Kimyoning dastlabki tushunchalarl kimyo faniga hissa qo’shgan olimlar


Download 159.51 Kb.
bet4/16
Sana21.06.2023
Hajmi159.51 Kb.
#1640586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
7 yuz

KIMYODA MASSA TUSHUNCHASI.
1 - BOSQICH TESTLARI
Ar va Mr HAQIDA TUSHUNCHA:
ABSOLYUT MASSA:
1. Nisbiy atom massa bu ...?
A) molni, hajmga nisbati; B) Avogadro soni;
C) elementning miqdoriy ko‘rsatkichi. D) doimiy son
2. Atomning nisbiy atom massasi deb nimaga aytiladi?
A) uglerod-12 (C12) izotopi atomi massasining 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini bildiruvchi songa;
B) kislorod-16 (O16) izotopi atomi massasining 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini bildiruvchi songa;
C) oltingugurt-32 (S32) izotopi atomi massasining 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini bildiruvchi songa.
D) uglerod-12 (C12) izotopi atomi massasining 1/12 qismidan necha marta kichik ekanligini bildiruvchi songa;
3. Molekulani tashqil etuvchi atomlarning nisbiy atom massalari yig‘indisiga teng kattalikni ayting.
A) nisbiy atom massa; B) nisbiy molekular massa;
C) absolut massa. D) nisbiy absolyut massa
4. Moddaning nisbiy molekular massasi bu ...?
A) modda molekulasi massasining Ol6 atomi massasining 1/12 qismiga nisbatan necha marta kattaligini ko'rsatuvchi qiymat;
B) 0,012 kg C12 dagi atomlar soniga teng zarrachalar tutuvchi miqdor;
C) modda molekulasi massasining C12 atomi massasining 1/12 qismiga nisbatan necha marta kattaligini ko'rsatuvchi qiymat.
D) modda molekulasi massasining C12 atomi massasining 1/12 qismiga nisbatan necha marta kichikligini ko'rsatuvchi qiymat
5. Quyidagi moddalarning nisbiy atom massasi to’gri ko’rsatilgan qatornianiqlang.
1. CO2, 2. H2SO4, 3. NaHCO3, 4. CH3COOH
5. Al2(SO4)3, 6.Na2CO3∙10H2O, 7. FeSO4∙7H2O
A) 44, 98, 84, 60, 342, 106, 278
B) 44, 98, 84, 60, 243, 286, 278
C) 44, 98, 84, 60, 342, 286, 782
D) 44, 98, 84, 60, 342, 286, 278
6. Kislorodning massasi CO gazidan necha marta o’girligini aniqlang.
A)2 B)1.14 C)3.14 D)4
7. Temirning massasi oltinnning massasidan necha marta og’irligini aniqlang.
A)0.284 B)3.51 C)141 D)12
8. Massaning atom birligi qiymatini ko’rsating.
A) 2∙1023 B)1.66∙10-24 C)1 D) 1/12.
9. «Temirning nisbiy atom massasi 56 ga teng» degan jumla sizga nimani anglatadi?
A) bitta temir atomining massasi 56 g ga tengligini
B) bir mol temir atomlarining massasi 56 g ga tengligini
C) bitta temir atomining massasi bitta C atomining massasidan 56 marta katta ekanligini
D) bitta temir atomining massasi bitta uglerod atomi massasini 1/12 kismidan 56 marta og’irligini
10. Molekulyar og’irliklari yig’indisi eng katta bo’lgan moddalar qatorini ko’rsating.
A) ammiak, azot(IV) oksid, vodorod
B) suv, metan, azot(IV) oksid
C) azot(V) oksid, suv, azot(IV) oksid
D) suv, ammiak, metan
11. Nisbiy atom massaning ulchov bir ligi qilib 12C uglerod izotopi massasining 1/12 qismi emas, balki 1/4 qismi qabul qilindi deylik. U xolda 1 mol moddaning massasi qanday o’zgaradi?
A) 2 marta ortadi B) o’zgarmaydi
C) 3 marta ortadi D) 3 marta kamayadi
12. 1819 – yilda shved olimi Berselius atom og’irliklari yani nisbiy atom massalar jadvalini bosib chiqardi, unda kislorod uchun 100 qiymat olingan edi. Kislorod uchun ana shu qiymatga asoslansa shakar [C12H22O11] va sulfat kislotaning [H2SO4] nisbiy molecular massalari qanday bo’lar edi?
A) 342 : 98 B)213.75 : 612.5
C) 100: 200 D) 1001 : 2002
13. Mashxur kimyogar olim Michael Jacksonni “Billie Jean” nomli kundaligida oltingugurtning nisbiy atom massasi 50 ga teng yozilgan edi. Kundalikning keying varoqlari kislorod va uglerodning nisbiy atom massalari keltirilgan edi. U yerda kislorod va uglerodning n.a.m lari qanday bo’lishi mumkin?
A)16:12 B)25:35 C)14:7 D) 25:18.75
14. Azot va kislorod hosil qaysi oksidlarida ularning molecular massalari bir hilda?
A) N2O: CO2 B) N2O5: CO2 C) NO: CO D) NO2: CO
15. Vodorod ning absolut massasi nechagateng?
A) 0,01674 g yoki 1,674∙1024g;
B) 0,1674 g yoki 1,674∙1024g;
C) 0,01674 g yoki 16,74∙1024 g.
D) 0,01674 mg yoki 16,74∙1024 mg.
16.Modda molekulasining massasi 5,65∙10-26 kg bo’lsa, uning nisbiy molekulyar massasi qanchaga teng bo’ladi?
А) 34 В) 36 С) 38 D) 32
17. Simob atomining absolyut massasi necha grammga teng?
А) 2.4∙10-24 В) 1.2∙10-23 С) 1.5∙10-22 D)3.3∙10-22
18. Temir atomining absolyut massasini (kg) toping.
А) 33,73∙10-27 В) 56 С) 9,30∙10-26 D)28
19. 5 ta marganes atomining absolyut massasi necha gramm?
А) 4,6∙10-23 В) 5,5∙10-23 С) 7,9∙10-23 D)9,13∙10-23
20. Agar oqsil molekulasining absolyut massasi 8.31∙10-23 kg ga teng bo’lsa, uning nisbiy molekulyar massasini xisoblang.
А) 50 В) 180000 С) 50000 D) 1800
21. Mis atomining absolyut massasi necha gramm?
А) 3.9∙10-23 В) 1.1∙10-22 С) 6.4 ∙1 О-23 D) 2 ∙103

Download 159.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling