Kimyoviy reaktorlani modellashtirish. Gomogen kimyoviy reaktorlarni modellashtirish


Download 0.7 Mb.
bet1/5
Sana12.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1263108
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyoviy reaktorlani modellashtirish


Kimyoviy reaktorlani modellashtirish.
Gomogen kimyoviy reaktorlarni modellashtirish

Reja:



Kirish

  1. Reaktorlarning tasniflanishi

  2. Ideal aralashtiruvchi reaktorning matematik modeli

  3. Ideal siqib chiqarishning matematik modeli

  4. Ideal siqib chiqaruvchi gomogen reaktorda boruvchi kimyoviy jarayonni tadqiq etish

  5. Statsionar sharoitda ideal siqib chiqarish reaktorida boradigan kimyoviy jarayonni tadqiq etish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish
Har qanday kimyoviy-texnologik tizimning asosiy elementlaridan biri kimyoviy reaktordir. Kimyoviy reaktor deb ma‟lum modda olish maqsadida massa- va issiqlik almashinishi bilan kimyoviy reaksiyani o`zida mujassamlashtirgan kimyoviy jarayonni amalga oshirishga mo`ljallangan apparatga aytiladi.
Tipik reaktorlar – bu kantakt apparatlari, mexanik, pnevmatik va oqimli aralashtirgichli reaktorlar, sanoat pechkalari va h.z. Reaktorning to`g„ri tanlanishi va takomillatirilganiga barcha texnologik jarayonning samaradarligi bog„liq.
Kimyoviy reaktorda ko`plab turli hodisalar va ularning o`zaro ta‟siri sodir bo`ladi. Ularni bir vaqtda hisobga olish matematik modelning murakkablashuviga va undan foydalanish bilan bog„liq qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun kimyoviy reaktorlarning matematik modellarini ishlab chiqishda reaktor modelini qurish uchun iyerarxik sxemada amalga oshiriladigan tizimli yondashuv qo`llaniladi. Bunda jarayonni tarkibiy qismlarga ajratish amalga oshiriladi. Past daraja boradigan jarayon yuqori darajada boradigan jarayonning tarkibiy qismlardan biridir. Shuning uchun jarayonning matematik modeli bir butun sifatida turli miqyosdagi hodisalar modellarining sintezidir.
Haqiqiy kimyoviy reaktorlar bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi, shuning uchun matematik modellarni tuzish vazifasi jarayonning o`ziga xos xususiyatlari va uning dizaynini hisobga olgan holda har bir aniq holat uchun hal qilinishi kerak.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling