Kimyoviy elementlar davriy jadvali. Darsning maqsadi


Download 14.24 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi14.24 Kb.
#1190373
Bog'liq
14 Kimyoviy elementlar davriy jadvali


Sana:
Sinf : 8 B


Mavzu: Kimyoviy elementlar davriy jadvali.
Darsning maqsadi :


a)ta’limiy: O‘quvchilarga davriy qonun asosida dastlab 1870 yilda D.I.Mendeleyev taklif etgan kimyoviy elementlar davriy jadvalning bi rinchi nusxasidan boshlab shu kunlarda foydalanilayotgan zamonaviy nusx alarining yaratilishi, Davriy jadvalning tuzilishi haqida tushunchalar berish.
b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish.


s) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish.
g) DTS – talablari.


Dars turi: Yangi bilim berish
Dars uslubi: Ananaviy
Dars jihozi: Darslik, davriy sistema, ko’rgazmali qurollar, kadaskop, kompyuter.
Darsning borishi :

  1. Tashkiliy qism

Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf tozaligini nazorat qilish, manaviyat daqiqasi, fan yangiliklari.


II. Otgan mavzuni so’rash:



  1. Davriy sistemaning beshinchi davriga joylashgan kumush va kadmiy atomlarining tashqi energetik qavatida nechtadan elektron bor?

  2. Kalsiy atomi elektronlarining soni argon atomidagidek bo‘lib qoladigan darajada o‘zgarishi mumkinmi? Javobingizni izohlab bering.

  3. Atomlarning elektron konfiguratsiyasi 2s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p6 4d10 5s2 5p3 bo‘lgan elementning nomini ayting.



III. YANGI MAVZU BAYONI
O‘xshash elementlar haqida o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlar va
davr iy qonun asosida darsni “Davriy jadvalni D.I.Mendeleyev qanday
tuzgan bo‘lish mumkin?” degan savol berish bilan boshlash maqsadga
muvofiq.
O‘quvchilar o‘zlari tuzgan davriy jadval namunalarini taklif etadi-
lar. Takliflar tahlil qilinadi.
Ishqoriy metaldan boshlanib inert gazlar bilan tugaydigan gori-
zontal qator davrlar deb ataladi.
D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasida 7 ta
davr bor.
1-davrda faqat ikkita element vodorod va geliy joylashgan.
2 va 3-davrlarda 8 tadan element bor.
1-, 2-, 3-davrlar kichik davrlar deyiladi.
4-, 5-, 6-, 7-davrlar katta davrlar deyiladi.
4-, 5-davrlarda 18 tadan, 6-davrda 32 ta element bor, 7-davr
tugallanmagan davr deb ham ataladi. Katta davrlar ikki qator-
lardan tashkil topgan bo‘ladi.
Bitta vertikal qatorga joylashgan o‘xshash elementlar guruhl arni
tashkil qiladi.
Davriy sistemada 8 ta guruh bor. Har bir guruh jadvalning yuqori
qismida rim raqamlari bilan belgilanadi.
Ham kichik, ham katta davr elementlarini o‘z ichiga olgan
guruhchalar bosh guruhchalar deb, faqat katta davr element-
larini o‘z ichiga olgan guruhchalar qo‘shimcha guruhchalar
deb ataladi.
Bosh va qo‘shimcha guruhchalar har bir guruh kataklarini chap
va o‘ng tomoniga surib yoziladi
O‘quvchilarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish
maqsadida quyidagicha qiziqarli savollardan ham foydalanish mumkin.
Elementlarning xossalari atom massalari ortib borishi bilan davrlarda, guruhlarda qanday o‘zgaradi?IV. Mustahkamlash:
1. Tartib raqami 16 bo‘lgan element davriy sistemaning qaysi qa-
tori, qaysi davr, qaysi guruhiga joylashgan.
2. I V-davr, 5-qator, IV-guruhida turuvchi elementning tartib
raqamini ayting.
3. Davriy jadvaldan foydalanib davlatlar nomi bilan ataluvchi ele-
mentlarni aniqlang.
V. Baholash:
VI. Uyga vazifa: 2-4 topshoriqlar.
Download 14.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling