Aholining turmush darajasi va farovonligi


Download 1.54 Mb.
bet1/14
Sana03.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1743981
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirish yo\'llari




Reja:
I. Kirish……………………………………………………………...3
II. Asosiy qism
2.1. Aholi daraomadlari va uning taqsimlanishi aholining
ijtimoiy hayoti yuzasidan nazariy qarashlar…………………..6
2.2. Aholi ehtiyojlari va turmush darajasiga ta’sir etuvchi
omillar………………………………………………………….9
2.3. Mamlakatimizda aholisi turmush sifatini oshirish yo‘llari….11
4. Mustaqil O’zbekistonimizda aholi farovonligi yo’lida
olib borilayotgan islohatlar…………………………………….25
III. Xulosa…………………………………………………………30
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………32


I. Kirish
Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo‘llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o‘rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligini qayd etish lozim.
O‘zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo‘llaniladi. Bunday tavsif ko‘proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shu bilan birga turmush darajasi - ko‘plab omillar yig‘indisi ta’sirida bo‘lgan o‘zgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi muntazam o‘zgarib turadigan turli ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari samaradorligining ko‘lami, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, siyosiy hokimiyatga bog‘liq.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling