Kimyoviy bog'lanishning hosil bo'lishi
Download 418.3 Kb.
|
Haytmurod kimyo 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xlor molekulasida umumiy elektron juftliklar sxemasi
- Vodorod molekulasida qutbsiz kovalent bogʻlanish
Bogʻ energiyasi
Kovalent bogʻlanish nisbiy elektromanfiyligi bir xil boʻlgan metallmaslar atomi oʻrtasida sodir boʻladi. Kovalent bogʻlanish deb atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bogʻlanishiga aytiladi. Kovalent bogʻli moddalar odatdagi sharoitda qattiq, suyuq, gazsimon tuzilishga ega. Kovalent bogʻlanishda atom elektron bulutlarining bir-birini qoplashi natijasida hosil boʻladi. Elektron orbitallar bir-birini qancha koʻp qoplasa kimyoviy bogʻlanish shuncha puxta boʻladi. Kimyoviy bogʻlanishda ishtirok etadigan elektron juftlar shu elementning valentligini ham bildiradi. H-H vodorod 1 valentli, O=O kislorod 2 valentli, N=N azot 3 valentli. Bulardagi bogʻlanish elektromanfiyligi bir xil atomlar orasidagi bogʻlanishdir. Bunda umumiy juft elektronlar har ikkala atom uchun bir xil masofada, yani simmetrik joylashgan. Elektromanfiyligi bir xil boʻlgan atomlar orasida umumiy elektron juftlari hosil boʻlishi hisobiga vujudga keladigan kimyoviy bogʻlanish qutbsiz kovalent boglanish deyiladi. Xlor molekulasida umumiy elektron juftliklar sxemasi Atomlar uchun umumiy boʻlgan har bir juft elektronni 1ta chiziqcha bilan almashtirib yozish mumkin. M: O=O , N=N, H-H, Kimyoviy bogʻlanishda ishtirok etayotgan juft elektronlar shu elementning valentligini ham bildiradi. H.: H – bir valentli, O :: O – 2 valentli, N :::N -3 valentli atomlar. Yuqorida koʻrib oʻtilgan H2, O2, N2 lardagi bogʻlanish elektromanfiyligi bir xil atomlar orasidagi bogʻlanishdir. Bunda umumiy juft elektronlar har ikkala atom uchun bir xil masofada, simmetrik joylashgan Natijada hosil boʻlgan molekula qutbsiz bogʻlanishni hosil qiladi. Qutbli kovalent bogʻlanish elektromanfiyligi bir-biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil boʻlgan umumiy elektron juftlar, elektromanfiyligi kattaroq boʻlgan xlor atomi tomon siljigan boʻladi, natijada xlor atomi qisman manfiy, elektromanfiyligi kichikroq vodorod atomi esa qisman musbat zaryadlangan boʻladi. Vodorod molekulasida qutbsiz kovalent bogʻlanish Foydalanilgan internet resurslari:
Download 418.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling