1 mavzu: botanika faning rivojlanish tarixi botanika fanining rivojlanish tarixi jamiyatning


Download 199.77 Kb.
bet3/10
Sana25.01.2023
Hajmi199.77 Kb.
#1122211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu (восстановлен)

Mexanik to‘qima Mexanik o‘qima o‘simlikka mustahkamlik beradi. Bu to‘qimalarning 
uch xili mavjud: kollenxima, sklerenxima, sklereidlar. 
Kollenxima-to‘qimasi tirik parenxima hujayralaridan iborat. Ularda 
protoplazma, yadro va xlorofill donachalari bo‘ladi. Hujayra po‘sti 
sellyulozadan tashkil topgan. Kollenxima toqima hujayralarining devorlari 
har xil qalinlashishi mumkin. Hujayra burchaklari qalinlashgan bo‘lsa, buni 
burchakli kollenxima deyiladi. Hujayraning tangental devorlari qalinlashib
radial devorlari yupqaligicha qolsa, plastinkali kollenxima, qalinlashgan 
hujayra devorlari orasida hujayralararo bo‘shliq bo‘lsa yumshoq kollenxima 
deb ataladi. Kollenxima to‘qimasi ikki pallali o‗simliklarning yosh poyalari 
va barg bandida uchraydi. 
Sklerenxima.Bu to‘qima poya epidermasining ostida hamda o‘tkazuvchi 
bog‘lamlar atrofida joylashadi. Hosil bo‘lishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi 
sklerenxima mavjud. Birlamchi sklerenxima prokambiy va peritsikldan iborat, 
ikkilamchi sklerenxima kambiydan hosil bo‘ladi. Sklerenxima- poyaning 
po‗stloq qismida uchrasa, lub tololalari yoki stereid deb ataladi. Agar 
sklerenxima o‘simlikning yog‘ochlik qismida uchrab, kambiydan hosil bo‘lsa, 
yog‘ochlik tolasi yoki libriform deyiladi. Ba'zi libriform hujayralar 
bo‘shlig‘ida to‘siqlar libriform deyiladi. Bunday hujayralar tok va shu kabi 
o‘simliklarda uchraydi. 
Sklereid. Bu hujayralarning po‘sti qalinlashgan va yog‘ochlan- 
gan.Sklereidlar o‘lik hujayralar hisoblanadi. Bular o‘simliklarning turli 
organlarida: o‘simlik poyasi va bargida, nok va behi mevasining etida
shaftoli, o‘rik danagida, yong‘oq po‘chog‘ida uchraydi.
5-MAVZU: YUKSAK O`SIMLIKLARNING VEGENTATIV ORGANILARIDAN GERBARIY NAMUNALARINI YI`G`ISH

ildiz, ildiz tizimlari, rizoderma, meristema, floema, ksilema, mezoderma, ekzoderma, endoderma, kurtaklar, vegetativ, generativ va aralash kurtaklar, dixotomik (ayrisimon), monopodial (oddiy shoxlanish), simpodial (birgalikda shoxlanish), ildizpoya, tugunak, piyozbosh), fillokladodiy (barg shoxcha), tikanlar, tunika (tashqi qavat), korpus (ichki qavat), epiderma, birlamchi po‘stloq, stel (markaziy silindr), tuzilishi, birlamchi va ikkilamchi po‘stloq, yog‘ochlik, o‘zak, yadro, zabolon, barg bandi, yaprog‘i, yonbarglar, fotosintez (yorug‘lik, qo‘shish), transpiratsiya (orqali, nafas chiqarish), epiderma



Download 199.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling