Kimyoviy elementlar davriy sistemasi


Download 82.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana31.01.2024
Hajmi82.16 Kb.
#1819932
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
маъруза 4 (1)



 
4-MAVZU. D.I.MЕNDЕLЕVNING ELЕMЕNTLAR DAVRIY 
QONUNI VA
KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY SISTEMASI. 
Ma‘ruza rejasi. 
5.1. Elementlarni sistemalashtirishga o’rinib ko’rgan mutafakirlar. 
5.2. D.I.Mendeleevning ishlari va davriy qonunni kashf etilishi. 
5.3. Davriy sistema va uning tuzilishi. 
5.4. Elementlarning davriy va davriy bo’lmagan xossalari. 
5.5. Davriy konun va davriy sistemaning taraqqiyoti. 
Tayanch iboralar va tushunchalar: 
Uzun davrli variant, qisqa davrli variant, guruh, davr, kichik davrlar, katta 
davrlar, tugallanmagan davr, lantanoidlar, aktinoidlar, tipik elementlar, asosiy 
guruhcha, qo’shimcha guruhcha, nodir gazlar, valent elektronlar, ionlar, ionlanish 
energiyasi, elektronga moillik, elektr manfiylik. 
 
Adabiyotlar: 1,2,3,4. 
5.1. ELEMENTLARNI SISTEMALASHTIRISHGA URINIB 
KO’RGAN MUTAFAKIRLAR. 
 
XVIII asr oxirida 25 ta element ma‘lum bo’lib, XIX asrning birinchi 
choragida yana 19 ta element kashf qilindi. Shu asrning 70 – yillaridayoq 60 dan 
ortiq kimyoviy element ma‘lum edi. Boshqa tabiiy fanlarda bo’lgani kabi kimyoda 
ham ma‘lumotlar to’plangan sari ularni sinflash zarurati paydo bo’ldi. 
Elementlar kashf qilinishi bilan ularning atom massasi, fizikaviy va kimyoviy 
xossalari o’rganib borildi. Bu tekshirishlar natijasida ba‘zi elementlarning avvaldan 
ma‘lum bo’lgan tabiiy guruhlari (masalan, ishqoriy metallar, ishqoriy – yer 
metallari, galogenlar) ga o’xshash element guruhlari shakllanib bordi. Elementlar 
va ularning birikmalari haqidagi ma‘lumotlar kimyogarlar oldiga barcha 
elementlarni guruhlarga ajratish vazifasini quydi.
1789 yilda fransuz olimi A.Lavuaze kimyoviy elementlarning birinchi 
klassifikatsiyasini yaratdi, u barcha oddiy moddalarni 4 gurux (metallmaslar, 
metallar, kislota radikallari va «oksidlar») ga ajratdi.
1812 yilda shved kimyogari Y.Ya.Bertselius barcha elementlarni metallar va 
metallmaslarga ajratdi. Bunday sinflash unchalik aniq bo’lmasada, haligacha o’z 
kuchini yo’qotmay kelmokda. 
1829 yilda nemis kimyogari I.V.Dyobereyner uchta – uchta elementdan 
iborat o’xshash elementlarning guruhlarini tuzdi va ularni triadalar deb atadi. Har 
qaysi triadada o’rtacha elementning atom massasi ikki chetdagi elementlarning 
atom massalari yig’indisining 2 ga bo’linganiga teng. O’sha vaqtda ma‘lum 
bo’lgan elementlardan faqat yettita triada tuzish mumkin bo’ldi. 


Fransuz kimyogari Shankurtua o’xshash elementlar guruhlariga atom 
massalarining o’zgarish qonuniyatlariga qiziqib o’zining «vint chizig’i» nomli 
elementlarning sistematikasini e‘lon qildi. U elementlar xossalarini egri chiziq 
holida solishtirib, o’zi chizgan tsilindr yuzasiga 16 ta vertikal chiziq tortdi va 
ularga elementlarni atom massalari ortib borishi bo’yicha joylashtirdi. Bunda 
ayrim o’xshash elementlar vertikal chizik bo’ylab joylashdi, ammo u 
elementlarning davriylik qonunini yarata olmadi.
1863 yilda ingliz kimyogari J.A.Nyulends elementlarning atom massalari 
bilan xossalari o’rtasidagi nisbatlari to’g’risida o’z axborotini bayon qildi, 
uningcha elementlarni atom massalari ortib borishi bo’yicha joylashtirilsa har 
sakkiz elementdan so’ng o’xshash xossalar takrorlanadi, bunga u «oktava qonuni» 
(okta – sakkaz demakdir) deb nom bergan. U ham elementlarning davriy qonunini 
kashf eta olmadi va tushuntirib bera olmadi.
1864 yilda nemis kimyogari L.Meyer o’zining «Hozirgi zamon kimyo 
nazariyalari va uning kimyoviy statikadagi roli» nomli kitobini nashrdan chiqardi. 
Bu kitobida, u ma‘lum bo’lgan 63 elementdan 44 tasini 6 ta ustunga vodorodga 
nisbatan valentliklarga muvofiq joylashtirib o’zining elementlar jadvalini tuzgan 
edi. Unda haqiqatda ham o’xshash elementlar ustunlarda joylashgan bo’lib, ammo 
u davriy qonun sifatida ta‘riflanmagan edi. D.I.Mendeleev o’zining birinchi 
elementlarning davriy sistemasini e‘lon qilgandan bir necha hafta o’tgandan keyin, 
L.Meyer davriy qonunning muallifligiga da‘vo qilib chiqdi. 

Download 82.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling