Kimyoviy bog'lanishning hosil bo'lishi


Na0 +11) 2) 8) 1) – e Na+ +11) 2) 8)


Download 418.3 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi418.3 Kb.
#1545274
1   2   3
Bog'liq
Haytmurod kimyo 2

Na0 +11) 2) 8) 1) – e Na+ +11) 2) 8)
Natriy atomi va natriy ioni
Metallmaslarda tashqi energertik qavatidagi elektronlar yadroga kuchliroq bogʻlanganligi sababli kimyoviy reaksiyalarda elektron biriktirib oladi. Ftor atomining tashqi energetik qavatida 7 ta elektron boʻladi va kimyoviy reaksiyalarda elektron qabul qilib olib tashqi energetik qavatini 8 ta elektron bilan toʻldiradi. Davrlarda kimyoviy elementlarning elektron tortib olishi chapdan oʻngga oʻtgan sari ortib boradi. Bosh guruhchalarda esa aksincha yuqoridan pastga tushgan sari elektron tortib olishi va elektromanfiyligi kamayib boradi. 
Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiylik qiymatlariga e’tibor bergan holda kimyoviy birikmalarni quyidagi 3 guruhga boʻlib olishimiz mumkin.
  • Elektromanfiyligi bir xil boʻlgan elementlardan, ya’ni ayni bir xil element atomlaridan hosil boʻlgan moddalar a) N2, F2, Cl2, J2, O2, H2, Br2 – oddiy moddalar b) Li, Na, K, Al, Fe, Cu, Zn – metallar.
  • Elektromanfiyligi bir-biridan biroz farq qiladigan element atomlaridan hosil boʻlgan moddalar – HCl, HBr, HJ, H2O, H2S, NH3, CH4, PCl3.
  • Elektromanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan element atomlaridan hosil boʻlgan moddalar NaCl, K2S, BaCl2, CaF2, Li2O, MgO.

  • Atom tuzilishining elektron nazariyasi atomlarning molekulyar holatigacha birika olishini, yani kimyoviy bogʻ hosil boʻlish mexanizmini va tabiatini tushuntiradi.
    Kimyoviy bogʻ – 2 va undan ortiq atomlarning oʻzaro ta’sirlashuvi boʻlib, bunda kimyoviy barqaror 2 yoki koʻp atomli sistemalar vujudga keladi.

Kimyoviy bogʻning uzunligi – atom yadrolari orasidagi masofani bildiradi va nm larda oʻlchanadi. Bogʻ energiyasi – bogʻni uzish uchun sarf boʻlgan energiya miqdoridir.
Kimyoviy bogʻlar hosil boʻlishi ekzotermik jarayon, unda energiya ajraladi, bogʻni uzilishida energiya sarf boʻladi, bu endotermik jarayondir. 
Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasida elektronlarning taqsimlanishiga qarab kimyoviy bogʻlanishlarni 3 turga boʻlish mumkin: kovalent, ionli, metall bogʻlanish.

Download 418.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling