1 mavzu: botanika faning rivojlanish tarixi botanika fanining rivojlanish tarixi jamiyatning
Download 199.77 Kb.
|
Mavzu (восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`SIMLIKLAR TUZILISHIDAGI UMUMIY QONUNIYATLAR
1_MAVZU: BOTANIKA FANING RIVOJLANISH TARIXI Botanika fanining rivojlanish tarixi jamiyatning rivojlanish tarixi bilan bog‘liq. Ibtidoiy odamlar hayotining dastlabki davrlaridan boshlab foydali va zararli о‘simliklarni ajrata bilganlar. Insoniyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida atrofini о‘rab olgan tabiatdan oziq-ovqat uchun har xil о‘simliklarning urug‘, meva, don va tugunaklaridan foydalangan. Ularni qayerda va qachon о‘sishini о‘rganib, madaniylashtirib asta-sekinlik bilan dehqonchilikka asos solgan. Natijada dehqonchilik usullari takomillashib xalq botanikasi paydo bо‘lgan. О‘simliklar haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlar qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr, Yaqin Sharq mamlakatlari xalqlari orasida bо‘lgan, lekin о‘sha qо‘lyozmalar bizgacha yetib kelmagan. Mashxur olim, yunon faylasufi va tabiatshunosi Aristotel (eramizdan avvalgi 384—322 yillar) о‘simliklar haqida ancha ma’lumotlar tо‘plagan. Uning “Usimliklar nazariyasi” kitobi bizgacha yetib kelmadi. Aristotelning shogirdi Teofrast (371—286 yillar) botanika tarixida birinchi bо‘lib, “О‘simliklarning tabiiy tarixi” kitobida о‘simliklarni tashqi qiyofasiga asoslanib tо‘rt guruhga: daraxt, buta, chala buta va о‘tlarga ajratgan. Ildiz, poya va bargning ahamiyatini yozgan, lekin meva va urug‘ning farqini aniq tasavvur etolmagan, Teofrast juda kо‘p о‘simliklarni bilgan, ulardan foydalanish va sun’iy sharoitda о‘stirishga alohida e’tibor bergan. Teofrastning asarlari botanika rivojlanishida katga ahamiyatga ega bulgan. Shuning uchun Karl Linney uni “botanika fanining otasi” deb atagan. www.ziyouz.com kutubxonasi Qadimgi Yunon va Rim tabiatshunoslarining ishlarida botanika mustaqil fan tariqasida rivojlanmasdan qoldi, chunki о‘sha davrdagi tabiatshunoslar asosan dorivor va dehqonchilik uchun kerakli о‘simliklarni izo\lash bilan cheklandi. Jumladan Rim tabiatshunosi P l i n ye y (kattasi 23—79 y.) “Tabiat tarixi” degan asarida 1000 ga yaqin о‘simliklarni tasvirlab, dorivor о‘simliklarga kо‘proq e’tibor bergan. Yunon olimi Dioskarid (yangi eraning 79 yilida vafot etgan) о‘zining “Dorivor moddalar” degan kitobida 500 dan ortiqо‘simliklarni ta’riflab, ularning tarqalgan va о‘sadigan joylarini bayon etgan. Uning bu asari botanika va tib tarixidan muhim о‘rin egallagan. IX—X asrlarda islom mamlakatlarida tabiatshunoslar kо‘paydi. Shulardan biri Abu Sulaymon Hindiston, Xitoy о‘lkalariga sayohatga borib u yerda juda kо‘p miqsorda shifobaxsh о‘simliklarni yig‘di. Biroqо‘rta asr feodalizmi zulmi ostida hamma sohalardagi kabi botanika fanining rivoji ham vaqgincha tо‘xtadi. Shunga qaramasdan mashhur olim Abu Ali ibn Sino (980—1037) asarlari botanika fanining rivojida katga turtki bо‘ldi. Uning “Alqonuni fit tib”, ya’ni “Tib qonunlari” asari О‘rta Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlarida XV—XVII asrlar davomida bir necha marta nashr etildi va botanika fanining rivojlanishiga salmoqli ta’sir etdi. Botanikaning rivojlanishi XV asrga, ya’ni uyg‘onish davriga tо‘g‘ri keldi. Bu davr buyuk geografik kashfiyotlar bilan xarakterlanadi. 1492 yilda Xristofor Kolumb Amerikaga, 1498 yili Vasko de Gama dengiz yо‘li orqali Afrika qirg‘oqlarini aylanib Hindistonga boradi. U yerdan juda kо‘p miqsorda manzarali va oziq-ovqat, doridarmon bо‘ladigan о‘simliklarning gerbariysini, urug‘, meva, tugunaklarini olib keladi. Olib kelingan о‘simliklar keyin-chalik botanika bog‘larida. Salerno (Italiya) da, Venetsiyada ekib о‘stiriladi. Ana shu davrdan boshlab giyohnomalar paydo bо‘ladi. Birinchi kitob 1406 yili Xitoyda Chou tomonidan, Yevropada giyohnomalar XV asr boshlarida nashr etildi. Giyohnomalarda keltirilgan о‘simliklar ilmiy sistema asosida tuzilmasdan, ishlatilishiga yoki foydali belgilariga qarab guru,\larga bо‘linwww.ziyouz.com kutubxonasi gan. Ularda о‘simliklar morfologiyasiga oid atamalar ham ishlangan. Birinchi morfologik atama 1542 y. JI. Fuks tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik morfologik va anatomik atamalar Andrea Sezalpin (1583), Marchello Malpigi (1628—1694), Neemiya Gryu (1641 — 1712) tomonidan yozib nashr etildi. XV asrning oxiri XVI arsning boshida yashagan mashhur uzbek olimi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) tabiat sohasidagi kuzatishlari bilan botanikaga salmoqli hissa qо‘shgan. Uning mashhur asari “Boburnoma” da О‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston о‘simliklari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. XVI—XVII asrlarda juda kо‘p xilma-xil о‘simliklar tо‘plandi. Bu о‘simliklarni aniqlab ma’lum bir sistemaga solishda va ta’riflashda morfologik atamalar muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Italiyalik botanik Andrea Sezalpin о‘simliklarning sun’iy sistemasini yaratishda о‘simliklar dunyosini ikkiga: yog‘ochli (daraxt va buta, chala buta) va о‘t о‘simliklariga bо‘ladi, ularni sinflarga ajratishda meva, uya va urug‘lar sonini hamda murtak tuzilishini asos qilib oladi. Mashhur nemis shoiri va tabiatshunosi I. V. Gyote о‘z ta’limotlari bilan о‘simlik morfologiyasining nazariy jihatdan asoschisi hisoblanadi. 1798 y. da “О‘simliklar metamorfozi tо‘g‘risida tajriba” asarida urug‘palla, gulbarg, changchi, urug‘chi kabilar oddiy vegetativ bargning shakli va funksiyasining о‘zgarishidan kelib chiqqan, degan g‘oyani ilgari surdi. О‘simlik organlarining metamorfozi (о‘zgaruvchanligi) ontogenez (individual taraqqiyot) davrida uch xil: aniq yoki progressiv, noaniq yoki regressiv hamda tasodifan bо‘lishligini aniqlagan. Shveysariyalik botanik Ogyusten Niram De Kandol (1778—1841) Gyotega nisbatan ancha bilimdon mutaxassis bо‘lib, о‘simlik morfologiyasi, fiziologiyasi va sistematikasi bilan shug‘ullangan. Taqqoslash usulidan foydalanib, о‘simliklarning tuzilish qonuniyatlarini о‘rgangan. Masalan, gul — shakli о‘zgargan novda, uning bо‘g‘in oralig‘i qisqargan, changchilarining shakli buzilib tojbarglarga aylangan. Gul simmetriya qonuni asosida tuzilgan. O. De-Kandol “Botanikaning elementar nazariyasi” (1813) asarida о‘simliklar dunyosining morfologik belgilaridan tashqari, organlarnmng anatomik tuzilishini ham hisobga olgan. 1818 yilda uning “О‘simliklar dunyosining tabiiy sistemasi” asari nashr etilgan. XVIII asr oxiridan boshlab K. Linney asarlari asosida fransuz botanigi Antuan Loran De Jyussye (1740— 1836)' о‘simliklarning tabiiy sistemasini tuzib chiqdi. Bunda sistematik guruh sifatida qarindoshlik “urug‘doshlik” belgisi asos bо‘ldi. XVII ayerda gollandiyalik tabiatshunos Vas Levenguk (1632—1723) mikroskopii birinchi bо‘lib yaratdi. U о‘z mikroskopi yordamida mayda mavjudotlar dunyosini kashf 1 Qо‘llanmada о‘simliklar sistematikasi tarixi haqida malumotlar keltirilmaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi etdi. Mashhur fizik Robert Guk (1635—1703) mustaqil ravishda yorug‘ о‘tkazuvchi mikroskop yasadi. Mikroskop orqali pо‘kak va о‘simlik kesmasini kо‘zdan kechirib, bir talay katakchalar borligini aniqladi va 1665 yili fanda birinchi bо‘lib, о‘simlik hujayralardan tuzilganligini isbotladi. Keyinchalik italyan M. Malpigi, ingliz N. Gryu bir vaqtning о‘zida, bir-biridan bexabar о‘simlikning ichki tuzilish (hujayra, tо‘qima)larini yozib, uning ahamiyatini tushuntirishga harakat qilishdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida talaygina olimlar hujayrani о‘rganish bо‘yicha tadqiqotlar olib bordilar. Chex olimi Y. YE. Purkinye, fransuz olimlari Dyutroshe va Gyurpen, rus olimi P. F. Goryaninov hamma tirik mavjudotlar hujayradan iborat, degan farazni aytishgan. Ular о‘simlik va hayvonlar dunyosi umumiy hujayraviy tuzilishi va kelib chiqishi bir xil, degan ilg‘or g‘oyani maydonga tashlashgan. Nemis botanigi M. Y. Shleyden (1804—1881) barcha о‘simliklar hujayradan tuzilganligini isbotladi. 1838 yilda M. Shleyden о‘zining asarlarida о‘simlik tanasi asosan hujayralardan tashkil topgan degan nazariyani ilgari surdi. Oradan bir yil о‘ggach T. 2.Mavzu: O`SIMLIKLAR TUZILISHIDAGI UMUMIY QONUNIYATLAR О‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab bir qancha olimlar (De Friz, G. Kertis, CH. Djefri, YE. Dotson, A. Taxtadjyan va boshqalar) organik dunyoni tо‘rttadan tо‘qqiztagacha olamga bо‘lishni taklif qildilar. Mashhur olim akademik Artur Taxtadjyan 1973 yili e’lon qilgan asarida hozirgi zamon evolyusiya sistemasini yaratdi. Bu sistema quyidagicha: 1. Yadrosi shakllanmagan organizmlar — prokariotlar katta olami. Bu katta olam faqat bitta kichik olam — Procariota dan iborat bо‘lib, uchta kenja olam: arxeobakteriyalar, haqiqiy va oksifitobakteriyalarga bо‘linadi. 2. Haqiqiy, chin yadroga ega bо‘lgan organizmlar euk ariotlar katga olami. Bu olam uchta — hayvonlar, zamburug‘lar va о‘simliklar kichik olamiga bо‘linadi. Prokariot о‘simliklarga bakteriyalar (uvoqlilar) bilan kо‘k-yashil suvо‘tlari kiradi. Ba’zi adabiyotlarda kо‘kyashil suvо‘tlar bakteriyalar bilan qо‘shilib s i an obak teriyalar deb ataladi. Prokariotlarning hujayrasi 2—3 mkm dan 10 mkmgacha bо‘ladi. Ularning sitoplazmasida alohida ajralib kо‘rinadigan yadro bо‘lmaydi. Hujayrada faqatgina bir yoki bir necha DNK (dezoksiribonuklein kislota)ning yig‘indisi bо‘ladi, bunga nukleoplazm a deyiladi. Haqiqiy xromosomalar bо‘lmaydi, irsiy belgilarini tashiydigan gen — genof orm deb ataladi. Genoform D N K atrofida joylashgan. Sitoplazmada oqsil moddasi, mitoxondriy va plastidalar uchramaydi. Prokariot о‘simliklarning hujayrasida sitologik membranadan tashkil topgan mezosomalar bor. Bundan tashwww.ziyouz.com kutubxonasi qari hujayrada gaz vakuoli bо‘lib, tananing suvda muallaq turishiga yordam beradi. Sitoplazmada ribosom, yog‘ tomchilari, polisaxarid va polifosfat donachalari uchraydi. Prokariotlarning hujayra devorida xitin va sellyuloza bо‘lmaydi, lekin glikopeptid (mukopeptid), murein moddalari bо‘ladi. Ularda hujayraning mitoz va meyoz bо‘linishi hamda jinsiy jarayon aniqlanmagan. Hujayraning bо‘linishi oddiy — amiotik tarzda sodir bо‘ladi. Aksariyat vakillarida xujayra xivchinsiz, agar bо‘lsa juda ham oddiy tuzilgan. Prokariotlarning kо‘pchilik vakillari geter otr of ayrim vakillari avtotrof usul bilan oziqlanadi. Ba’zi vakillari (bakteriyalar — uvoqlilar) parazitdir. EUKARIOTLAR. Bularga zamburug‘lar, suv о‘tlari (yashil, qizil, qо‘ng‘ir, diatom, pirrofit, suglenofit, sariq oltin har xil xivchinlilar) va barcha yuksak о‘simliklar — hayvonlar va odam kiradi. Eukariotlarning xujayra va tо‘qimalari 10—100 mkm katgalikda. Hujayrada takomillashgan yadro bо‘lib, uning tarkibida xromosomalar uchraydi. Xromosoma DNK va giston degan oqsil moddasidan iborat. Giston juda kо‘p aminokislotalardan tashkil topgan. Eukariotlarning xujayra sitoplazmasi tarkibida hujayra organellalari — mitoxondriya va plastidalar, Golji apparati bо‘ladi. Protoplazma hujayra markazi atrofida yoki tо‘g‘ri chiziq bо‘ylab harakat qiladi. Hujayra devori xitin yoki sellyulozadan iborat. Bularda har xil darajada rivojlangan jinsiy organlar bо‘lib, jinsiy jarayon vaqgida yadroning qо‘shilishi natijasidi diploid (yunon. diplos — ikkilamchi, ikki marta ortiq) va qо‘shilgan yadroning bо‘linishidan gaploid (yunoncha gaplos — bо‘lingan) yadro hosil bо‘ladi. Sodda eukariotlarning xujayrasida maxsus tanachalar (kinetosom) yordamida о‘rnashgan u n d u l i p o d i bо‘ylab harakat etish vazifasini bajaradi. О‘SIMLIKLARNING OZIKDANISHI. О‘simliklar dunyosi ozik^anishiga qarab geterotrof va avtotrof larga bо‘linadi. Hozirgi zamon olimlarining fikricha oziqlanishning eng qadimgisi geterotrof oziqlanishdir. www.ziyouz.com kutubxonasi Dastlab hosil bо‘lgan geterotrof oziqlanishlarning tanasi murakkab tuzilgan. Hozirgi organizmlarniki kabi hujayra qismlariga ega bо‘lmagan. Sodsa tuzilgan hujayra tayyor organik moddalar hisobidan oziqlanadi. Bunday oziqlanish — saprof it (yunoncha sapros — chirindi, trofe — oziqlanish) oziqlanish deyiladi. Hamma hayvonlar, zamburug‘lar, bir hujayrali organizmlardan — bakteriyalar va ba’zi suvо‘tlari saprofit ozikdanadi. Hozirgi vaqgda kо‘pchilik olimlar zamburug‘larni о‘simliklar dunyosidan ajratib alohida olamga kiritishni tavsiya etishmoqda, chunki ularning hayotiy davrida harakatchan hujayralar uchramaydi. Ammo, zamburug‘larning ba’zi belgilari: hujayraning tо‘xtovsiz о‘sishi, kо‘payishi, tuban о‘simliklarga о‘xshashligini hisobga olib, ularni о‘simliklarga qо‘shib о‘rganiladi. Zamburug‘larning evolyusiyasi bir hujayrali eukariotlardan boshlanadi. Zamburug‘larning kо‘pchilik vakillari asosan saprofitlar bо‘lib, chirigan organik moddalar hisobidan oziqlanadi. Ular organik moddalarni parchalab, tabiatda moddalar almashinuvi, ekologik muvozanatni saqlashda muhim biologik katalizator hisoblanadi. Organik moddalar parchalanish jarayonida atmosferaga karbonat angidrid gazini ajratib, tuproqni azotli birikmalar bilan boyitadi. Zamburug‘lar yuksak о‘simliklarning ildizi atrofida о‘ralib, ularni suv va mineral tuzlar bilan ta’minlaydi. Yuksak о‘simliklarning zamburug‘lar ishtirokida oziqlanishiga mikotrof (yunon. -mikos — zamburug‘) oziqlanish deb ataladi. Geterotrof oziqlanuvchi о‘simliklar va zamburug‘lar orasida parazit (yunon. parazitos — tekinxо‘r)lar ham uchraydi. Ular о‘simlik va hayvonlar hisobiga yashaydi. Masalan, gulli о‘simliklardan — zarpechak, devpechak, shumg‘iya; zamburug‘lardan esa qora kuya, zang zamburug‘lari tekinxо‘r — parazit oziqlanuvchilarga kiradi. О‘simliklar orasida aralash miksotrof (yunoncha miksis — aralash) oziqlanish ham uchraydi. Bunday organizmlar fotosintez natijasida hosil qilingan organik moddalardan tashqari, tayyor organik moddalar bilan ham Download 199.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling