Aholining turmush darajasi va farovonligi


Pensiya jamg‘armasi moliyaviy holati barqaror


Download 1.54 Mb.
bet8/14
Sana03.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1743981
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirish yo\'llari

Pensiya jamg‘armasi moliyaviy holati barqaror
So‘nggi yillarda Pensiya jamg‘armasining daromadlari prognoz ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilishi ta’minlanmoqda. Xususan, Pensiya jamg‘armasi daromadlari prognoz ko‘rsatkichlari 2017 yilda 101,7 foizga hamda 2018 yilning I - choragida 114,3 foizga bajarilishiga erishildi.
Daromad ko‘rsatkichlarining muntazam ravishda bajarilishi jamg‘armaning aylanma qoldiq mablag‘larini oshirish imkonini berib, bu esa pensiya va nafaqalarni muddatidan avval, ya’ni har oyning 10 sanasiga qadar butun respublika bo‘yicha to‘liq moliyalashtirish imkoniyatini yaratdi. Jumladan, joriy yilning iyun oyi pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun mablag‘lar iyun oyining 5 sanasida to‘liq moliyalashtirildi.
Bu yo‘nalishdagi mavjud muammolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-son “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z echimini topdi. Endilikda, pensiya va nafaqalarning etkazib berishning aniq muddatlari belgilanib, to‘lovlar har oyning 27-sanasiga qadar fuqarolarga to‘liq etkazib berilishi qat’iy nazoratga olindi.
Pensiya va nafaqalar to‘lovi va ularni etkazib berilishida mutlaqo yangi tizim yaratildi
Pochta muassasalari orqali fuqarolarga pensiya va nafaqalarni etkazish tizimini takomillashtirish yuzasidan bir necha marotaba berilgan takliflar e’tibordan chetda qoldirilganligi, ushbu tizimda ko‘plab muammolarni yig‘ilib qolishiga olib keldi.
Natijada, 2017 yil 13 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2826-son qarori qabul qilinib, pensiyalar va nafaqalar to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, naqd pul shaklida pensiyalar va nafaqalarni etkazib berish hamda o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.


Aholi farovonligi va turmush darajasida asosiy omillardan biri aholining doimiy daromadidir.
Aholi farovonligi va turmush darajasida asosiy omillardan biri aholining doimiy daromad manbaiga ega bo`lishi hisoblanadi.
Joriy yilning o`tgan 9 oyida aholi umumiy daromadlari 129,5 trln. so`mni tashkil etdi, o`z navbatida 2016 yilning shu davriga nisbatan 19,8 foizga oshdi.
Joriy davrda iste`mol tovarlari narxlarining 8,3 foizga o`zgarishi aholining umumiy daromadlari xarid qobiliyatiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Shu sababli aholining umumiy daromadlarining real o`sish sur`atlari o`tgan yilning mos davriga nisbatan 110,6 foizni tashkil etdi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling