Kimyoviy reaksiya turlari. Kimyoviy energiya Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad
Download 473 Kb.
|
O’tilgan mavzuni so’rash:
“Zinama – zina” usuli: bunda o’quvchilar jamoasi savollar yozilgan taxtachadagi savollarga javob berish orqali o’zlarining yulduzlarga eltuvchi zinapoyalariga pillapoyalar qo’yib borishadi.Eng yuqorida esa ular sayyorasini to’ldirishda xizmat qiluvchi yulduzlarga ega bo’lishadi.(1,2, -savollar mos ravishda 2ta guruhga mo’ljallangan) 1.Quyidagi qonunlar va ularni kashf qilgan olimlar nomlarini juftlab yozing a) Tarkibning doimiylik qonuni b) massaning saqlanish qonuni c)Karrali nisbatlar qonuni I. Lomonosov II. Dalton III. Lavuazye IV.Prust 2.Qonunlar va ularning ta’riflarini juftlab yozing. a) Tarkibning doimiylik qonuni b) massaning saqlanish qonuni c)Karrali nisbatlar qonuni I.Moddalar bordan yo’q bo’lmaydi,yo’qdan bor bo’lmaydi II.Elementlarning birikmalar tarkibiga aniq miqdorlarda kirishini bevosita tasdiqlaydi III.Modda tarkibidagi atomlarning miqdor o’zgarishlari sifat o’zgarishlariga olib keladi Meteoritlar yomg’iri usuli: bu usulda o’quvchilar sayyoramizga hujum qilayotgan meteoritlarni parchalash maqsadida meteoritlar orqasida yozilgan savollarga javob berishlari talab etiladi.O’quvchilar savoliga javob berilgan meteoritlarni parchalash bilan bir qatorda to’g’ri javob uchun yulduz bilan rag’batlantiriladi. Matnni diqqat bilan o’qing:Bir bor ekan bir yo’q ekan.Qadim zamonda O’zbekiston degan mamlakatda Zumrad ismli oqila qiz yashagn ekan.Bir kuni u o’rtoqlarini mexmonga chaqirishni maqsad qilibdi va erta tongdan tayyorgarlik ko’rishni boshlabdi.Samovarda choy qaynatibdi,xonani burchaklarida shamlar yoqibdi.Xamir qoribdi va u yetilgach tandirda o’tin yoqib, issiq nonlar yopibdi.Birinchi ovqatiga sho’rva tayyorlabdi unga go’sht,sabzavotlardan solibdi va yaxshilab pishiribdi.Ikkinchi ovqatiga Limonni suvini yaxshilab siqib go’shtni marinadlab,qarasa pishirish uchun uyda yog’ qolmagan ekan. Darrov daladan bir chelak pista terib kelibdi va undan yog’ini siqib olibdi. Singlisi Qimmat esa bu paytda opasi ovqatga solishi kerak bo’lgan tuzni qum bilan aralashtirib qo’yibdi.Aqlli Zumrad esa bunga ham pir pasda yechim topibdi va o’rtoqlari kelishiga hamma narsani tayyor qilib qo’yibdi. Matn yuzasidan quyidagi savollarga javob bering 1.Matnda nechta fizik jarayonlar tasvirlangan va ular qaysilar? 2.Matnda berilgan kimyoviyb xossalar qaysilar? 3.Zumrad osh tuzi va qum aralashmasidan tuzni qanday qilib toza holda ajratib oldi? Download 473 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling