Aholining turmush darajasi va farovonligi


O’zbekistonda so’ngi 2022-2023 yillarda Aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirish yo'llari


Download 1.54 Mb.
bet11/14
Sana03.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1743981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirish yo\'llari

2.4. O’zbekistonda so’ngi 2022-2023 yillarda Aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirish yo'llari.
2022-yilgi hududiy mehnat bozori indeksi tahlil qilindi
Indeksni hisoblash uchun ishsizlik darajasi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va rezyumelar soni, mehnat bozoridagi konsentratsiya koeffitsiyenti va o‘rtacha oylik maosh miqdori kabi ko‘rsatkichlardan foydalanildi.
Bu hududlarda ishsizlik darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich (8,9%) dan past — Toshkent shahrida 6,5%, Navoiy viloyatida 8%, Toshkent viloyatida 8,8%.
O‘rta guruhga Buxoro, Andijon, Farg’ona, Sirdaryo, Xorazm, Namangan viloyatlari kirdi. Bu hududlardagi o‘rtacha oylik maosh respublika miqyosidagi o‘rtacha ko‘rsatkichning 80%idan kam emas.
Mehnat taklifi esa nisbatan o‘rtamiyona, ya’ni bitta bo‘sh ish o‘rniga o‘rta hisobda 5,6 ta rezyume to‘g‘ri keladi. Ishsizlik darajasi 9,1%dan oshmaydi.
Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston indeks ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlar qatoriga kiradi.
Ushbu hududlarda eng yuqori konsentratsiya koeffitsiyenti kuzatildi, ya’ni bitta bo‘sh ish o‘rniga Qoraqalpog‘istonda 17,4 ta, Surxondaryoda 14,1 ta, Jizzax viloyatida 12 ta rezyume to‘g‘ri keladi.
Qashqadaryo viloyatida mehnat bozori indeksi juda past, aniqrog‘i 2,2ni tashkil etdi. Buning asosiy sababi har bir bo‘sh ish o‘rniga 16,8 nafar talabgor to‘g‘ri kelishi, ya’ni bo‘sh ish o‘rinlari soni ish qidirayotganlar sonidan ancha kam va o‘rtacha oylik maosh respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha past ekanligidir.
O'zbekiston Respublikasi mehnat bozori statistikasi 2022 yil yanvar-iyul oylarida

Mehnat resurslari - 19 488,00 ming

Aholining o'rtacha soni - 35 642,00 ming




O'zbekistonda ishsizlik darajasi 2022 yilda 8,8 foizni tashkil etdi


2022 yilning iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikamizning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so'rov o'tkazildi.
Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o'tkazilgan tadqiqot davomida 500 ta o'zini-o'zi boshqarish organlari, 5,0 mingta uy xo'jaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olindi.
O'zbekistonda 2022 yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi.
2022 yilning iyun` oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikamizning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so'rov o'tkazildi. Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o'tkazilgan tadqiqot davomida 500 ta o'zini-o'zi boshqarish organlari, 5,0 mingta uy xo'jaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olindi.
2022 yilning 1 iyun holatida mehnat resurslari soni 19 453,3 ming kishini tashkil etib, 2021 yilning shu davriga isbatan 100,8 foizga yoki 153,7 ming kishiga oshgan.
Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo'lganlar soni 13 773,6 ming kishini tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga (261,3 ming kishiga) oshgan.
2022 yilning 1 iyun` holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6 074,4 ming kishini tashkil qilib, 2021 yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo'lganlar soni 4,1 foizga yoki 240,6 ming kishiga oshgani kuzatildi.
Norasmiy sektorda band bo'lganlar soni 5 690,3 ming kishini tashkil etib, o'tgan yilga nisbatan 8,2 foiz yoki 507,5 ming kishiga kamaygan.
Bunda, asosan norasmiy tarzda faoliyat ko'rsatayotgan fuqarolarning o'zini-o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tishi hamda bo'sh turgan erlarni ekin maydonlari sifatida dehqon xo'jaliklarini tashkil qilish uchun ajratib berilishi hisobiga erishilgan.
Shuningdek, xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketganlar 2008,8 ming kishini tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 528,2 ming kishiga oshishi norasmiy bandlarni kamayishiga sabab bo'lgan.
O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra ishga muhtoj bo'lganlarning umumiy soni 1 326,6 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 8,8 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo'lganlar orasida ishsizlik darajasi 14,5 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa 12,8 foiz bo'ldi.
2022 yilning 1 iyul holatida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 353,2 ming kishini tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan
0,9 foizga yoki 38,8 ming kishiga ortishi kuzatildi.
Bunda, ishlashni xohlamaydigan yoki darhol ishga joylashishga imkoniyati yo'qlar o'tgan yilga nisbatan -183,6 ming kishiga kamaygan bo'lsa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qiyotgan talabalar hamda tug'ruq ta'tilidagi ayollar soni 222,4 ming kishiga oshgan.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling