59. Birikmalardan qaysi birida xlorning massa ulushi eng kichik?
A) xlor(III) oksid B) xlor(I) oksid C) Xlor(VII) oksid D) pexlorat kislota
60. Temir ammoniy achchiqtosh [Fe(NH4)2(SO4)2∙6H2O] ning 2,5 mol miqdoridagi kislorod atomlari nisbiy massasini hisoblang.
A) 560 B) 224 C) 320 D) 240
61. 0,2 mol KCl va 0,3 mol MgCl2 aralashmasidagi xlorning massa ulushi(%) nechaga teng?
A) 33 B) 45 C) 56 D) 65
62. Quyidagi fikrlarning qaysilarida kimyoviy element haqida fikr yuritilayotganini aniqlang.
1. temir suvda erimaydi. 2. Soch tarkibida oltin bor. 3. Borning yadro zaryadi + 5 ga teng. 4. Qon tarkibida temir bor. 5. Ko`pchilik moddalar kislorodda yonadi.
A) 1,2,3 B) 2,4,5 C) 2,3,4 D) 1,2,4
63. Qanday moddalar uchun “molekula” va “atom” tushunchalari teng qiymatlidir?
1) vodorod 2) kislorod 3) azot 4) nodir gazlar
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
65. Temir bilan oltingugurt 7:4 nisbatda birikadi. Quyidagilardan qaysi biri to`g`ri ifodalangan?
1) 7 m.a.b: 4 m.a.b 2) 7gr: 4 gr 3) 7∙1022: 4∙1022
A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1 D) 2
66. Tarkibida ikki atom misga bir atom kislorod to`g`ri keladigan modda ma`lum. Ikkala boshlang`ich modda to`liq reaksiyaga kirishishi uchun ularni qanday nisbatda olish kerak?
1) 8gr : 1gr 2) 8m.a.b : 1m.a.b 3) 3,76∙1022: 18,8∙1021
A) 1,3 B) 1,2 C) 2 D) 1
67. Tarkibida 98% sof AlCl3 bo`lgan texnik alyuminiy xlorid tarkibidagi xlorning massa ulushini(%) toping.
A) 74,5 B) 78,12 C) 80,2 D) 82,7
68. Tarkibida 96% sof MgSO4 bo`lgan texnik magniy sulfatdagi magniyning massa ulushi(%) toping. A) 20,2 B) 19,2 C) 20 D) 30
70. MeSO4∙nH2O tarkibli kristallogidrat tarkibida metallning massa ulushi vodorodning massa ulushidan 4 marta, kislorodning massa ulushidan esa 0,333 marta ko`p bo`lsa, kristallogidrat molyar massasini aniqlang. A) 250 B) 260 C) 232 D) 304
Do'stlaringiz bilan baham: |