Kimyoning biologiya fanlari bilan integratsiyasi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
21-28
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bufer eritmalar
- Fosfatli
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–17_Issue-3_November_2022 24 R 1 – O – R 2 + H 2 O → R 1 – OH + R 2 – OH Bu yerda R 1 va R 2 kislorod orqali bogʻlangan bioorganik molekulaning fragmentlari. Busiz oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oziq moddalar ichaklarda oʻzlashtirilmaydi, ichaklarda faqatgina kichik fragmentlar soʻrilib oʻzlashtiriladi. Poli va disaxaridlar fermentlar ta’sirida gidrolizlanib monosaxaridlarga aylanganidan soʻng organizmda oʻzlashtiriladi.Tirik mavjudotlarning oʻsishi va normal yashashi uchun albatta energiya kerak boʻladi. Bu energiyani odam oqsillar, yogʻlar va uglevodlar shuningdek murakkab efirlar, amidlar, peptidlar hamda glikozidlarning oksidlanish jarayoni natijasida oladi. Koʻpgina biologik proseslarda masalan, oqsillar biosintezida, mushaklarning qisqarishida va boshqalarda ATF energiya manbai boʻlib xizmat qiladi: ATF -4 + H 2 O ↔ ADF 3- + HPO 2 4 + H + ∆G 0 = -30,5 kJ/mol ATF va ADF larning sintezi uchun zarur boʻlgan energiya esa glyukozaning hujayralarda oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan energiya hisobiga qoplanadi. Bufer eritmalar 1000 ml buffer eritmaning pH qiymatini bir birlikka oʻzgartirish uchun zarur boʻlgan (sarflanadigan) kuchli asos yoki kislotaning mollardagi miqdori bufer sigʻimi deyiladi. Bufer sistemalarning ahamiyati juda katta. Ular odam organizmida pH qiymatini oʻzgarmas saqlashda moddalar almashinuvi jarayonida muhimdir. Biologik sistemalarda pH qiymatining oʻzgarishi organizmning nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa gidrokarbonatli, fosfatli va oqsilli buffer sistemalar organizmda muhim rol oʻynaydi. Qon umumiy bufer ta’sirining deyarli 10%i karbonatli buferga toʻgʻri keladi.Fosfatli bufer sistema toʻqima va ba’zi biologik suyuqliklarning bufer sistemasi asosini tashkil etadi.Oqsilli bufer sistemalar aminokislotali, gemoglobinli va oksigemoglobinli buferlarga ajratiladi. Aminokislotali bufer sistemalar α-amonokislotalarning suvli eritmalarida bipolyar ion holiday uchraydi: R - CH - COOH R - CH - COO - NH 2 + NH 3 Bufеr sistеmаlаr hujаyrа shirаsining kislotаligini аvtоmаtik rаvishdа bir хil ushlаb turаdi, ya’ni fеrmеnt vа gоrmоnlаrning fаоliyati uchun оptimаl shаrоit yarаtаdi. Sut emizuvchi hаyvоnlаrning qоnidа bufеr sistеmаlаr bo’lib, undа gidrоksid iоnlаrni bоg’lаb оluvchi kаrbоnаt kislоtа bo’ladi: ОH - + H 2 CО 3 = H 2 О + HCО 3 - Shuningdеk qоndа H 3 О + iоnlаrni bоg’lоvchi nаtriy gidrоqаrbоnаt iоnlаri ham bo’ladi: H 3 О + + HCО 3 - = H 2 О + H 2 CО 3 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling