlar kimyoviy hodisa deyiladi;
M; temirni zanglashi,mis simini havoda qorayishi,qog’ozning yonishi
Fizik hodisa – modda tarkibi o’zgarmasdan boradigan jarayonlar;
M; suvni muzlashi,yog’ni sovuqda qotishi,muzni suvga aylanishi.
Izotop – yadro zaryadlari bir xil,atom massalari turlicha bo’lgan atomlar turi
M; 16O,17O,18O yoki 1H,2D,3T
Izobar – atom massalari bir xil,yadro zaryadlari turlicha bo’lgan atomlar turi.
M; 40Ar,40K,40Ca yoki 28Al,28Si
Izoton – neytronlar soni bir xil,atom massa va yadro zaryadlari turlicha bo’lgan moddalar .
M; Al (27-13=14) Si(28-14=14) yoki Mg(24-12=12) Na(23-11=12)
Izoelektron – elektronlar soni bir xil bo’lgan moddalar.
M; NH3=10e CH4=10e H2O=10e
II.Kimyoning asosiy qonunlari.
Massalar saqlanish qonuni (1748-yil Lomonosov) – reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi reaksiyadan so’ng hosil bo’lgan moddalar massasiga hamma vaqt teng bo’ladi.massalar saqlanish qonuniga yadroviy reaksiyalar amal qilmaydi.
Tarkibning doimiylik qonuni (1808-yil Prust) – har qanday toza modda olinish usulidan qatiy nazar o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega tarkibga ega.
Tarkibning doimiylik qonuniga molekulyar tuzilishli moddalar,gazlar va oson suyuqlanuvchan qattiq moddalar bo’ysunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |