Kimyoviy reaksiya turlari. Kimyoviy energiya Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad
Download 473 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad
- Rivojlantiruvchi
Sinf:8-sinf Fan: Kimyo Mavzu:Kimyoviy reaksiya turlari.Kimyoviy energiya Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: -kimyoviy reaksiya turlari haqida ma’lumot berish, -kimyoviy energiya va uning turlari haqida ma’lumot berish F.K.1-laboratoriyada,tabiatda va turmushda sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalar turlarini ajrata olishni o’rgatish Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni kimyoviy reaksiya va kimyoviy energiyaturlarini farqlay olish,kundalik turmushda ulardan to’g’ri foydalana olish darajasida tarbiyalash. T.K.1- Kimyo faning rivojlanish tarixi,Vatanimiz kimyo sohasining tarqqiyoti,o’zbek kimyogarlarining olib borgan ishlaridan xabardor bo'lish. Rivojlantiruvchi:Kimyoviy reaksiya turlarini tushuntirish, turli interfaol usullar yordamida o’quvchilarning o’zlashtirishini yengillashtirish,kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish T.K.2- Kimyo bo’yicha bilimlarni mustaqil ravishda oshirib borish,kundalik faoliyatda kimyoviy hodisa,jarayonlar haqidagi bilimlarini to’g’ri qo’llash. Dars turi: Yangi bilimlar berish Dars uslubi: Guruhlarda ishlash, “ Meteoritlar yomg’iri”,”Zinama-zina usuli”, “ “Tajribalar namoyishi”,”Sayyorangizni bezating” usuli,. Dars jihozi: yulduz shaklidagi stikerlar,meteoritlar yomg’iri,o’quvchilar tomonidan chizib kelingan sayyoralar,AKT vositasi,ko’rgazmali qurollar(non va kotlet) Darsning borishi : Tashkiliy qism : (3minut) O’quvchilar kimyo xonasiga kirib joylashadilar,salomlashib shiorni aytadilar: Kimyo olamiga kirsangiz nogoh Hayot sirlaridan etgay u ogoh Navbatchi darsda qatnashayotgan o’quvchilar soni,darsga tayyorligi haqida axborot beradi.O’quvchilar kimyo sohasining taraqqiyotiga hissa qo’shayotgan yangiliklar,sayyoramizni asrash sohasida yaratilayotgan texnologiyalar haqida ma’lumotlar aytishadi,o’qituvchi ularga qo’shimchalar kiritadi. O’quvchilarning 2 guruhga bo’lingani aytiladi va guruh nomlariga qisqacha guruh a’zolari tomonidan ta’rif berishadi . (Alkimyogarlar,Mendeleyev izdoshlari,) Download 473 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling