Kimyoviy reaksiyalarning sodir bo`lishi. Kimyoviy reaksiya tenglamalari


Download 41.48 Kb.
bet8/11
Sana16.01.2023
Hajmi41.48 Kb.
#1096218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
hamid 99

46. Hajmi 1000 m3 suv gazini olish uchun tarkibida 0,95 massa ulush uglerod tutgan ko`mir massasini (kg) toping. A) 290 B) 282 C) 262 D) 580
47. 10,8 gr kalsinirlangan sodaga mo`l miqdorda xlorid kislota ta`sir ettirilganda, n.sh da 2,24 litr gaz ajraldi. Soda tarkibidagi qo`shimchaning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 0,67 B)1,85 C) 2,76 D) 1,34
48. Odam organizmidagi uchta elementning massa ulushlari quyidagicha:
Kislorod – 65% , uglerod – 18% va vodorod – 10%. Organizmdagi element atomlari sonining ortib borish tartibini aniqlang.
A) H,C,O B) C,H,O C) H,O,C D) C,O,H
49. Tabobatda taxir tuz deb nomlangan modda tarkibida 51,22% suv bo`lsa, uning formulasini toping.
A) MgCl2∙6H2O B) MgSO4∙7H2O C) MgSO4 ∙6H2O D) MgSO4∙2H2O
50. Davriy sistemaning IV gruppa elementi hosil qilgan sulfidi va bromiding molekulyar massalari nisbati 23:87. Bu qaysi element?
A) kremniy B) qalay C) germaniy D) uglerod
51. Quyidagi qaysi moddalar uchun atom va molekula tushunchalari bir xil?
1) kislorod; 2) temir; 3) argon; 4) suv; 5) osh tuzi; 6) azot; 7) ozon; 8) kremniy
A) 1,2,3,4,8 B) 1,5,6,7,8 C) 1,4,7,8 D) 1,2,3,6,8 E) 2,3,8
52. 0,06 mol XCl3 birikmasi 8,25 gr bo`lsa, X elementning atom massasini toping.
A) 31 B) 12 C) 197 D) 52
53. 0,2 mol XO2 birikmasi 9,2 gr kelsa, 1 mol X2O5 necha gramm keladi?
A) 46 B) 92 C)197 D) 52 E) 108
54. 36 gr uglerod, 4,214∙1024 dona vodorod atomi va 2 mol kislorod atomlaridan tashkil topgan moddaning formulasini toping.
A) C2H5O2 B) C2H4O C) C3H7O2 D) C3H8O2
55. Tarkibida Ca, Cl va O bo`lgan birikmaning 7 grammida 1,6 gr Ca va 0,08 mol xlor atomi bo`lsa, uning formulasini toping.
A) CaCl2 B) Ca(ClO2)2 C) Ca(ClO3)2 D) Ca(ClO)2
56. Qaysi moddaning qizdirilishidan hosil bo`ladigan moddaning boshqa agregat holatga o`tishi fizik bo`lmasdan, u qaytar kimyoviy jarayon bo`ladi?
A) yod B) naftalin C) ammoniy xlorid D) oq fosfor
57. Tarkibida massa ulushi 31,84% bo`lgan bir valentli metall, 39,18% kislorod va qolgani xlordan iborat moddaning formulasini toping.
A) LiClO3 B) KClO4 C) NaClO2 D) KClO3
58. 0,1 mol modda yondirilganda, kislorodning massa ulushi 43,6% bo`lgan 0,1 mol oksid hosil bo`lgan. Bu oksdining havoga nisbatan zichligi 7,5 bo`lgan bo`lsa, oddiy moddaning va oksdining formulalarini toping.
A) P4; P4O6 B) P4; P2O5 C) S8; SO3 D) N2; N2O5

Download 41.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling