Kimyoviy bog’lanish turlari
Download 20.93 Kb.
|
KIMYODAN MUSTAQIL ISH DAFTARGA YOZISHGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy bog’lanish turlari.
- Bogʻ energiyasi
- Kovalent bogʻlanish deb atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bogʻlanishiga aytiladi
Atomning sath energiyasi birgina harakatga — elektronning atom yadrosiga nisbatan qarakatiga bogʻliq. Shunga koʻra, uning spektri ayrim chiziqlardan iborat (chiziqli spektr beradi). Molekuladagi ichki harakat bir necha xil boʻlib, anchagina murakkab. Shunga koʻra, uning spektri ham murakkabdir. Elek-tronlarning Molekulani tashkil qilgan atomlar yadrosiga nisbatan harakati bilan bir qatorda, yuqorida aytilgandek, atom yadrolari tebranma va aylanma harakatda boʻladi. Shunga qarab, Molekulaning spektri — elektron, tebranma va aylanma spektriga boʻlinadi. Shu harakatlarda sodir boʻladigan energiya oʻzgarishlari natijasida yoʻl-yoʻl spektr olinadi. Molekula spektri ultrabinafsha, koʻzga koʻrinadigan va infraqizil sohalarda koʻriladi. Molekulaning spektrlarini tekshirib, uning kanday elementlardan tashkil topgani, atomlar orasidagi bogʻlarning tabiati va mustahkamligi haqida mulohaza yuritish mumkin. Kimyoviy bog’lanish turlari. Ma’lumki har bir element oʻzining tashqi energetik qavatidagi elektronlarning yadroga bogʻlanish energiyasi bilan farqlanadi. Ayrim elementlarning tashqi energetik qavatidagi s-elektronlar yadroga kuchsiz bogʻlanganligi tufayli ular kimyoviy reaksiyalarda oson elektron beradi. Bunday elementlar metallardir. M: natriy atomining tashqi energetik qavatida 3s1 1ta elektron boʻladi va u kimyoviy reaksiylarda osonlik bilan bitta elektron yoʻqotib ikkinchi qavatni ochib qoʻyadi. Na ning 2-qavatida esa 8 ta elektron boʻladi. Atom tuzilishining elektron nazariyasi atomlarning molekulyar holatigacha birika olishini, yani kimyoviy bogʻ hosil boʻlish mexanizmini va tabiatini tushuntiradi. Kimyoviy bogʻ – 2 va undan ortiq atomlarning oʻzaro ta’sirlashuvi boʻlib, bunda kimyoviy barqaror 2 yoki koʻp atomli sistemalar vujudga keladi. Kimyoviy bogʻning uzunligi – atom yadrolari orasidagi masofani bildiradi va nm larda oʻlchanadi. Bogʻ energiyasi – bogʻni uzish uchun sarf boʻlgan energiya miqdoridir. Kimyoviy bogʻlar hosil boʻlishi ekzotermik jarayon, unda energiya ajraladi, bogʻni uzilishida energiya sarf boʻladi, bu endotermik jarayondir. Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasida elektronlarning taqsimlanishiga qarab kimyoviy bogʻlanishlarni 3 turga boʻlish mumkin: kovalent, ionli, metall bogʻlanish. Kovalent bogʻlanish nisbiy elektromanfiyligi bir xil boʻlgan metallmaslar atomi oʻrtasida sodir boʻladi. Kovalent bogʻlanish deb atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bogʻlanishiga aytiladi. Kovalent bogʻli moddalar odatdagi sharoitda qattiq, suyuq, gazsimon tuzilishga ega. Kovalent bogʻlanishda atom elektron bulutlarining bir-birini qoplashi natijasida hosil boʻladi. Elektron orbitallar bir-birini qancha koʻp qoplasa kimyoviy bogʻlanish shuncha puxta boʻladi. Kimyoviy bogʻlanishda ishtirok etadigan elektron juftlar shu elementning valentligini ham bildiradi. H-H vodorod 1 valentli, O=O kislorod 2 valentli, N=N azot 3 valentli. Bulardagi bogʻlanish elektromanfiyligi bir xil atomlar orasidagi bogʻlanishdir. Bunda umumiy juft elektronlar har ikkala atom uchun bir xil masofada, yani simmetrik joylashgan. Elektromanfiyligi bir xil boʻlgan atomlar orasida umumiy elektron juftlari hosil boʻlishi hisobiga vujudga keladigan kimyoviy bogʻlanish qutbsiz kovalent boglanish deyiladi. Atomlar elektron biriktirishi yoki yoʻqotishidan hosil boʻlgan zarralar ionlar deb ataladi, ular zaryadlangan zarrachalardir. Atomlar elektron berganda yoki biriktirib olganida zaryadlangan zarrachalar hosil boʻladi. Qarama-qarshi zaryadlangan zarrachalar – ionlar bir biriga tortiladi, ionlardan hosil boʻlgan birikmalar ion birikmalar deb ataladi. Ionlar orasidagi bogʻ ion bogʻ deb ataladi. Ion bogʻlanish bilan kovalent bogʻlanish oʻrtasida keskin chegara yoʻq. Ionli birikmalarga metallarning galogenlar, O2, S bilan hosil qilgan birikmalari kiradi, tuzlardagi metall ioni bilan kislota qoldigʻi orasidagi, metal ioni bilan gidroksid guruhi orasidagi bogʻlanishlar ham ion bogʻlanishli xarakterga ega. M: Ion bogʻlanishli birikmalar odatdagi sharoitda qattiq moddalardir. Download 20.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling