Kimyoning biologiya fanlari bilan integratsiyasi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
21-28
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrolizning biologik ahamiyati
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–17_Issue-3_November_2022 23 Suvning ion koʻpaytmasi. Vodorod koʻrsatkich.pH ning bioligik ahamiyati Tirik organizmlarning ajoyib xossalaridan biri kislota-asosli gomeostaz ya’ni biologik suyuqliklarda pH qiymatining doimiy boʻlishidir. Quyidagi jadvalda ba’zi biologik obyektlarning pH qiymatlari keltirilgan. Biosuyuqliklar pH(normada) Qon zardobi 7,40±0,05 Soʻlak 6,35-6,85 Toza oshqozon shirasi 0,9-1,1 Siydik 4,8-7,5 Orqa miya suyuqligi 7,40±0,05 Oshqozon osti bezi shirasi 7,5-8,0 Ingichka ichak suyuqligi 7,0-8,0 Oʻt yoʻli suyuqligi 7,4-8,5 Oʻt pufagi suyuqligi 5,4-6,9 Sut 6,6-6,9 Koʻz suyuqligi 7,4±0,1 Teri (hujayra ichki suyuqligi) 6,2-7,5 Jigar (hujayra ichki suyuqligi) 6,4-6,5 Qonda, orqa miya suyuqligida, koʻz yoshida va oshqozon shirasida pH qiymati deyarli oʻzgarmas boʻladi. Inson organizmida pH qiymatining keskin oʻzgarishi oʻlimga, kislota-asos muvozanatining buzilishi turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab boʻladi. Har xil kasalliklarda pH ning kislotalik tomonga oʻzgarishi-asidoz, ishqoriy tomonga oʻzgarishi alkaloz deyiladi. Fermentlarning faolligi ham pH qiymatiga bogʻliq. Har bir ferment pH ning ma’lum qiymatida faol boʻladi. Masalan, toʻqimadagi katepsin pH = 7 boʻlganda oqsil hosil boʻlish tezligini oshirsa, pH < 7 boʻlganda oqsilning parchalanishini tezlashtiradi. pH kislotali muhit tomonga siljiganda yurak- tomir kasalliklarining kelib chiqish ehtimolligi ortadi. Qandli diabet kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarda ham asidoz kuzatiladi. Me’da kasalliklarida me’da shirasining pH qiymati koʻtarilishi ham, kamayishi ham mumkin. Jigar kasalliklari (sirroz) da qonning kislotali – ishqoriy muvozanati ishqoriy muhit tomon siljib, pH 7,3 dan 7,6 gacha oʻzgaradi. Gidrolizning biologik ahamiyati Gidroliz jarayoni biokimyoviy jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat tarkibidagi asosiy 3 komponent – yogʻlar, oqsillar, uglevodlar oshqozon ichak traktida (yoʻlida) suv ta’sirida fermentativ gidrolizlanadi va mayda fragmentlarga ajraladi. Umumiy holda ovqat tarkibidagi komponentlarning gidrolizini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling