- Maksad: EYuK va tok manbalari sxemalarini almashtirishni elektr
- zanjirlarini hisoblashga qo`llashni o`rganish .
- Reja:
- 1. Manbalar sxemalarini o`zaro almashtirish.
- 2. EYUK va tok manbalarini ulash.
- Tayanch so`zlar: Qarshiligi,Om qonuni, rezistorlar, elektr , magnit, elektr
- zaryadi, elektr toki, elektr toki, elektromagnit energiya, quvvat, yulduz, uchburchak.
EYUK manbasi (26 -rasm) va tok manbasi (27 -rasm), bir xil qarshilikli yuklamalar Ryu dan 26 -rasm va 27 -rasmda sxemalardan tok kuchi bir xil bo`lsa, ekvivalent hisoblanadi. - EYUK manbasi (26 -rasm) va tok manbasi (27 -rasm), bir xil qarshilikli yuklamalar Ryu dan 26 -rasm va 27 -rasmda sxemalardan tok kuchi bir xil bo`lsa, ekvivalent hisoblanadi.
- Manbalarni ekvivalent sxemalarida kuchlanish va tok, yuklama qarshiligi Ryu ning har qanday qiymatida tashqi zanjirda o`zgarmasdan qoladi deb qaraladi.
- Manbalar sxemalarini o`zaro almashtirish
- Har bir manba volt-amper xarakteristikasi bilan aniqlanadi, e.yu.k manbasi sxemasi uchun
- U = E – Ri I
- va tok manbasi sxemasi uchun
- I = Ik – gi U
- ko`rinishlarda yoziladi.
- Agarda to`g`ri chiziqli volt-amper xarakteristikalari mos tushsa, manbalarning ikkala sxemasi ekvivalent bo`ladi. Bu o`rinli bo`lishi uchun yuklamaning ikki rejimi mos kelishi yetarlidir. Ikki chegaraviy holni, ya'ni salt ishlash va qisqa tutashuv rejimlarini tanlaymiz.
- Salt ishlash rejimida ( I = 0 )
- Us.i = E va
- Us.i = Ik / gk , ya'ni E = Ik / gk
- Qisqa tutashuv rejimida (U =0 )
- Ik.t =E / Ri va
- Ik.t =Ik , ya'ni Ik = E / Ri
- bu yerda gi = 1/ Ri yoki Ri =1/gi
Shunday qilib, ekvivalent manbalarda ichki qarshiliklari bir xil bo`ladi, ya'ni manba tokining EYUK manbasi ichki qarshiligiga nisbati, xuddi shunday manba tokining tok manbasining ichki o`tkazuvchanligiga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ekvivalent almashtirishlarda quvvatlar ekvivalent bo`lmaydi. Masalan, 26 -rasmdagi sxemada salt ishlash rejimida EYUK manbasining energiyasi nolga teng. 27 -rasmdagi sxemada tok manbasining energiyasi ichki o`tkazuvchanligi gi ga sarflanadi. - Shunday qilib, ekvivalent manbalarda ichki qarshiliklari bir xil bo`ladi, ya'ni manba tokining EYUK manbasi ichki qarshiligiga nisbati, xuddi shunday manba tokining tok manbasining ichki o`tkazuvchanligiga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ekvivalent almashtirishlarda quvvatlar ekvivalent bo`lmaydi. Masalan, 26 -rasmdagi sxemada salt ishlash rejimida EYUK manbasining energiyasi nolga teng. 27 -rasmdagi sxemada tok manbasining energiyasi ichki o`tkazuvchanligi gi ga sarflanadi.
- Quvvat yo`qotishlari ham bir xil emas: 27-rasmdagi sxema EYUK manbasida bu quvvat quyidagicha bo`ladi.
- Ri I = Ri U / R yu
- 28 -rasmdagi sxema tok manbasida
- gi U = gi I R yu
- Shunday bo`lishiga qaramasdan murakkab elektr zanjirlarini tahlil qilishda bu almashtirishlar hisoblashlarni yengillashtirish imkoniyatini yaratadi.
Ekvivalent Rek qarshilik qarshiliklarning arifmetik yig`indisi sifatida hisoblanadi. - Ekvivalent Rek qarshilik qarshiliklarning arifmetik yig`indisi sifatida hisoblanadi.
- Rek = R1 + R2 + R3 + R4
- Ekvivalent EYUK Ek -har bir manbaning algebraik yig`indisi sifatida olinadi.
- Eek = E1 + E2 + E3 +E4
- bu yerda tarmoqdagi tokni yo`nalishi bilan mos tushgan EYUK lar musbat ishorada qabul qilingan.
- EYUK va tok manbalarini ulash
- Bir nechta EYUK va qarshiliklar ketma-ket ulangan tarmoqni (28 a-rasm) bitta ekvivalent EYUK va qarshilik (28 b-rasm) bilan almashtirish mumkin.
28 a -rasmdagi sxemalar quvvatlari bo`yicha ekvivalentdir, bunga Kirxgof qonunlari va quvvatlar balansi tenglamalariga asoslanib isbotlash mumkin. - 28 a -rasmdagi sxemalar quvvatlari bo`yicha ekvivalentdir, bunga Kirxgof qonunlari va quvvatlar balansi tenglamalariga asoslanib isbotlash mumkin.
- Bir nechta tok manbalari va iste'molchilar parallel ulangan zanjirning qismini bir ekvivalent manba va iste'molchi bilan almashtirish mumkin (29 a,b -rasm).
- Ekvivalent Ik ek tok alohida tok manbalarining algebraik yig`indisi sifatida aniqlanadi.
- Ik ek = Ik1 + Ik2 + Ik3
- Tok manbalarini ichki ekvivalent o`tkazuvchanligi va iste'molchilarning ekvivalent o`tkazuvchanligi o`tkazuvchanlikning algebraik yig`indisi sifatida aniqlanadi.
- gk ek = gk1 + gk2 + gk3 va g ek = g1 + g2 + g3
29 a,b -rasmdagi sxemalar quvvatlar bo`yicha ham ekvivalentdir, buni Kirxgof qonunlari va quvvatlar balansiga asoslanib isbotlash mumkin. - 29 a,b -rasmdagi sxemalar quvvatlar bo`yicha ham ekvivalentdir, buni Kirxgof qonunlari va quvvatlar balansiga asoslanib isbotlash mumkin.
Savollar: - 1. Manbalar sxemalarini o`zaro almashtirishini tushintirib bering .
- 2.EYUK va tok manbalari qanday ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |