Kimyoviy bogʻlanish turlar


Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasida elektronlarning


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana03.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1156276
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kimyoviy-bog-lanish-turlar

Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasida elektronlarning 
taqsimlanishiga qarab kimyoviy bogʻlanishlarni 3 turga boʻlish mumkin: kovalent
ionli, metall bogʻlanish. 
Kovalent bogʻlanish nisbiy elektromanfiyligi bir xil boʻlgan metallmaslar atomi oʻrtasida 
sodir boʻladi. Kovalent bogʻlanish deb atomlarning umumiy elektron juftlari 
vositasida bogʻlanishiga aytiladi. Kovalent bogʻli moddalar odatdagi sharoitda qattiq, 
suyuq, gazsimon tuzilishga ega. Kovalent bogʻlanishda atom elektron bulutlarining bir-
birini qoplashi natijasida hosil boʻladi. Elektron orbitallar bir-birini qancha koʻp qoplasa 
kimyoviy bogʻlanish shuncha puxta boʻladi. Kimyoviy bogʻlanishda ishtirok etadigan 
elektron juftlar shu elementning valentligini ham bildiradi. 
H-H
vodorod
1 valentli, O=O
kislorod
2 valentli, N=N
azot 
3 valentli. Bulardagi 
bogʻlanish elektromanfiyligi bir xil atomlar orasidagi bogʻlanishdir. Bunda umumiy juft 
elektronlar har ikkala atom uchun bir xil masofada, yani simmetrik joylashgan. 
Elektromanfiyligi bir xil boʻlgan atomlar orasida umumiy elektron juftlari hosil boʻlishi 
hisobiga vujudga keladigan kimyoviy bogʻlanish qutbsiz kovalent boglanish deyiladi. 
Atomlar uchun umumiy boʻlgan har bir juft elektronni 1ta chiziqcha bilan almashtirib 
yozish mumkin. M: O=O , N=N, H-H, Kimyoviy bogʻlanishda ishtirok etayotgan juft 
elektronlar shu elementning valentligini ham bildiradi. H.: H – bir valentli, O :: O – 2 
valentli, N :::N -3 valentli atomlar. Yuqorida koʻrib oʻtilgan H
2
, O
2
, N
2
lardagi 
bogʻlanish 
elektromanfiyligi 
bir xil atomlar orasidagi bogʻlanishdir. Bunda umumiy juft 
elektronlar har ikkala atom uchun bir xil masofada, simmetrik joylashgan. Natijada hosil 
boʻlgan molekula qutbsiz bogʻlanishni hosil qiladi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling