Kimyоviy bog’lanish
Download 128.5 Kb.
|
5-mavzu
ION BOG’LANISH.
Ion bog’lanish elektrstatik nazariya asosida tushuntiriladi. Bu nazariyaga muvofiq atomning elektron berishi yoki elektron biriktirib olishi natijasida hosil bo’ladigan qarama-qarshi zaryadli ionlar elektrstatik kuchlar vositasida o’zaro tortishib ularning tashki qavatida 8 ta (oktet) yoki 2 ta (dublet) elektroni bo’lgan barqaror sistema qosil bo’ladi. Ion bog’lanishli moddalar kristall holatda uchraydi, shuningdek, suvli eritmalarda ion bolanishli molekulalar o’rniga ularni tashkil etuvchi monlar buladi. Ion bog’lanish energiyasini hisblab chiqarish natijasini tajribada topilgan qiymat bilan taqqoslab quriladi. Ion bоg’lanish vujudga kelishini natriy xlorid NaCI hosil bo’lishi misolida ko’rib chiqamiz. Shu birikmani hosil qilgan natriy va xlor atomlari elektrmanfiyligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi: natriy atomi uchun bu qiymat 1,01 ga, xlor atomi uchun 2,83 ga teng. Elektron formulalar Na 1s2 2s2 2p6 3s1 ва CI 1s2 2s2 2p6 3s2 3p5 dan ko’rinib turibdiki, bu atomlarning tashqi elektron pog’onalari tugallanmagan. Tashqi pog’onasini tugallash uchun natriy atomi 7 elektron biriktirib olishidan ko’ra 1 elektron berishi oson, xlor atomi esa 7 elektron berishidan ko’ra 1 elektron biriktirib olishi oson. Tajriba shuni ko’rsatadiki, kimyoviy reaktsiyalarda natriy atomi 1 elektron beradi, xlor atomi esa uni biriktirib oladi. Buni sxema tarzida quyidagicha yozish mumkin:
Ionli birikmalarning elektrmanfiyligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladigan atomlar, masalan I va II guruxlar bosh guruhchalaridagi elementlarning atomlari bilan VI va VII guruhlarning bosh guruhchalaridagi elementlarning atomlari hosil qiladi. Ionli birikmalar nisbatan ko’p emas. Natriy xlorid NaCI molekulalari faqat bug’ holatdagina mavjud bo’ladi. Ionli birikmalar qattik (kristall) xolatda ma‘lum qonuniyat bilan joylashgan musbat va manfiy ionlardan tarkib topadi. Bu holda molekulalar bo’lmaydi. Kovalent bog’lanish kimyoviy boglanishning ancha umumiy turidir. Bog’lanish nazariyasi ionli bog’lanishning kovalent bog’lanishdan vujudga kelishini umumiy elektron juftning haddan tashqari bir tomonlama qutblanishi bilan tushuntiradi, unda umumiy elektronlar jufti birikayotgan atomlardan bittasining ihtiyoriga o’tadi. Masalan: Download 128.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling