Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasida elektronlarning
taqsimlanishiga qarab kimyoviy bogʻlanishlarni 3 turga boʻlish mumkin: kovalent,
ionli, metall bogʻlanish.
Kovalent bogʻlanish nisbiy elektromanfiyligi bir xil boʻlgan metallmaslar atomi oʻrtasida
sodir boʻladi. Kovalent bogʻlanish deb atomlarning umumiy elektron juftlari
vositasida bogʻlanishiga aytiladi. Kovalent bogʻli moddalar odatdagi sharoitda qattiq,
suyuq, gazsimon tuzilishga ega. Kovalent bogʻlanishda atom elektron bulutlarining bir-
birini qoplashi natijasida hosil boʻladi. Elektron orbitallar bir-birini qancha koʻp qoplasa
kimyoviy bogʻlanish shuncha puxta boʻladi. Kimyoviy bogʻlanishda ishtirok etadigan
elektron juftlar shu elementning valentligini ham bildiradi.
H-H
vodorod
1 valentli, O=O
kislorod
2 valentli, N=N
azot
3 valentli. Bulardagi
bogʻlanish elektromanfiyligi bir xil atomlar orasidagi bogʻlanishdir. Bunda umumiy juft
elektronlar har ikkala atom uchun bir xil masofada, yani simmetrik joylashgan.
Elektromanfiyligi bir xil boʻlgan atomlar orasida umumiy elektron juftlari hosil boʻlishi
hisobiga vujudga keladigan kimyoviy bogʻlanish qutbsiz kovalent boglanish deyiladi.
Atomlar uchun umumiy boʻlgan har bir juft elektronni 1ta chiziqcha bilan almashtirib
yozish mumkin. M: O=O , N=N, H-H, Kimyoviy bogʻlanishda ishtirok etayotgan juft
elektronlar shu elementning valentligini ham bildiradi. H.: H – bir valentli, O :: O – 2
valentli, N :::N -3 valentli atomlar. Yuqorida koʻrib oʻtilgan H
2
, O
2
, N
2
lardagi
bogʻlanish
elektromanfiyligi
bir xil atomlar orasidagi bogʻlanishdir. Bunda umumiy juft
elektronlar har ikkala atom uchun bir xil masofada, simmetrik joylashgan. Natijada hosil
boʻlgan molekula qutbsiz bogʻlanishni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |