Asosiy tushunchalar


Download 185.64 Kb.
bet1/6
Sana07.11.2023
Hajmi185.64 Kb.
#1753723
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
a-1




Asosiy tushunchalar
Elektr zanjiri deb elektr toki harakati uchun zarur bo‘lgan qo‘rilma va elementlardan iborat berk zanjirga aytiladi. Bu zanjir manba, is’temolchi va yordamchi elementlardan iborat bo‘lib, zanjirda doimiy tok oqib turushi uchun zanjir berk bo‘lishi zarur.
Elektr zanjiri elementlari parametrlari, oqib o‘tayotgan tokning parametrlariga bog‘liq bo‘lmasa bunday elektr zanjirlari chiziqli elektr zanjirlari deb ataladi. Agar elektr zanjiri elementlari parametrlari, oqib o‘tayotgan tokning parametrlariga bog‘liq bo‘lsa, bu elektr zanjirlari nochiziqli elektr zanjirlari deyiladi.
Chiziqli elektr zanjirlari-barcha elementlari chiziqli xarakterga ega bo‘lgan zanjirlar.
Nochiziqli elektr zanjirlari-elektr zanjirining elementlaridan hech bo‘lmaganda bittasi nochiziqli xususiyatga ega bo‘lgan zanjirlar.
Elektr sxemasi- elektr zanjirining grafik tasviri hisoblanib, zanjir elementlarining shartli kurinishi va ularning ulanish usullari tasviridir.
Elektr zanjiri tarmog‘i –elektr zanjirining bir xil qiymatdagi tok oqib o‘tadigan qismiga aytiladi. Tarmoq bir yoki bir nechta ketma-ket ulangan elementlardan tashkil topadi. Tarmoqdagi elementlar sonini “p” harfi bilan belgilashga kelishilgan.
Elektr zanjiri tuguni- uch yoki undan ortiq tarmoqlarning ulanish joyi. Bir juft tugunga ulangan barcha tarmoqlar parallel ulangan hisoblanadi. Tugunlar sonini “q” harfi bilan belgilashga kelishib olingan.
Kontur- bir nechta elektr tarmoqlarning iborat yopiq zanjir.
Mustaqil kontur-tarkibida hech bo‘lmaganda bitta boshqa konturga taaluqli bo‘lmagan tarmog‘i bo‘lgan kontur. Elektr sxemadagi mustaqil konturlar soni n=p-(q-1).

Shartli musbat yunalish. Elektr zanjirida yoki uning elementlarida bo‘ladigan jarayonlar tenglamasini tug‘ri tuzish uchun EYUK manbasi, tarmoqlardagi toklar va tugunlar orasidagi kuchlanishning shartli yunalishi tanlab olinadi. Elektr sxemalarida bu strelka yordamida belgilanadi. (1.1-rasm)
a) EYUK manbasi uchun- ixtiyoriy olinib, strelka yunalgan tomon potensiali teskari tomon potensialiga qaraganda kattaroq qiymatga ega bo‘ladi.
b) tarmoqlardagi toklar uchun- EYUK manbasi bo‘lgan tarmoqlarda EYUK yunalishi bilan bir xil, qolgan tarmoqlarda esa ixtiyoriy olinadi.
v) kuchlanish uchun- tarmoqdagi yoki zanjir elementidagi tok yunalishi bilan bir xil olinadi.
Elektr zanjiridagi EYUK manbasini kuchlanish manbasi bilan almashtirish mumkin. Bunda kuchlanish manbasining shartli musbat yunalishi EYUK manbasi yunalishiga teskari tomonga qaratib olinadi. (1.2-rasmgi U1 va U2 kuchlanishlarga qarang)

Download 185.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling